Asarning “Jaramazon”
Janri: Qo’shiq
Hajmi: 2 bet
Aytuvchi: “Orzu” bolalar folklor dastasi
Manzili: Parkent tumani Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi
Aytuvchining Yoshi: 1992-yilda tuzilgan
Ustozlari: Akbarov Mirxoji,Nishonova Charos
Yozib oluvchi: Sultonova Nozima Qulmat qizi
Yozib olingan joyi va vaqti: Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi.
Jaramazon aytib keldim eshigingizga,
Qo’chqordoq o’g’il bersin beshigingizga,
Oq tanga, ko’k tanga, ob chiqaqoling yuz tanga
Yuz tangani bog’I bor, bog’ini anori bor,
Anorini ichida shaqir-shuqur pullar bor.
Ob chiqing, sob chiqing, cho’nchagizga sob chiqing,
Cho’nchagizga sig’masa, tog’oraga sob chiqing.
Uyingiz tagida oy ko’rdik, hammadan sizni boy ko’rdik
O’choqda kul, karmonda pul, chiqaraqoling ming so’m pul.
Ming so’m pulni bog’I bor, bog’ida anori bor,
Anorini ichida shaqir-shuqur pullar bor.
Ob chiqing, sob chiqing, cho’nchagizga sob chiqing,
Cho’nchagizga sig’masa, tog’oraga sob chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |