Asarning nomi: “Qilpillama ”
Janri: Lapar
Hajmi: 1 bet
Aytuvchi: Nishonova Charos Halimboyevna
Manzili: Parkent tumani Xisarak qishlog’I Yuksalish ko’ch 91-uy
Aytuvchining Yoshi: 32 yosh (1986-yil tug’ilgan)
Ustozlari:Akbarov Mirxoji, Umarova Mahfuza
Yozib oluvchi:Sultonova Nozima Qulmat qizi
Yozib olingan joyi va vaqti: Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi, soat 9:42
Qilpillama yor qilpillama, hali shakar yeysan qilpillama,
Shakarini yevolib qilpillama, javobini berasan qilpillama.
Ariq bo’yida jiyda qilpillama, gullagani- gullagan qilpillama,
Nomozshomda kevolib qilpillama, imlagani-imlagan qilpillama.
Jimjilog’i – ji bilan qilpillama, kesib olay sim bilan qilpillama,
Meni ko’nglim siz bilan qilpillama, siz ketasiz kim bilan qilpillama.
Qilpillama yor qilpillama, hali shakar yeysan qilpillama,
Shakarini yevolib qilpillama, javobini berasan qilpillama.
Do'stlaringiz bilan baham: |