«Buyuk birlashuv» nazariyasi. Yuqorida ta’kidlanganidek, har bir ta’sirlashuvning o‘z qonunlari mavjud. Ammo
olimlarning fikricha, bu ta’sirlashuvlarning barchasi yagona qonunga bo‘ysunishi va sodda qilib tushuntirilishi zarur.
Boshqacha aytganda, har to‘rtala ta’sirlashuvning ham shunday birlashuvi ro‘y berishi kerakki, biz yuqorida ko‘rgan
ta’sirlashuvlar, bu yangi ta’sirlashuvning ma’lum sharoitlarda namoyon bo‘ladigan xususiy holiga aylanmog‘i lozim.
Demak, yangi topilgan nazariya mavjud nazariyalarning umumlashmasi bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari,
yangi nazariya mavjud nazariyalarning hozirgacha noma’lum bo‘lib kelgan ba’zi qirralarini aniqlashga imkon beradi, deb
umid qilinmoqda. Hozircha elektromagnit va kuchsiz ta’sirlashuvlarnigina yagona elektr kuchisiz ta’sirlashuvga
birlashtirishning iloji topildi, xolos. Kun tartibida kuchli, elektromagnit va kuchsiz ta’sirlarni birlashtiruvchi «Buyuk
birlashuv» nazariyasi turibdi. Har to‘rttala ta’sirlashuvlarni ham o‘z ichiga oluvchi «superbirlashuv» nazariyasi ham
o‘rganilmoqda.
Xuddi shuningdek, elementar zarralarni ham ma’lum qonuniyatlar asosida jadvalga joylashtirish, ya’ni
klassifikatsiyalash fiziklarning azaliy orzusidir. Shu maqsadda ularni to‘rt guruhga bo‘lishga kelishilgan.
Giperonlar
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Giperonlar (giper...) — massasi neytron massasidan katta boʻlgan beqaror ogʻir barionlar. G. yashash vaqti 10 10 s, yaʼni yadro vakti (10~23 s) dan ancha katta. Lyambda (L°), sigma (Z+, IP, Z"). ksi (3-, H°) va omega (qarang) G.i mavjud. G.ning yuqori qismidagi ishoraning mutlaq qiymati elektron zaryadiga teng elektr zaryadining ishorasini koʻrsatadi. Barcha G. spini 1/2 ga teng, fakat O. niki 3/2. G. kuchsiz oʻzaro taʼsir natijasida nuklonlarga va yengil zarralar: ya-mezonlar, elektronlar, neytrinoga parchalanadi va uzoq yashaydi. Ular Vilson kamerasida iz qoldiradi. G. bir necha GeV energiyali proton tezlatkichlarda olinadi. L0-, Z", Ye- yoki Q- zarralar har doim pion yoki nuklon bilan birga paydo boʻladi, shuning uchun G. ajibzarralar deyiladi. G.ning ajibligi yana shundaki, kutilganga nisbatan 1014 marta sekin parchalanadi. L°- zarra (giperon) proton va piondan 37 MeV ogʻir, u neytral, Z- zarra (giperon) L°- zarradan 78 MeV ogʻir, l~ giperon L°- zarradan 205 MeV ogʻir. Har bir G.ning antizarrasi — antigiperon mavjud. Ular G.dan elektr va barion zaryadlarining ishorasi bilan farqlanadi.
2.1K- mezonlar. 1950-yillardan boshlab kashf qilingan zarralarninng soni keskin ortib bordi. Bular qatoriga K- mezonlar ham kiradi. Ularning zaryadi musbat, manfiy, nol bo’lishi mumkin. Massalari esa 966-974m at6rofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |