1. Gelmintlar to’g’risida umumiy tushuncha. Gelmintlarga qarshi kurash. Profilaktik tadbirlar



Download 22,52 Kb.
Sana07.10.2022
Hajmi22,52 Kb.
#851833
Bog'liq
Mustaqil ish mavzulari 1


Mustaqil ish mavzulari
1. Gelmintlar to’g’risida umumiy tushuncha. Gelmintlarga qarshi kurash. Profilaktik tadbirlar.
2. Parrandalarda parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar.
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham G.ning vazifalariga kiradi. Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli G., bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va b. bilan bogʻlangan. Amaliy G. tibbiyot va agronomiya G.siga ajratiladi. G.ning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya G.si oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan. G. sohasidagi dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko tomonidan 1868 yilda olib borilgan. U Samarqandda rishtaning biol. sini oʻrgangan. G. sohasidagi tadqiqotlar 20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot parazitologiyasi instituti hamda bir qancha tropik st-yalarning tashkil etilishi bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta hayotini oʻrganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Bu boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda veterinariya G.si sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A. Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadayev, G. S. Poʻlatov va b.ning ishlarida aks etgan. Oʻzbekistonda fitogelmintlarni oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini oʻrganish A. T. Toʻlaganov va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza, kanop, sabzavot va yem-xashak ekinlari, subtropik oʻsimliklarning nematodalari oʻrganilgan; boʻrtma nematodalariga qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A. T. Toʻlaganov, O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3. Norboyev, Sh. Xurramov, A. I. Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin yashovchi gelmintlarning indikatorlik xususiyatlari, parazit fitogelmintlar evolyutsiyasi ular zararlaydigan oʻsimliklar bilan birga borishi ochib berilgan (O. Mavlonov, 3. Norboyev). Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi, jumladan 80 ga yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda G.da asosiy eʼtibor ekologiya, biokimyo va b. eksprimental tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda.
O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda parazit organizmlar to'g’risidagi dastlabki ma'lumotlar 980-1037-yillarda yashab ijod etgan vatandoshimiz buyuk tabib va mutafakkir Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali 980-yil avgust oyida Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida taniladi. Abu Ali ibn Sino o'sha zamonlardagi taxt uchun kurashlar, davlatlar o'rtasidagi urush va mojarolar orqasidan shaharma-shahar, davlatma-davlat darbadarlikda, sarsonu-sargardonlikda yurib, juda ko'p azobu-uqubatlarni boshidan kechiradi. Ibn Sino 1012-1014-yillarda Jurjonda yashab «Tib qonunlari» ning dastlabki qismlarini shu erda yaratadi. Jurjondagi notinchliklar tufayli Ibn Sino Rayga keladi va u yerdan Hamadonga o'tadi. Hamadonda «Tib qonunulari» ning birinchi kitobini tugatib, o'zining mashhur falsafiy qomusi «Kitob ash-shifo»ni ham shu yerda yozishga kirishadi. «Tib qonunlarining qolgan qismlarini ham Hamadonda yozib bitiradi. Abu Ali ibn Sino o'zining "Kitob ash-shifo" asarida odamlarning ichagida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar (sestodalar), askarida, ostritsa, rishta to’g’risida yozib, ularni tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari, diyetasi, davosi, oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida ko'plab ma'lumotlar keltirgan. Alloma parazitlarga qarshi qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida ham yozib qoldirgan. Ko’p asrlar davomida olimlar faqat ko’zga ko’rinadigan parazit chuvalchanglar va tashqi parazitlarni ta’riflash bilan chegaralanib kelganlar. Ko’zga ko’rinmas parazitlar to’g’risidagi ilk ma’lumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Abu Ali ibn Sino o’zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida va jigarida parazitlik qiladigan chuvalchanglar(parazitlarni)ni yirik va uzun, yumaloq, yassi, mayda guruhlarga bo’lib, ular xom go’sht, sut, baliq go’shti, yaxshi yuvilmagan sabzavot va ho’l mevalar, iflos va qaynatilmagan suvlarni iste’mol qilganda, shuningdek ariq va hovuzlarda cho’milganda suv og’iz orqali oshqozonichakka ketib qolganda yuqishi mumkinligini ko’rsatib o’tgan. Ibn Sino odamlarda parazitlik qiadigan har bir gijja turiga alohida tavsif bergan. Misol uchun odam ichagida parazitlik qiladigan qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari hamda serbar tasmasimon chuvalchanglarga-«katta va 12 uzun-qurt», jigar va o’t yo’llarida parazitlik qiladigan jigar qurtiga-«qovoq urug’iga o’xshash qurt» odamning, xususan yosh bolalarning ichagida parazitlik qiladigan pakana gijja yoki kichik zanjirsimon gijjaga-«mitti qurt» va boshqa gijjalar to’g’risida ham tavsiflar berib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida ham ko’plab ma’lumotlar qoldirgan. Uning ushbu asari XV asrda 16 marta, XVI asrda 20 marta qayta nashr qilingan, o’sha davrda bibliya bilan raqobat qila olgan yagona asar hisoblangan. Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko’ra 1023 yilda Hamadondan Isfaxonga jo’nab ketadi va umrining qolgan 14 yilini Isfaxonda o’tkazadi. Buyuk qomusiy olim Ibn Sino 1037 yil 18 yunda 57 yoshida vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Turli manbalarda Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi, lekin bizgacha 241 tasi etib kelganligi ta’kidlanadi. Keyinchalik O’rta Osoyoda, shu jumladan O'zbekistonda parazitologiya faniga oid ma’lumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasi bo’ylab sayohat qilgan mashhur rus tabiatshunos olimi A.P.Fedchenko asarlarida ham uchraydi. Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844-1873) rus tabiatshunosi, O’rta Osiyoni tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan. U Zoologiyaga oid to’plamlar va gerbariylar to’plagan. Antropologiya va etnografiya bilan shug’ullangan. Fedchenko A.P. 1868-1871-yillarda Oloy vodiysiga sayohat qilgan va Oloy orti tizmasini o’rgangan. Hisor-Oloy tog’ sistemasining 1-orografik sxemasini tuzgan. U Alp tog’laridagi Monblan cho’qqisiga chiqishda halok bo’lgan. A.P.Fedchenkoning to’plagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, «A.P.Fedchenkoning Turkistonga sayohati» nomli rus tilidagi kitobi nashr qilingan. Pomir tog’idagi muzlik Fedchenko nomi bilan atalgan. A.P.Fedchenko Oloy va Zarafshon vodiysiga uyushtirilgan ekspeditsiya davrida 4 mingga yaqin hayvon turlari (asosan hasharotlar) ni o’z ichiga olgan 20 mingga yaqin kollektsiyalar to’plagan. U Buxoro, Samarqand Toshkentda har xil hayvonlarning parazit chuvalchanglarini yig’adi. Yig’ilgan materiallarni Daniyalik olim Krabb va nemis olimi Linstov yordamida aniqlaydi. Shuning bilan bir qatorda A.P.Fedchenko O’zbekistonda birinchi marta Buxoro va Samarqandda odamlar terisi ostida parazitlik qiladigan nematoda–rishtaning biologiyasini o’rganadi. Turkiston aholisi ipakchilik bilan shugullanishi olimni e’tiborini tortadi. Mockvaga olib keltirgan ipak qurti tuxumlaridan pebrina kasalligini qo’zg’atuvchisi nozema bombicus aniqlanadi. Toshkentda, Samarqandda ipak qurti boquvchilari bilan kengashib, kasallikni tugatish to’g’risida takliflar kiritadi. XX asrning boshlarida O’zbekistonda parazitologiya sohasida ilmiy tekshirish ishlari Skryabin, Pavlovskiy, Dogel, Yershov, Badanin, Isayev va boshqa olimlarning nomlari bilan bog’lq. Bu olimlar O’rta Osiyoda, Qozog’istonda va shu jumladan O’zbekistonda odam va hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, tuzilishi, 13 sistematikasi, bio-ekologik xususiyatlari borasida ko’plab tadqiqot ishlarini olib borishgan. Ular Respublikamizning turli mintaqalarida uchraydigan parazitlarni o’rganish bilan bir qatorda, mahalliy kadrlar tayyorlash ishlariga ham katta e‘tibor qaratishgan. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham parazitologiya fanining quyidagi 4 ta yo’nalishi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda hamda nazariy va amaliy muammolar hal etib kelinmoqda. 1. Umumiy parazitologiya. 2. Tibbiyot parazitologiyasi. 3. Veterinariya parazitologiyasi. 4. Agronomiya parazitologiyasi. O’zbekistonda umumiy parazitologiya yo’nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham fidokorona ijod qilayotgan yirik parazitolog olimlar qatoriga-akademik: J.A.Azimov; O’zbekiston FA muxbir a’zosi: M.A.Sultonov; professorlar: S.O.Osmanov, V.M.Sodiqov, O’.Ya.Uzoqov, S.D.Dadaev, B.A.Allamuratov, S.A.Muhammadiev, M.O’.O’ralov; fan doktorlari: E.I.Gan, T.Q.Qobilov, M.Q.Qodirova, B.G.Gariev, O.D.Davronov, N.X.Enileeva, A.E.Kuchboev, E.B.Shakarboev, F.D.Akramova; uzoq yillar ishlagan va katta tajribaga ega bo’lgan fan nomzodlari: .A.A.Abidjanov, V.I.Gextin, V.P.Sherbak, Z.P.Sherban, A.N.Urazbaev, D.U.Ermatova, A.Q.Qulmamatov, E.N.Qulmamatov, P.A.Mo’minov, A.G.Gadoev, N.D.Davlatov, E.Ikramov, T.V.Kataytseva, M.F.Nazrullaeva, N.I.Lebedeva, Q.A.Saparov va ularning ko’plab shogirdlari tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari asosida O’zbekistonning turli mintaqalarida, turli fasllarda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, sistematik holati, tarqalishi, keng tarqalgan parazitar kasalliklar qo’zg’atuvchilarining bio-ekologik xususiyatlari hamda shakllanish qonuniyatlarini, mahsuldor hayvonlarga ziyon keltiruvchi va kasalliklar qo’zg’atuvchi vakillarining oldini olish choralari to’g’risida keng qamrovli ma’lumotlar to’plangan va chop etilgan.
Download 22,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish