2. G`aznachilik" fanining predmeli, maqsad va vazifalari
"G`aznachilik" fanini o`qitishdan maqsad - talabalarga davlat budjetining g`azna ijrosi haqida nazariy bihmlar berish, ularda mamlakatda amaiga oshinlayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan o`zgarishlarning asosiy yo`nalishlari va g`aznachilikning samarali faoliyatini taininlash bo`yicha asosiy ko`nikmalar hosil qilish, g`aznachilikning tashkiliy tuzilmasi va uning ishlash mexanizmlarini o`rganish, ulami nazariy. amahy va metodologik jihatdan takomiliashtirishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan o`z predmetini o`rganish uchun quyidagi vazifalarni qo`yadi:
G`aznachilik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosining amal qilish asoslarini o`rganish;
g`aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy asoslarini o`rganish;
davlat budjeti daromadlanni g`aznachilik orqali shaklllantirish mexanizmini o`rganish;
davlat budjeti xarajatlarini g`aznachilik orqali ijro etish va tarkibini o`rganish;
g`aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi asoslarini o`rganish;
g`aznachilik faoliyatini samaraJi yuritish yuzasidan xorij tajribalarini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosini tatbiq etishning shartsharoitlari, uning afzalliklari va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish va h.k.
3. "G`aznachilik" fanining iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni va ahamiyati
Davlat budjetining g`azna ijrosini joriy etish - keng qamrovli masala boiib, o`zaro bogiiq boigan qator masalalami hal qilishni talab etadi, xususan:
huquqiy jihatdan - davlat budjeti g`azna ijrosiga o`tish va amal qilishining qonuniy-huquqiy asosini yaratish va takomillashtirish; tashkiliy jihatdan - Moliya vazirligi tarkibida maxsus ixtisoslashgan g`aznachilik boshqarmasini, shuningdek, uning
hududiy va mahalliy bo`linmalarini tashkil etish; uslubiy jihatdan — g`aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakJlantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish,
Yagona g`azna hisobvarag`ini ochish va yuritish; texnik va texnologik jihatdan - davlat moliyasi bo`yicha katta hajmdagi axborotni to`plash va qayta ishlashga imkon beradigan samarali faoliyat qiluvchi integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy qilish; kadrlar ta 'minoti jihatidan - Moliya vazirligi tizimidagi moliya organlarining hamda budjet tashkilotlarining xodimlari va buxgalterlarini g`aznachilik sharoitida ishlash bo`yicha qayta o`qitish va malakasini oshirish.
Nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham, metodologik hamda tashkiliy jihatdan davlat budjetining g`azna ijrosini tushunish harada bevosita ijro etish ancha murakkab jarayondir. Ana shu jihatlar "g`aznachilik" fanining ham murakkabligini belgilab beradi. Fan sifatida mavjud bo`lishi uning boshqa maxsus fanlar bilan nazariy jihatdan bogiiqlikda boiishini talab etadi. Davlat budjetining g`azna ijrosi ishtirokchilari: moliya organlari, budjet tashkilotlari, banklar, g`aznachilik bo`linmalari, mol yetkazib beruvchilar va boshqalar faoiiyatining xususiyatlari uning boshqa iqtisodiy fanlar: Davlat budjeti, Mahalliy budjetlar, Davlat maqsadli jamg`armalari, Moliyaviy nazorat, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy tahlil, Audil kabi fanlar bilan mantiqan uzviylikda bo`lishi va bogiiqligini belgilab beradi.
Shu bilan birga, "g`aznachilik" fani qator maxsus fanlar, jumladan, "G`aznachilik tizimida nazorat", "Davlat budjeti ijrosining g`aznachilik tizimi", "G`aznachilik faoliyati mexanizmi" kabi fanlami o`zlashtirish uehun nazany-uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Akperov I. Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjeta v Rossiyskoy Federatsii. Uchebnoe posobie. – M.: “KNORUS”, 2010. - 640 str.
Burxanov U., Atamuradov T. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. -152 bet.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. - T.: “Koh`inur", 2006. - 257 str.
Malikov T, Jalilov P. Byudjet-soliq siyosati. - T.: Akademiya, 2011. – 264 bet.
Qosimova G.A. G‘aznachilik faoliyati mexanizmni tashkil qilish. O‘quv-uslubiy majmua. – T.: “Moliya”, 2010. - 256 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |