G`aznachilik fanining mazmuni, predmeti va vazifalari
Reja:
1. "G`aznachilik" fanining shakllanishi va rivojlanishi
2. G`aznachilik" fanining predmeli, maqsad va vazifalari
3. "G`aznachilik" fanining iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni va ahamiyati
1. "G`aznachilik" fanining shakllanishi va rivojlanishi
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlatmoliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o`zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umum-davlatmoliya tizimining bosh bo`g`ini — davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o`zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining g`azna ijrosiga o`tish amalga oshirilmoqda.
Shu narsa malumki, O`zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko`r-ko`rona, sun'iylik bilan tatbiq etib bo`lmaydi, chunki jamiyat a'zolari o`rtasida shunday an'anaviy iyerarxik munosabatlar tizimi shakilanganki, ulami mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog`ida ularni o`tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini iqtisodiy-ijtirnoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda qo`llash va ijobiy foydalanish maqsadga tmivofiqdir. Budjet mablag`laridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlovchi shunday mexanizmlardan biri - davlat budjetining g`azna ijrosidir.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat budjetiniog g`azna ijrosi tajribasini o`zbekistonda joriy etish va rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish davlat moliyasining holati to`g`risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta'minlaydi. Ana shu holatlaming mavjudiigi, shuntngdek, davlat moliyasini boshqarishning mohiyat jihatdan yangi - budjetning g`azna ijrosi mexanizimini joriy etish shart-sharoitlari, imkoniyatlari, afzalLiklarini, g`aznachilikning ishlash mexanizmlarini o`rganishning zarurligi mazkur fanning kehb chiqishiga sabab bo`ldi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo`nahshlaridan biri mamlakatda davlat budjeti g`azna ijrosi mexanizmini joriy qilishdan iborat. "Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi davlat mablag`larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga solishda navbatdagi muhim qadam boidi. G`aznachilikni jorty etish budjetning daromadlar qismida tushumlaming toiiq va o`z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida budjet mablag`larining maqsadii sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |