1. Galvannik elementlar haqida Kimyoda Galvanik elementlarning o’rni II bob galvanik elementlar termodinamikasi



Download 293 Kb.
bet5/6
Sana28.06.2022
Hajmi293 Kb.
#715379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
galvantik elementlar

4. Kimyoviy termodinamika

Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning qonun va tushunchalari


kimyoviy jarayonlarga tadbiq etadi. Kimyoviy termodinamikaning qonuniyatlarini
keltirib chiqarish uchun sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatini, shuningdek
jarayon borayotgan shart – sharoitlarni (temperatura, bosim va x.k.) bilish lozim.
Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan
jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi. Termodinamika uch
bo’limdan, aniqrog’i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat . Bu qonunlar posto’lat
harakteriga ega. Ya’ni bu qonunlarni to’g’ridan-to’g’ri isbotlab, keltirib chiqarib
bo’lmaydi, lekin odamzodning ming yillik xayotiy tajribalari ularning to’g’riligini
isbotab turibdi. Shuning uchun goxida bu qonunlarni 1,2,3-posto’latlar deb ham
atashadi. Boshqa tomondan bu qonunlarni bir – biridan keltirib chiqarib bo’lmasligi va
ulardan shu bo’lim uchungina qonuniyatlar chiqarilgani uchun ularni ba’zida
boshlanmalar ham deb atashadi. Ya’ni birinchi boshlanma, ikkinchi boshlanma va x.k.
Kimyoviy termodinamikada umumiy termodinamikadagi tushuncha, terminlar
ishlatiladi. Bulardan eng asosiysi, ko’p qo’llaniladigani sistemadir.
Sistema deb, real yoki shartli ravishda tashqi muhitdan ajratilgan va bir – biri bilan
doimiy ta’sirda bo’lib turgan moddalar (jism) yoki moddalar guruhiga aytiladi.
Misol; fikrdagi gaz yoki biror xajmdagi suyuqlik va xokazo.
Sistemalar izolirlangan yoki izolirlanmagan bo’lishi mumkin.1
Izolirlangan sistema deb, tashqi muhit bilan modda va energiya almashinmaydigan,
binobarin xajmi va energiyasi turg’un bo’lgan sistemaga aytiladi.
Agarda sistema tashqi muxit bilan energiya va modda almashinsa bunday sistemalar
ochiq; agar faqat energiya almashinuvigina sodir bo’lishi mumkin bo’lib, modda
almashinuvi bo’lmasa sistema yopiq deb ataladi. Yopiq sistemaga issiqlik kelishi yoki
undan ketishi mumkin.
Agar jarayon mobaynida sistemada issiqlik ajralmasa yoki unga yutilmasa bunday
jarayon – adiabatik jarayon deb ataladi.
Sistemani harakterlaydigan fizik va kimyoviy xossalar yig’indisiga termodinamik
sistemaning xolati deyiladi. Termodinamik sistemaning xolatini termodinamik
parametrlar (xossalar) harakterlaydi. Bularga temperatura, bosim, xajm, konstentrastiya
va boshqalar kiradi. Bular ikki xil-ekstensiv va intensiv bo’lishi mumkin.
Ekstensiv xossalarga sistemaning masasiga bog’liq bo’lgan xossalar – og’irlik, massa,
sistemaning xajmi kabilar kiradi. Sistemaning massasiga bog’liq bo’lmagan xossalar –
temperatura, bosim, potenstial, molyal xajm, solishtirma xajm va boshqalar intensiv
xossalar deb ataladi.
Sistemada kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon
deyiladi.
Jarayonlarning borish sharoitlariga qarab izobarik, izotermik, izoxorik, adiabadik,
izobarik – izotermik va boshqa turdagi jarayonlar deb ataladi. Misol uchun bosim
o’zgarmas (Reconst) sharoitda boradigan jarayon- izobarik jarayon deb ataladi.
Kimyoviy energiyaning boshqa xil energiyaga aylangan miqdori ichki energiyaning
o’zgarishiga teng bo’ladi, ya’ni kimyoviy energiya ichki energiyaning miqdori bilan
o’lchanadi. modda va sistemaning ko’pgina xossalari uning ichki energiyasiga bog’liq.
Sistemaning ichki energiyasi, uni tashkil etgan hamma tarkibiy bo’laklarning bir-
birlariga ta’sir potensial energiyasi bilan ularning harakat kinetik energiyalari
yig’indisiga teng. Demak, sistemaning ichki energiyasi molekulalarning ilgarilanma va
aylanma harakat energiyalaridan, molekulalardagi atom va atom guruhlarining tebranma
harakat energiyasidan, atomlardagi elektronlarning aylanma harakat energiyasidan,
molekulalararo ta’sir energiyasidan, yadrodagi mavjud energiyadan va shu xildagi
boshqa energiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Faqat yaxlit jismning potensial va kinetik
energiyalari ichki energiyaga kirmaydi. Demak, ichki energiya moddaning energiya
zahirasini ko’rsatadi.
Тurli jarayonlarda energiyaning bir turi ikkinchi boshqa turiga aylanadi. Birinchi qonun,
shunday qilib, energiya o’rtasidagi miqdoriy nisbatni o’rganadi. Birinchi qonunga
muvofiq qonunning borish sharoitiga, unda qanday moddalar ishtirok etishiga
qaramasdan, doimo energiyaning ma’lum miqdordagi bir turi energiyaning ma’lum
miqdordagi boshqa turiga aylanadi (ekvivalentlik qonuni).
Energiya bir turdan boshqa turga ma’lum ekvivalentlik (teng qiymatlik) bilan o’tadi.
Shunga ko’ra, birinchi qonunning asosiy pastuloti birinchi tur abadiy dvigatelning (hech
qayerdan energiya olmasdan davriy ravishda ishlovchi mashinaning) mumkin
emasligidir.
Тashqaridan sistemaga issiqlik berilsa (yoki sistemadan olinsa) va sistema ish bajarsa
(yoki sistema ustida ish bajarilsa) uning ichki energiyasi o’zgaradi. Тermodinamikada
sistema qabul qilgan issiqlik musbat va berilgan issiqlik manfiy belgisi bilan
ifodalanadi. Ichki energiyaning o’zgarishi U issiqlik Q bilan ish (A) o’rtasidagi quyidagi bog’lanish bilan topiladi:

(28.1)

U turli baraeleflar (naqsh), xaykalchalar nusxasini tayyorlashda, kredit kartochkalari va


boshqa kog`ozlarni chiqarish uchun klihe tayyorlashda foydalaniladi.
Agar eritmaga metall elektrod tushirilsa, unda elektrodning manfiy ionlari metal sirtiga
kelib kristall panjaradagi musbat ionlarni sug`urib oladi. Shu bilan birga teskari jarayon,
metal ionlarining elektrodda yopishishi ham ro`y beradi. Agar elektrolitning kationlari
elektrod metalining ioni bo`lsa juda ham yaxshi bo`ladi.
Metall ionlarining eritmaga o`tishi natijasida, metal- manfiy, eritma esa musbat
zaryadlanib qoladi, ya’ni eritmadan metalga yo`nalgan elektr maydoni vujudga keladi
va u metalning yana erishiga to`sqinlik qiladi. Bordi-yu dastlab teskari jarayon eritma
ionlarining elektrodda yopishib qolishi jadalroq ro`y bersa, unda elektrod musbat
zaryadlanib qoladi.
Har ikkala holda ham, metal va eritma orasida paydo bo`lgan potentsiallar farqi
elektrodning emirilish va kristallanish tezligini tenglashtirib turadi.Bu potentsiallar
farqi mazkur metalning mazkur eritmadagi elektrolitik potentsiali deyiladi.
Agar eritmaga turli metallardan yasalgan ikkita elektrod botirilsa, ularning elektrolitik
potentsiallari farqiga teng bo`lgan potentsiallar farqi vujudga keladi. Shunday qilib,
metal va elektrolitlarning kimyoviy ta’sir energiyasi elektr maydon energiyasiga
aylanadi.
Kimyoviy reaktsiya energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib boradigan
qurilmaga galvanik elementlar deyiladi.

XULOSA
Kurs ishimni xulosasi shundaki Galvanik elementlar yagona elektr toki manbai
hisoblangan. Elektrodlardan biri anod, ikkinchisi katod deb ataladi.
Reaksiya natijasida elektrodlarda potensiallar farqi hosil bo’ladi. Bu elektrodlarni
tutashtirib turadigan simda elektr toki vujudga keladi.
Galvanik va kimyoviy qoplamalarni olish usullari, har xil tuzlar , ishqorlar va
kislotalar ishlatilganligi uchun , galvanic jihozlarning ,o’zining korroziyaga
uchrashiga sabab bo’ladi va bu usulda ishlov berishda zaruriy mehnat muxofazalari va
ekologik e’tiborini talab qiladi. Hozirgi paytda galvanik usulda olingan qoplamalarga
nisbatan ustun bo’lgan diffusion qoplamalar olish usullari ishlab chiqilmoqda.
Shunga e’tibor berish kerakki, ikkita o’z-o’zicha mu-vozanat holatidagi elektrodlar
galvanik elementni hosil qiladi, ya’ni muvozanatda bo’lmagan sistema vujudga
keladi.
Buning sababi metallardagi zlektronlarning zichligi turlicha bo’lishi-dir, shuning
uchun elektronlar tashqi zanjir orqali bir metall-dan ikkinchisiga o’tishga intiladi.


Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish