investitsiya loyihalari — Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihalari”;
3-bandda:
birinchi xatboshidagi “tegishli xalq deputatlari Kengashlari” so‘zlari “xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari (keyingi o‘rinlarda — tegishli xalq deputatlari Kengashlari)” so‘zlari
bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer
uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish
huquqi asosida ajratiladi, ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish taqiqlanadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yiladigan yer uchastkalaridan faqat ushbu maqsadlarda foydalaniladi”.
37. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari “eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
“g” kichik banddagi “yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi” so‘zlari “yer uchastkalariga mulk huquqi va ijara huquqi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “doimiy foydalanishga” so‘zlari “ijaraga” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
1-banddagi “doimiy foydalanishga” so‘zlari “ijaraga va mulk huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band o‘z kuchini yo‘qotgan
deb hisoblansin;
3, 8, 16, 17, 20, 23 — 26, 29, 59, 69, 73, 80 va 81-bandlar hamda 2-bobning 3-paragrafi nomidagi “yer uchastkasidan doimiy foydalanish” so‘zlari “yer uchastkasiga mulk va ijara” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari auksion orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslariga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha
beriladi;
10-bandning uchinchi xatboshisi “besh ish kuni ichida” so‘zlaridan keyin “qishloq joylarda turg‘un chakana savdo shahobchasini qurish mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha uch ish kuni ichida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
73-bandda:
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan mablag‘lar chegirib tashlagandan so‘ng qolgan summadan:
50 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida bo‘lgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armaga;
50 foizi — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi”;
“e” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ilovada:
nomidagi “doimiy foydalanishga” so‘zlari “ijaraga va mulk huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Yer uchastkasidan doimiy foydalanish” so‘zlari “Yer uchastkasiga mulk va ijara” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 52-son qarorida:
a) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tuman hokimligi o‘n kun muddatda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog‘, tokzor barpo etish uchun 10
gektardan, issiqxona qurish uchun 3 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionga chiqarilishini ta’minlaydi va bu haqida sotuvchiga xabar beradi.
Sotuvchi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali qo‘lga kiritishi kerak.
Agar elektron onlayn-auksionda sotuvchidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs g‘olib bo‘lsa, ushbu shaxs mazkur Nizomda sotuvchi uchun nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega bo‘ladi hamda unga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi”;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “yer maydoni ajratilgandan so‘ng” so‘zlari “yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritgandan so‘ng” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Sotuvchi intensiv bog‘, tokzorlar yoki issiqxona qiymati tashabbuskorlar tomonidan to‘liq to‘lab berilgandan so‘ng besh kun muddatda intensiv bog‘, tokzorlar yoki issiqxonaga mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini tashabbuskor nomiga rasmiylashtirish to‘g‘risida tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qiladi.
32. Tuman hokimligi o‘n kun muddatda tashabbuskorlarni (lizing oluvchini) dehqon xo‘jaligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishini va unga intensiv bog‘, tokzorlar yoki issiqxonaga bo‘lgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish to‘g‘risida viloyat hokimining qarori qabul qilinishini ta’minlaydi”;
33-banddagi “Tuman” so‘zi “Viloyat” so‘zi bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 134-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2021-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmonining 2-bandi sakkizinchi xatboshisi, shuningdek 2-ilovasining 3-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmonining 14-bandi “g” va “d” kichik bandlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3939-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-son qarorining 5-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4575-son qarorining 2-bandi 4-kichik bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-son qarorining 4-bandi “g” kichik bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 41-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 167-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)