1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]



Download 112,4 Kb.
bet2/3
Sana01.01.2022
Hajmi112,4 Kb.
#302191
1   2   3
Bog'liq
PF-6243 08.06.2021

Lavozimiga ko‘ra



Viloyat hokimi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi), hududiy kengash raisi

Lavozimiga ko‘ra



Viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) prokurori, Kengash raisining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra



Viloyat (Qoraqalpog‘iston) sudining raisi

Lavozimiga ko‘ra



Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Adliya boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Qurilish boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Viloyat prokurorining sohaviy o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra



Kadastr agentligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i

Lavozimiga ko‘ra



Viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2021-yil 1-avgustdan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonining 3-bandi “a” kichik bandida:



a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmonida:

a) 2-band:

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi;

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi, ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish taqiqlanadi”;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5511-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonining 1-bandi ikkinchi xatboshisi “ma’muriy kengashlarning” so‘zlaridan keyin “elektron onlayn-auksion natijalari asosida qabul qilinadigan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonining 5-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi”.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmonida:

a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berilsin”;

b) 10-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari “eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-son Farmonida:

a) 1-bandning uchinchi xatboshisi “yaylovlar” so‘zidan keyin “elektron onlayn-auksion orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

b) 6-bandda:

“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) yaylovlar Qo‘mita tomonidan elektron onlayn-auksion orqali, shu jumladan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini 1 so‘m miqdorida belgilagan holda ijaraga beriladi”;

“v” kichik banddagi “, shu jumladan nol stavkada” so‘zlari “elektron onlayn-auksion orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi “yaylovni” so‘zidan keyin “elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

v) 14-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi “hamda ularga elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar bersin” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmonining 14-bandi birinchi xatboshisidagi “2020-yilda Davlat soliq qo‘mitasiga respublika budjetining ortiqcha bajarilgan daromadlari” so‘zlari “2020-2021-yillarda Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6202-son Farmonida:

a) 10-bandda:

beshinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 25 sotix yer maydonlari elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 12-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “ajratsin” so‘zi “elektron onlayn-auksionga qo‘yilishini ta’minlasin” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:

a) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“28. Po zayavleniyu voyennoslujaщix vzamen videlyayemogo jilya ili uluchsheniya jiliщnix usloviy im mogut bit viplacheni denejnie kompensatsii na priobreteniye na auksionnoy osnove zemelnix uchastkov dlya individualnogo jiliщnogo stroitelstva. Na period osvoyeniya zemelnogo uchastka za voyennoslujaщim i chlenami ego semi soxranyayetsya slujebnaya kvartira srokom do dvux let”;

b) 29-banddan “na videlennix dlya nix zemelnix uchastkax” so‘zlari chiqarib tashlansin;

v) 36-band “priobreteniya kvartir” so‘zlaridan keyin “, zemelnix uchastkov dlya individualnogo jiliщnogo stroitelstva” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

g) 37-bandda:

oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

d) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son qarorining 11-bandida:

a) ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3194-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarorlari bilan” so‘zlari “elektron onlayn auksion orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3195-son qarorining 4-bandidan “yoki yer uchastkalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenyerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PQ-3196-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisida “berilishi hamda aholi zich joylashgan hududlardan yer uchastkalari ajratilishini” so‘zlari “berilishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qarorida:

a) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “yer uchastkalarini, shu jumladan, davlat mulki bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan bo‘sh obyektlar va bo‘sh yer maydonlarini” so‘zlari “davlat mulki bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan bo‘sh obyektlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovaning 5-bandida:

yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidan “zarur yer uchastkalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.

17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3701-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisida “ajratiladi” so‘zlari “ijaraga beriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-son qarorida:

a) 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“loyihalar tashabbuskorlariga “Business city” markazlari hududida obyektlar qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion savdolari orqali beriladi”;

b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali olgan investorlar bilan “Business city” markazlariga investitsiya kiritish to‘g‘risida bitimlar tuzish”.

19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorining 7-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi”.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4363-son qarorining 3-bandida:

“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”;

“g” kichik bandda “ma’muriy kengash” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy kengashlar)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4427-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari “eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.

22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4512-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandida:

a) ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qarorida:

a) 11-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

b) 20-bandning beshinchi xatboshisidan “hamda qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida yer maydonlarini o‘z vaqtida ajratsinlar” so‘zlari chiqarib tashlansin.

24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son qarorining 10-bandi birinchi xatboshidagi “iyulga” so‘zi “oktyabrga” so‘zi bilan almashtirilsin.

25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-son qarorida:

a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashabbuskorlarga ikki oy muddatda ajratib bersin” so‘zlari “elektron onlayn-auksionga qo‘yilishini ta’minlasin” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin.

26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5087-son qarorining 4-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini” so‘zlari “yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088-son qarorining 9-bandi “g” kichik bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi”.

28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qarorining 12-bandi birinchi xatboshisi “bo‘sh yer uchastkalari” so‘zlaridan keyin “elektron-auksion savdolariga joylashtirilishini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

29. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarida:

a) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish ushbu kommunikatsiyalar egalarining xulosalarini hisobga olgan holda hal etilishi kerak”;

b) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“28. Aloqa kommunikatsiyalari o‘tkazilgan yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ulardan foydalanishni tegishli aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan kelishib olishlari shart”.

30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomda:

a) 6-bandning birinchi xatboshisidan “va keyinchalik injiniring kompaniyasiga berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

b) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“Kompleks ekspertizaning ijobiy xulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi.

Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narxiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi.

Bunda arzon uy-joylarning narxiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan qoplab beriladi”;

v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yerdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion o‘tkazilmasdan, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi.

Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos bo‘ladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Bunda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak”.

31. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-noyabrdagi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 343-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisidan “yer uchastkalari ajratilishini va” so‘zlari chiqarib tashlansin.

32. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1007-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “yer uchastkalari berish” so‘zlari “yer uchastkalarini ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

33. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 63-son qarorida:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

34. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri hududidan ajratiladi”.

35. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi “Sergeli industrial park” kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 878-son qarorida:

a) 2-bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi xatboshilar beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan bitimlar va shartnoma shartlari buzilgan, shuningdek, ular tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ishlab chiqarish maydonlari ijarasining bitimlari va shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish va to‘xtatish masalalarini Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashiga (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun kiritish”;

v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Ma’muriy kengashga ijaraga beriladigan yer uchastkasining har bir gektari uchun to‘lov miqdorini belgilash huquqi berilsin”.

36. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qarorida:

a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalarini (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihalari deb ataladi) amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan hamda yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi”;

b) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishli xalq deputatlari Kengashiga” so‘zlari “xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovada:

2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


Download 112,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish