2.Fuqarolik jamiyatining shakllanishida o‘rta qatlamning o‘rni ?
2. Ma'lumki, iqtisodiy taraqqiyot uchun ham fuqarolik jamiyati uchun ham xususiy mulk va o'rta
qatlamning ahamiyati yuksak ekanligini olimlar inkor etishmaydi. Boshqacha aytganda bu
qatlamsiz to'laqonli fuqarolik jamiyati bo'lishi mumkin emasligi ko'pgina manbalarda
keltiriladi. Aynan O'zbekiston sharoitida bunday qatlamning shakllanishi jarayoni bilan
fuqarolik jamiyatining rivojini qiyosiy tahlil etish talab etiladi.
Ma'lumki, bizning mamlakatimizda o'rta qatlamning shakllanishi jarayoni davom etmoqda. O'rta
qatlam mulkdorlarning miqdori oshib bormoqda. Ayni vaqtda davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fuqarolik jamiyati ham rivojlantirilmoqda. Fuqarolik
jamiyatining vujudga kelishining mumtoz ta'limotlarida rivojlantirilgan g'oyalar nuqtai –
nazaridan bu yerda bir necha diqqat talab jihatlar mavjud. Xo'sh, klassik an'analarga ko'ra
o'rta qatlam shakllangan va rivojlangan o'rta asrlarda davlat bilan o'rta sinf o'rtasida yuzaga
kelgan qarama-qarshilik natijasida vujudga kelgan fuqarolik jamiyati bugungisharoitda qay
tarzda rivoj topadi? Shu va shunga o'xshash savollarga fuqarolik jamiyatining iqtisodiy
asoslarini o'rganish asnosida javob berish mumkin.
Ma'lumki, erkin bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatning asosini xususiy
mulkdorlar tashkil etadi. Garchi xususiy manfaat individlarga xos bo'lib, yakka holdagi
manfaatlarni ifoda etsa-da, aynan ana shu xususiy manfaatlarning o'zaro va davlat bilan
munosabatalarida yuzaga kelgan hodisalar asnosida umumiy qadriyatlar namoyon bo'ladi.
Jamiyatning asosini o'rta va mayda qatlam vakillari tashkil etar ekan, bu kesim vakillarining
daromad manbai va oilalar hayotining asosiy vositasi xususiy mulkchilikka asoslangan
iqtisodiy faoliyatdan iborat. Bu sanoat, savdo-sotiq, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va
hokazo yo'nalishlardagi xususiy korxonalar, ijaraga beriladigan yer, ko'chmas mulk, daromad
keltiradigan qimmatli qog'ozlar, foiz keltiradigan pul vositalari, yozuvchilar, shoirlar,
kompozitorlar, kashfiyotchilar, ilmiy tadqiqotchilar va hokazolarga oid intellektual mulk
asosida amalga oshiriladigan faoliyatdan iborat. Bu kesim o'zining asosiy faoliyatidan mahrum
bo'lgan taqdirda nafaqat daromad, balki hayotiy muhim manbadan ayriladi. Shuning uchun mulk
egalari o'z mulkini himoya etish uchun barcha zaruriy tashkiliy va huquqiy faoliyatni amalga
oshirishadi. Ana shu nuqtai nazardan xususiy mulk fuqarolik jamiyati vujudga kelishining asosiy
sabablaridan biri sifatida ko'rsatiladi. Aynan xususiy mulk asosida ijtimoiy munosabatlar
jadallashadi, natijada esa jamiyat o'z-o'zini tashkil etadigan qudratli tizimga aylanadi.
Buxoro shahrida 21-22 oktabr kunlari “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi: bugungi holat, yutuqlar va istiqbol” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti (O‘zbekiston) va Milliy demokratiya institutining (AQSH) mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Ebert nomidagi jamg‘arma (Germaniya), Sukuba universiteti (Yaponiya) tomonidan tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, qadimiy Buxoroda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
Mamlakatimiz, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Rossiya, AQSH, Turkiya va Yaponiyadan mutaxassislar ishtirok etgan ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekistonda demokratik tub o‘zgarishlarning borishi, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli bo‘yicha keng fikr almashildi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonda adolatli va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish bo‘yicha tanlangan modelni amalga oshirish yo‘llari, demokratik tub o‘zgarishlarda siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
– O‘zbekistonga tashrifim davomida so‘nggi yillarda bu yerda demokratlashtirish borasida izchil va qat’iy choralar ko‘rilayotganining guvohi bo‘ldim, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan Milliy demokratiya institutining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Richard Glaub. – Demokratiya va fuqarolik jamiyatining barcha uchun maqbul yagona shakli mavjud emas. Har bir davlat demokratik rivojlanishning o‘zi uchun qulay yo‘lini tanlaydi. O‘zbek xalqining mentaliteti bag‘rikenglik va kollektivizm ruhida shakllangan. Biz ushbu mintaqada yashayotgan xalqlarning qadimiy tarixini e’tiborga olishimiz zarur.
Sharqiy Yevropada bozor iqtisodiyoti va demokratiyani rivojlantirish jamiyati rahbari Detleb Kraa (GFR) shunday dedi: «Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham davlat kuchli fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur tashkiliy hamda huquqiy shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Bunda ular kuzatuvchi vazifasini bajarmaydi, balki demokratik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Demokratik tenglik tamoyili har bir kishiga mamlakat kelajagini barpo etishda qatnashish imkonini beradi va ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tajribasidan ibrat olsa arziydi».
Ekspertlar aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta’minlash, «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasini amalga oshirishda siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Konferensiya ishtirokchilari munozaralar chog‘ida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining qabul qilinishi, kuchga kirishi va amalga oshirilishi O‘zbekiston ijtimoiy hayotida ro‘yobga chiqarilayotgan keng ko‘lamli tub o‘zgarishlarning navbatdagi muhim bosqichiga aylanganini yakdillik bilan qayd etdilar. Buning natijasi o‘laroq, parlament Qonunchilik palatasida fraksiyalar, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarida deputatlar guruhlarining ishi faollashgani kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, vakillik hokimiyati organlarining roli va mavqeini kuchaytirdi, markaz va joylarda ro‘yobga chiqarilayotgan islohotlar uchun ularning mas’uliyatini oshirdi, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoat nazorati funksiyalarining to‘liq amalga oshirilishiga ko‘maklashdi.
– O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida partiyalar rolini amalda kuchaytirishga doir chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, – dedi «Trend» ekspert agentligi rahbari Mixail Vinogradov (Rossiya). – O‘zbekiston siyosiy partiyalari dasturlari, ularning ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni o‘rganish ular demokratik jamiyatni barpo etishda faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi. Siyosiy bahs va raqobatning rivojlangani ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.
Konferensiya davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi davlatning inson huquq va erkinliklarini samarali ta’minlashga nechog‘li katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi, deb ta’kidlandi. Dastur doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, O‘zbekistondagi qator yirik nodavlat tashkilotlar mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi huzurida tashkil etilgan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tuzilmalar faoliyati kompleks ravishda tahlil qilindi.
– O‘zbekiston fuqarolik jamiyati hayotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganini qayd etmoqchiman, – dedi tadbir ishtirokchilaridan biri, Gazi universiteti professori Mexmet Erol (Turkiya). – O‘zbekistonda tarixiy hujjat – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar menda katta taassurot qoldirdi. Tadbirlar dasturi demokratik islohotlarning ko‘plab dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, jamoatchilik nazorati mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishni ham o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi inson huquq va erkinliklarini samarali ta’minlash masalalarida boshqa mamlakatlar uchun ibrat bo‘lishi mumkin.
Konferensiya ishtirokchilari axborot sohasidagi tub o‘zgarishlar ham fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladilar. Masalan, so‘nggi o‘n yilda bosma ommaviy axborot vositalari soni ikki baravar ko‘paydi. Bugun mamlakatimizda mingdan ortiq ommaviy axborot vositasi, shu jumladan, qariyb 700 gazeta, 200 jurnal, qator axborot agentliklari, teleradiokanallar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muhim o‘rin tutadi.
Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori o‘rinbosari Dun Syaoyan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan axborot siyosati mamlakat Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan so‘z va fuqarolar huquqlari erkinligi tamoyilini izchil hamda to‘liq amalga oshirishni ta’minlashga qaratilganini qayd etdi.
– Senzuraga yo‘l qo‘ymaslik, ommaviy axborot vositalari faoliyatini faqat sud tartibida to‘xtatish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi talablar qonunchilik tomonidan mustahkamlangan, ularni ro‘yxatga olish qoidalari soddalashtirilgan, – dedi xitoylik ekspert. – Davlat jurnalistlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bermoqda.
“Fuller Analysis” mustaqil maslahat agentligi direktori Jeyn Fullerning ta’kidlashicha (Buyuk Britaniya), O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari mamlakatda yangi jamiyat qurishning muhim yo‘nalishlarini keng ommaga yetkazishda katta o‘rin tutadi.
Konferensiya ishtirokchilarining fikricha, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun milliy an’anaviy institutlarga tayanish va nodavlat notijorat tashkilotlarining erkin va mustaqil rivojlanishini ta’minlash zarur. Fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Mustaqil O‘zbekistonda qayta tiklangan noyob o‘zini o‘zi boshqarish instituti, ya’ni mahalla mamlakatda kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
– O‘zbekistonda mahalla siyosiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, – dedi Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro tadqiqotlar universiteti maktabi eksperti Nalin Kumar (Hindiston). – Mahalla jamoatchilik fikrini shakllantirishga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin, demokratik o‘zini o‘zi boshqarishning o‘ziga xos instituti hisoblanadi. U azaldan “oila” va an’anaviy oilaviy qadriyatlar tushunchalariga asoslangan holda, yoshlarni tarbiyalash uchun tegishli sharoitlarni ta’minlab kelmoqda, ijtimoiy tashkilot uchun o‘ziga xos poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda G‘arbdan farqli ravishda qadimdan fuqarolik jamiyati institutlari bo‘lgan va hozir ham bor, mahallalardagi boshqaruv tajribasi ilmiy jihatdan yondashgan holda chuqur o‘rganishni talab qiladi.
Xorijlik ekspertlarning umumiy fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy va davlat qurilishining “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” modeli inson huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilingan demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasida o‘zining samaradorligini isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |