12. huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari
Fuqarolik jamiyati – huquqiy demokratik davlat bilan uyg‘unlikda yashaydi. Bu erda insonva fuqaroning tabiiy va o‘zlashtirilgan huquqlarini tan olish, ta’minlash va himoya qilish bog‘lovchi omil sifatida amal qiladi. Fuqarolik jamiya-tining asosiy unsuri ayrim shaxs bo‘lsa, fuqarolik jamiyati institutlari, tashkilotlar, guruhlar va hokazolar uni shakllan-tiruvchi omillardir. Ular shaxs, uning manfaatlari, maqsadlari niyatlari va hokazolarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi. SHu sababli iqtisodiyva siyosiy hokimiyatni ajratish, haqiqiy fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining bosh omili hisoblanadi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasidabog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulgaqarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: - erkin individlar uyushmasi; - o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim; - o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosa-batlari; 2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish; 3)hokimiyatning qonuniyligi va demo-kratik xususiyati; 4)qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himo-yalanganligi; 5)hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; 6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 7)so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
Avesto”da fuqarolik jamiyati muammolari
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, asta-sekin jismoniy va intellektual (aqliy) jihatdan takomillashib bordi. Odamzot-ning jamiyat bo‘lib yashashi uchun ma'naviy madaniyat kerak edi. Ana shu ehtiyojlar sababli hozirgi odam (Homo sapi-ens) tiplaridagi instinktlar o‘rnini axloq normalari egallab bordi.Natijada dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelgan odamlar jamoasida “ruxsat” va “ta’qiq” tizimi shakllandi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi tufayli ruxsat va ta’qiqlar o‘rni-ga “savob” va “gunoh” haqidagi tushunchalar tarkib topdi.Insonlar jamoasining keyingi uch ming yillik ma'naviy madaniyati ana shu qarashlar doirasida takomillashib bordi. Insoniyat taraqqiyotida davlatning paydo bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Davlat rivoji ham katta tarixiy davrlarni bosib o‘tgan. Bora-bora davlatning demokratik shakllari yuzaga kelgach, jamiyat ma'naviyati qonun ustivorligi ruhida shakllanib bordi. Davlat va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Bobil, Misr, Hindiston, Markaziy Osiyoda vujudga kela boshladi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da, qadimgi hind eposlari bo‘lmish “Mahabhorat”, “Ramayana”, “Kalila va Dimna”da jamiyat, inson, ijtimoiy muammolar o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Aveto“da qayd etilgan “Ezgu so‘z, ezgu fikr, ezgu amal“ qoidasi jamiyatning asosiy tamoyiliga aylangan. Jamiyat, unda odamlarning o‘rni, ularning hamkor bo‘lib ya-shashi to‘g‘risidagi g‘oyalar Markaziy Osiyoda o‘rta asrlarda hamshakllangan
Do'stlaringiz bilan baham: |