1. Fonetika nimani o‘rganadi? Tovush va fonemaning farqini ayting. Urg‘u nima? Uning qanday turlari bor?



Download 16,54 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2022
Hajmi16,54 Kb.
#411585
  1   2
Bog'liq
onatili1-mavzu


1. Fonetika nimani o‘rganadi?

2. Tovush va fonemaning farqini ayting.

3. Urg‘u nima? Uning qanday turlari bor?

4. Yozuv nima?

5. O‘zbek xalqi ajdodlari qaysi yozuvlardan foydalangan?

6. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.

7. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

8. Qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar imlosini tushuntiring.

9. “Leksikologiya” so‘zining ma’nosi va mohiyatini tushuntiring

Javob

 Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar va shu so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug‘ayyomni mana shu cho‘lda kutib olyapmiz (Y.Shamsharov).  Bu gapni tuzishda biz, ulug‘ , ayyom, mana, shu, cho‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‘shimchasi),  -yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo‘shimcha), -miz (shaxs-son qo‘shimchasi) qo‘shimchalari qatnashgan; har bir so‘z va qo‘shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z;  ulug‘ - u, l, u, g‘ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi.  Ko‘rinadiki, nutq tovushlari so‘z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.   Fonetika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, urg‘u, bo‘g‘in, ohang kabilar o‘rganiladi. Fonetika grekcha  phone so‘zidan olingan bo‘lib lug‘aviy ma’nosi  tovush  Nutq tovushlarining tasnifi



Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar.  Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undosh tovushlarni hosil  qilishda esa o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi; 2)  unli­ tovushlarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi; 3) unli tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.   4. Bo‘g‘in  o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor: a-do-lat. Birinchi bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch tovushdan iborat. Demak, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘inlar qanday tovushlar bilan boshlanishi va qanday tovushlar  bilan tugashiga qarab turlarga ajratiladi. Qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra ikki xil: 1) ochiq bo‘g‘in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-ma; 2) yopiq bo‘g‘in undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in: zarb-dor, zum-rad, id-rok Bo‘g‘inlari qanday tovush bilan boshlanishiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: 1) berkitilgan bo‘g‘in  undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik. 2) berkitilmagan bo‘g‘in unli bilan boshlanadi: o‘-qish, a’-lo.

  Urg‘u 



So‘z bo‘g‘inlaridan birining  yoki gap tarkibidagi so‘zlardan birining  boshqalariga nisbatan kuchliroq  yoki cho‘ziqroq  talaffuz qilinishi urg‘u deb ataladi. Urg‘u, odatda, bo‘g‘indagi unli tovushga tushadi. So‘z nechta bo‘g‘indan tuzilganligidan qat’i  nazar, unda bitta urg‘u bo‘ladi (gap bo‘laklaridan birini ajratib ko‘rsatish ham xuddi shunday xususiyatga ega). So‘z tarkibidagi urg‘u olgan bo‘g‘in urg‘uli bo‘g‘in, urg‘u olmagan bo‘g‘inlar esa urg‘usiz bo‘g‘in deyiladi. Masalan: Sizlarning matonatli mehnatlaringiz Ulug‘  Vatan urushi yillaridagi muqaddas g‘alabamizni yaqinlashtirdi. (S. Karomatov) Bu gapdagi har bir so‘z  o‘z urg‘usiga ega (chunonchi, «sizlarning» so‘zida uchta bo‘g‘in bo‘lib, oxirgi bo‘g‘in (-ning) urg‘u olgan; «matonatli» so‘zida to‘rtta bo‘g‘in bo‘lib, oxirgi bo‘g‘in (-li) urg‘u olgan va hokazo). Bundan tashqari, shu gap tarkibidagi sizlarning so‘zi boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi. Demak, har xil obyektga – so‘z tarkibidagi biror bo‘g‘inga ham, gap tarkibidagi ayrim so‘zga ham urg‘u tushishi mumkin. Shunga ko‘ra, urg‘u ikki turga ajratiladi: 1) so‘z  urg‘usi (yoki leksik urg‘u)  so‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan urg‘udir. Yozuvda urg‘u  bo‘g‘indagi unli ustiga qo‘yiladigan maxsus belgi  ( ´ ) orqali ko‘rsatiladi. Masalan: А́́slida insо́n tabiatní́ng oltindа́n hа́m bebahо́  mo‘jizasí́́́ -ku! Dunyodа́  insondа́n azí́z, insondа́n qimmatlí́  narsа́  bо́rmi o‘zí́? (O.Husanov). Leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) bog‘liq urg‘u;    b) erkin urg‘u. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari So‘z nutq tovushlarining muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘lib, ma’no anglatuvchi til birligidir. So‘zning tovush tomoni fonetikada, grammatik tomoni grammatikada, ma’no tomoni leksikologiyada o‘rganiladi. So‘zning barcha tomonlari nazarda tutilsa, u til va nutqning eng muhim elementlaridan biri ekanligi anglashiladi.

Til va yozuv

Til va yozuv o‘zaro uzviy bog‘liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo‘lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaydi. Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o‘ziga xos ahamiyatli  tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.


Download 16,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish