1. Fond qaytimi (FQ)



Download 21,07 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi21,07 Kb.
#669369
  1   2
Bog'liq
ASM


Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Ushbu bo’limda asosiy vositalardan (fondlardan) foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash usullari va tahlil qilish yo’llari yoritildi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi quyidagi 3 ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:



1. Fond qaytimi (FQ) – bu yalpi mahsulot hajmini (YaM) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga (AIF) nisbati tariqasida aniqlanadi:

Bu ko’rsatkich 1 so’mlik asosiy fondlar hajmi hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmini (summasi) bildiradi. Ushbu ko’rsatkich tahlil etilayotgan davrda oshgan bo’lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi.



2. Fond sig’imi (FS) – fond qaytimini aksini ifodalovchi ko’rsatkichdir:

Bu ko’rsatkich 1 so’mlik yalpi mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich pasaygan bo’lsa, bu fondlardan foydalanish samaradorligini oshganligini ko’rsatadi.



3. Fond rentabelligi (FR) – sof foydani (SF) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmiga (AIF) bo’lish orqali aniqlanadigan ko’rsatkich:

Bu ko’rsatkich 1 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi.

Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining tahlili solishtirish va zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi.

Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining har-bir turi bo’yicha hisobot yilidagi ko’rsatkichini bazis yilidagisiga solishtirib o’zgarishi aniqlanadi, so’ngra o’zgarishning sabablari topiladi. Omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» yoki «Indeks» usullaridan foydalanib, aniqlash mumkin.

Biz asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlilini uning asosiy ko’rsatkichi bo’lgan fond qaytimi misolida ko’rib chiqamiz.

Hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi:

bunda, AIF0, AIF1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (hajmi);

YaM0, YaM1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi yalpi mahsulot qiymati (hajmi).

Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:

1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmining o’zgarishi;

2. Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishi.

Fond qaytimining o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin «Shartli fond qaytimi» ko’rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni aniqlash uchun bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini hisobot yilidagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish kerak:

Fond qaytimining o’zgarishiga birinchi omilning, ya’ni asosiy fondlar hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli fond qaytimi ko’rsatkichidan bazis yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:

Fond qaytimining o’zgarishiga ikkinchi omilning, ya’ni yalpi mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichidan shartli fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:

Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi fond qaytimining umumiy o’zgarishiga teng kelishi shart. Shu hisob-kitoblardan so’ng fond qaytimi dinamikasining o’zgarishiga xulosa qilinadi, uni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.

Endi, 41-jadvalda keltirilgan amaliy ma’lumotlar asosida fond qaytimi dinamikasi o’zgarishining tahlilini ko’rib chiqamiz.

Birinchi navbatda fond qaytimining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Buning uchun hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib o’zgarishi (ko’paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi.


Demak, hisobot yilida bazis yiliga nisbatan fond qaytimi darajasi, ya’ni 1 so’mlik asosiy vositalar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 2,1 tiyinga yoki 5,2 foizga oshgan.

Ushbu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’lgan.

Fond qaytimining o’zgarishiga asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmi o’zgarishining ta’siri:

Demak, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (hajmi) hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 3556 ming so’mga (142000 – 138444 = +3556 ming so’m) oshgan, natijada shu omil hisobiga fond qaytimi darajasi 10 tiyinga yoki 2,4 % ga pasaygan. Boshqacha aytganda 1 so’mlik asosiy fond hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi 10 tiyinga kamaygan.

Fond qaytimining o’zgarishiga yalpi mahsulot hajmi o’zgarishining ta’siri:

Demak, yalpi mahsulot hajmining 4322 ming so’mga (60731 – 56409 = +4322 ming so’m) oshishi natijasida fond qaytimi darajasi (1 so’mlik asosiy fond hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot summasi) 3,1 tiyinga yoki 7,8 % ga oshgan.

Shunday qilib, fond qaytimining darajasi miqdoriy omilning salbiy, sifatiy omilning ijobiy ta’siri ostida o’zgarib, oqibatda u 5,2 % ga oshgan.

Bu asosan yalpi mahsulot hajmining o’zgarishi tufayli sodir bo’lgan. Biz fond qaytimining tahlilini umumlashtiruvchi ko’rsatkich asosida ko’rib chiqdik.

Endi, fond qaytimining tahlilini asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi va undan foydalanish samaradorligi bilan bog’lagan holda ko’rib chiqamiz, chunki mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi mehnat vositalari bo’lib, asosiy fondlarning aktiv qismi hisoblanadi.

Fond qaytimining o’zgarishiga quyidagi ikki omil ta’sir qiladi:

1. Asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi salmog’ining o’zgarishi;

2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi qaytimi darajasining o’zgarishi.

Ushbu omillar ko’paytmalarining yig’indisi asosiy fondlar qaytimining umumiy hajmiga teng bo’ladi:

Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi fond qaytimining umumiy o’zgarishi teng bo’ladi.

Bu yerda, FQ – fond qaytimi darajasi;

AS – asosiy fondlar aktiv qismining salmog’i;

AQ – asosiy aktiv fondlar qaytimi.

Fond qaytimi o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlashdan oldin «Shartli fond qaytimi» ko’rsatkichi aniqlab olinishi kerak.

«Shartli fond qaytimi» ko’rsatkichini aniqlash uchun hisobot yilidagi asosiy fondlar aktiv qismi salmog’ini bazis yilidagi asosiy aktiv fondlar qaytimiga ko’paytirmoq kerak:

Shundan keyin fond qaytimining o’zgarishiga asosiy fondlarning aktiv qismi bilan bog’liq bo’lgan omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida aniqlash mumkin.

Fond qaytimining o’zgarishiga asosiy fondlar aktiv qismi salmog’i o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun «Shartli fond qaytimi»dan bazis yilidagi fond qaytimini chegirib tashlash kerak:

Fond qaytimining o’zgarishiga asosiy aktiv fondlar qaytimi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi fond qaytimidan shartli fond qaytimini chegirib tashlash kerak:

Shu omillar ta’sirlarining yig’indisi fond qaytimining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.

Endi, 40-jadvaldagi hisobot ma’lumotlari asosida fond qaytimining tahlilini ko’rib chiqamiz. Birinchi navbatda, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismining (FAQ) salmog’i bilan aktiv qismining qaytimi aniqlanadi.

Asosiy fondlar aktiv qismining salmog’ini aniqlash. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar aktiv qismi hajmining jamini asosiy ishlab chiqarish fondlarining jami hajmiga bo’lish kerak.

Bazis yili uchun


Hisobot yili uchun


Asosiy fond aktiv qismining qaytimini aniqlash:


Bazis yili uchun


Hisobot yili uchun


Ushbu ko’rsatkichlar aniqlangandan keyin fond qaytimining tahlilini amalga oshirishi mumkin.

Birinchi navbatda fond qaytimining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Demak, fond qaytimi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 2,1 tiyinga yoki 5,2 foizga oshgan.

Fond qaytimining o’zgarishiga asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi salmog’i o’zgarishining ta’siri:

Demak, fondlar aktiv qismining 2 foizga oshishi fond qaytimi darajasini 1,4 tiyinga yoki 3,4 % ga oshishiga olib kelgan.

Fond qaytimining o’zgarishiga asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi qaytimi o’zgarishining ta’siri:
Demak, fondlar aktiv qismi qaytimining 1,1 tiyinga oshishi fond qaytimi darajasining 0,7 tiyinga yoki 1,7 % ga oshishiga sababchi bo’lgan.

Xulosa: ikki omil ham fond qaytimining o’zgarishiga ijobiy ta’sir qilib, uning darajasini 5,2 % ga oshishiga olib kelgan.

Tahlil natijalarini analitik jadvalga joylashtirib, xulosa chiqarish qulayroq bo’ladi, chunki unda hamma ko’rsatkichlarning o’zgarishi ham, omillarning ta’sir qilish darajalari ham aniq ko’rinib turadi.

42-jadval.

Fond qaytimining omilli tahlili.




Ko’rsatkichlar

Bazis yiliHisobot yilidagi aktiv qismi salmog’i va bazis yilidagi aktiv qismi qaytimi bo’yicha


Hisobot yili


O’zga-rishi (+,-)Shu j. o’zgarishiAktiv qismining salmog’i o’zgarishi

hisobigaAktiv qismi qaytimi-ning o’zgarishi hisobiga1.Asosiy ishlab chiqarish fondla-ri, ming so’m

138444


X

142000


+ 3556

X

X2.Asosiy fondlar aktiv qismining hajmi (FAQ), ming so’m


83066

X

88040

+ 4974

X


X3.Yalpi mahsulot, ming so’m

56409


X

60731


+ 4222

X

X4.Asosiy fondlar aktiv qismining salmog’i, koef.



0,60

0,62


0,62

+ 0,02


X

X5.Asosiy fondlar aktiv qismining qaytimi, so’m

0,679

0,679


0,69

- 0,011


X

X6.Fond qaytimi, so’m0,4070,4210,428- 0,021+0,014+0,007

42-Jadvaldan ko’rinib turibdiki, fond qaytimining 2,1 tiyinga yoki 5,2 foizga oshishi ikki omilning ham ijobiy ta’siri ostida yuzaga kelgan.



Download 21,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish