12.6. Asosiy vositalar va ulardan foydalanish darajasi o’zgarishining ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili.
Ishlab chiqarish hajmining oshishi ko’p jihatdan asosiy vositalar bilan ta’minlanish va ayniqsa, ulardan foydalanish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
MH=AIF · FQ
bu yerda, MH – mahsulot hajmi (yalpi mahsulot, sof mahsulot hajmlari);
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, mahsulot hajmi asosiy ishlab chiqarish vositalarining o’rtacha yillik hajmi bilan fond qaytimi ko’rsatkichlari ko’paytmalarining yig’indisiga teng.
Demak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (sof mahsulot) hajmining o’zgarishiga shu ikki birlamchi omil ta’sir qiladi:
1. Asosiy fondlar hajmining o’zgarishi;
2. Fond qaytimi darajasining o’zgarishi.
Ushbu omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Buning uchun birinchi navbatda, quyidagi 3 ta bog’lanish ko’rsatkichi aniqlab olinadi:
I. AIF0 x FQ0 – bazis davridagi mahsulot hajmi
II. AIF1 x FQ0 – shartli mahsulot hajmi
III. AIF1 x FQ1- hisobot davridagi mahsulot hajmi.
III-bog’lanishdan I-bog’lanish ko’rsatkichini ayirish orqali mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Shundan keyin yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga omillarning ta’siri aniqlanadi.
Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga 1-omil – «asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi o’zgarishi»ning ta’sirini aniqlash uchun shartli yalpi mahsulot hajmidan (II-bog’lanishdan) bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini (I-bog’lanishni) chegirib tashlash kerak:
2-omil fond qaytimi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun haqiqiy yalpi mahsulot hajmidan (III-bog’lanishdan) shartli yalpi mahsulot hajmini (II-bog’lanishni) chegirib tashlash kerak:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Tenglik ma’lum bo’lgandan keyin omillar ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi.
Yalpi mahsulot summasi bilan omillar orasidagi bog’liqlikning tahlilini fermer xo’jaligining 43-jadvalda keltirilgan ma’lumotlaridan foydalanib ko’rib chiqamiz.
43-jadval
Yalpi mahsulotning omilli tahlili uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlar.
№Ko’rsatkichlarBazis yiliHisobot yiliO’zgarishi (+,-)1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati, ming so’m
138444
142000
+ 35562.Asosiy fondlar aktiv qismining o’rtacha qiymati, ming so’m
83066
88040
+ 49743.Qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti (taqqoslama baho bo’yicha), ming so’m
56409
60731
+ 43224.Asosiy fondlar qaytimi, so’m0,4070,428+0,0215.Asosiy fondlar aktiv qismining salmog’i, %6062+26.Asosiy fondlar aktiv qismining qaytimi, so’m0,6790,690+0,011
43-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti hajmining o’zgarishiga asosiy fondlar hajmi va ulardan foydalanish darajasi o’zgarishlari ta’sirlarining tahlilini «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida bajardik.
Birinchi navbatda, yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi:
Demak, qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti hajmi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 4322 ming so’mga ko’paygan. Bu o’zgarish quyidagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan:
1-omil – asosiy fondlar hajmi o’zgarishining ta’siri:
Demak, asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmining oshishi hisobiga yalpi mahsulot hajmi o’tgan yilga nisbatan 1385 ming so’mga ko’paygan.
2-omil fond qaytimi o’zgarishining ta’siri:
Demak, fond qaytimi darajasining 2,1 tiyinga oshishi hisobiga yalpi mahsulot hajmi o’tgan yilga nisbatan 2937 min so’mga oshgan.
Ushbu hisob-kitoblardan ko’rinib turibdiki, yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga ikki omil ham ijobiy ta’sir qilib, uning hajmini 4322 ming so’mga oshishiga sababchi bo’lgan.
Endi, mahsulot hajmining o’zgarishiga asosiy fondlar bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini ko’rib chiqamiz.
Ikkinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1) asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmining o’zgarishi;
2) asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi salmog’ining o’zgarishi;
3) asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi qaytimining o’zgarishi.
Ushbu omillarning yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib, aniqlaymiz. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin yalpi mahsulot hajmini ifodalovchi quyidagi «bog’lanish» ko’rsatkichlari hisoblab olinadi
I. - bazis yilidagi yalpi mahsulot
II. - shartli yalpi mahsulot (1)
III. - shartli yalpi mahsulot (2)
IV. - hisobot yilidagi yalpi mahsulot.
Shundan keyin tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Birinchi navbatda yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
IV-I
Shundan keyin yalpi mahsulot o’zgarishiga omillar ta’siri aniqlanadi.
Asosiy fondlar hajmi o’zgarishining ta’siri:
II-I
Asosiy fondlar aktiv qismi salmog’i o’zgarishining ta’siri:
III-II
Asosiy fondlar aktiv qismi qaytimi o’zgarishining ta’siri:
IV-III
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishiga har doim teng kelishi kerak.
Endi, yalpi mahsulot hajmi dinamikasining omilli tahlilini yuqorida keltirilgan hisobot ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz.
Yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi:
Hisobot yilida yalpi mahsulot hajmi bazis yiliga nisbatan 4322 ming so’mga oshgan. Bunga uch omil ta’sir qilgan.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmining o’zgarishini ta’siri:
Demak, asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmining oshishi tufayli yalpi mahsulot hajmi 1441 ming so’mga ko’paygan.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi salmog’ining o’zgarishini ta’siri:
Demak, asosiy fondlar aktiv qismi salmog’ining 2 % ga oshishi tufayli yalpi mahsulot hajmi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1929 ming so’mga ko’paygan.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi qaytimining o’zgarishini ta’siri:
Demak, fondlar aktiv qismi qaytimining 7 % ga oshishi tufayli yalpi mahsulot hajmi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 952 ming so’mga oshgan.
Xulosa: Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga uch omil ham ijobiy ta’sir qilib, o’tgan yilga nisbatan uning hajmini 4322 ming so’mga oshirgan.
Xulosa
Rejalishtirilgan barcha savollarning javoblari ushbu bobda to’liq aks ettirilgan, ya’ni asosiy vositalar bilan ta’minlanish va ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining ahamiyati, maqsadi va vazifalari, ular bilan ta’minlanish darajasining tahlili, fondlardan foydalanish samaradorligining tahlili, asosiy vositalar va ulardan foydalanishning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili masalalari yetarli darajada ushbu bobda yoritilgan. Bularni yaxshi o’zlashtirib olishi uchun, talaba mavzuni darslik bo’yicha o’qib, o’zlashtirishini ham nazariy savollarga javob tayyorlashini va mashqni mustaqil bajarib, o’zlashtirib olishini tavsiya qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |