4.Hujayra, to‘qima, organ, tizim va organizm darajasidagi funksional tizimlar. Gomeostaz va uni boshqaruvchi omillar. Turli tizimlarning organizm gomeostazini saqlashdagi ishtiroki.
Ko‘p hujayrali organizmlarning evolYusion rivojlanish jarayonida hujayralar differensiallanadi, ya’ni ularning kattaligi, shakli, tuzilishi va funksiyasi farq qila boshlaydi. Bir xil differensiallashgan hujayralardan to‘qimalar hosil bo‘ladi, hujayralarning tuzilishi jihatidan birlashuvi, morfologik va funksional xossalarning umumiyligi va hujayralarning o‘zaro ta’siri 9 to‘qimalarning xarakterli belgisidir. Turli to‘qimalar o‘z funksiyalariga ko‘ra ixtisoslashadi, ya’ni hayot faoliyatining turli jarayonlarini bajarishga moslashadi. Masalan, mushak to‘qimasi
harakat funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan bo‘lib, xarakterli xossasi qisqaruvchanlikdir, bez to‘qimasi o‘z hujayralarining ba’zi Kimyoviy birikmalar (gormonlar, enzimlar va h.k.)ni hosil qilishi va ajratishiga ixtisoslashgan. To‘qimalarning Yuksak darajada differensiallashgan hujayralari faoliyatining muayyan turini bajarishga moslanish bilan bir qatorda hamma hujayralar uchun umumiy funksiyalar: modda almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, chiqaruv funksiyalarini ham bajaradi. To‘qimani hosil qilgan hujayralar o‘zaro ta’sir etib turishi, to‘qimalar tuzilishining murakkabligi va funksiyalarining ixtisoslashganligi ularning morfologik va funksional jihatdan o‘ziga xos bo‘lishini taqoza qiladi, bu esa tirik organizm tashkillashining to‘qima darajasi ajralib chiqishiga asos bo‘ladi.
5.Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlarning funksiyalari. Hujayralararo kontaktlar. EkstratsellYulyar matriks. Maxsus hujayra kontaktlari: desmosomalar, zich kontaktlar, va yorig‘lar orqali kontaktlar.
Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta’sirlanuvchan bo‘ladi, ya’ni tashqi muhit ta’sir etganda yoki holati buzulganda o‘z strukturasini o‘zgartirish, faoliyat ko‘rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish yoki
susaytirish bilan javob beradi, bu esa modda va energiya almashinuvining sifat hamda miqdor o‘zgarishlariga chambarchas bog‘liq. Turli ta’sirlarga javoban organizm va hujayralari strukturasining o‘zgarishini biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan Yuzaga chiqaradigan ta’sirlarni esa ta’sirlovchilar (ta’sirlar) deb Yuritiladi.Biologik reaksiya tushunchasi g‘oyat keng bo‘lib, turli ta’sirlarga javoban organizm, a’zolari va hujayralarni ko‘rsatadigan faoliyatning hamma turlarini o‘z ichiga oladi. Hujayralar reaksiyasi shakli, strukturasi, o‘sish va bo‘linish jarayonining o‘zgarishida, ularda turli kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishida, potensial energiyaning kinetik energiyaga (elektr, mexanik, issiq, yorug‘lik energiyasiga) aylanishida, biron ish bajarilishida (fazoda ko‘chish, muayyan moddalarni chiqarish, hajayrada muayyan moddalarni konsentrlash sohasidagi osmotic ishda) namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |