Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilarning ish haqi, xom- ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, renta to’lovlari, transport xizmati uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shuning uchun bug’galteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi, shu sababli ichki xarajatlar drajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Tashqi va ichki xarajatlarning yig’indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog’liq yo’qotilgan imkoniyatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |