16-mavzu. Fe’l. Fe’l zamonlaridagi uslubiy imkoniyatlar. Zamon
qo’shimchalari sinonimiyasi. Fe’l mayllari, fe’l nisbatlarining xususiyatlari ( 4
soat)
Reja:
1.Fe’l zamonlarining uslubiyati.
2.Nisbat va mayl shakllarining uslubiyati.
Grammatik zamon ma’nosi nutq momentiga nisbat berib belgilanadi. Ya’ni
harakat nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, nutq momenti bilan bir paytda yoki
undan so‘ng yuz berishi mumkin. Shunga qarab fe’lning o‘tgan, hozirgi va kelasi
zamonlari belgilanadi. Bu zamonlar bir-birlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Masalan,
hozirgi zamonda bajarilayotgan ish-harakat o‘tgan zamonda boshlangan bo‘lishi va
kelasi zamonda ham davom etishi mumkin, yoki kelasi zamonda bajariladigan ish
hozirgi zamonda boshlangan bo‘lishi mumkin va hokazo. Shuningdek, bir zamon
formasi o‘zi uchun tipik bo‘lmagan kontekst va situatsiyada, intonatsiya yordamida,
janrlar bilan bog‘liq ravishda boshqa zamon ma’nosini ifodalashi mumkin. Biroq,
bir zamon ichida bajarilgan harakat distansion uzoq-yaqinligi, ;bir martalik yoki
davomiylik kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Bunday farqli ma’nolarni
ifodalashda ba’zan bir zamonni ifodalovchi turli formalardan( // ishlayotir //
ishlamoqda // ishlab turibdi // ishlab yuribdi), ba’zan birgina formadan foydalaniladi.
Kontekstual va situativ ma’no real ma’noga (formaning odatdagi ma’nosiga)
mos kelmay qolishi natijasida ma’noda ko‘chish yuz beradi, ya’ni ma’lum forma
o‘zi anglatishi kerak bo‘lgan ma’noni emas, balki boshqa ma’noni ifodalash uchun
xizmat qiladi. Bu turli xil ekspressiv ma’nolarni ifodalash uchun muhimdir.
O‘tgan zamon fe’llari nutq momentidan ilgari bajarilgan, yuz bergan
harakatni ko‘rsatadi. Hozirgi o‘zbek tilida o‘tgan zamonda yuz bergan harakatni
ko‘rsatishda -di, -gan, +edi, -(i)b + + edi, -(a)r + edi kabi affikslardan,
konstruksiyalardan foydalaniladi.
O’tgan zamondagi harakat bajarilishining aniqligi, konkretligi yoki konkret
emasligi, nutq momentiga munosabati jihatidan o‘zaro farqli ottenkalarga ega
bo‘ladi. Ana shu farqlarni ko‘rsatish uchun yuqorida ko‘rsatilgan turli formalar
ishlatiladi. Shu bilan birga bu formalar ma’lum ma’nolarni ifodalashda bir umumiy
nuqtaga birlashadi. Ana shu umumiylik ichida ayrim farqli ottenkalari bo‘lgani
holda, ba’zan bunday farqlar yo‘q darajaga kelganda, biri o‘rnida ikkinchisini ishlata
berish mumkin.
-di va -gan formalari munosabatini olaylik. Bu har ikki forma ham
harakatning o‘tgan zamonda aniq bajarilganligi yoki bajarilmaganligini bildiradi.
Ammo -di formantini olgan o‘tgan zamon formasida harakatning bajarilish
protsessiga, -gan formantini olgan o‘tgan zamon formasida harakatning natijasiga
e’tibor beriladi. Qiyos qiling: Keldi ochilur chog‘ing, o‘z-liging namoyon qil. (H.
H.) Chappar urib gullagan bog‘in, o‘par edim Vatan tuprog‘in. (H. 0.)
Bundan tashqari, -gan formasi orqali ifodalangan harakat payt, vaqt jihatidan
-di orqali ifodalangan harakat paytiga nisbatan bir oz bo‘lsada «ilgariroq» yuz
bergan yo yuz bermaganlik ottenkasiga ega bo‘ladi. Ularning har ikkalasi ham bir
paytdagi harakatni ko‘rsata olishlari uchun gapda yana boshqa yordamchi vositalar
ham ishtirok etyshi lozim. Qiyoslang: Bu yil mo‘l hosil yetishtirildi /bu yil mo‘l hosil
yetishtirilgan. Bunday vaqtda ularni biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish imkoni
bo‘ladi.
O’tgan zamon fe’lining -(i)b va shaxs-son affiksi qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
formasi so‘zlovchining o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilgan harakatini anglatganda, shu
zamonni ko‘rsatuvchi -di formasi bilan sinonim bo‘lishi mumkin: Yalinib-yolvorib
Shokirvoy-ni zo‘rg‘a qutqarib olibman. (H. No‘mon.) // Zo‘rg‘a qutqarib oldim.
Ba’zan -gan + edi birikmasi harakatning nutq momentiga nisbatan avval
bajarilganligini ifodalaydi va bu xususiyati bilan -di morfemasiga grammatik
sinonim bo‘ladi.
Nutq momentidan ancha ilgari bajarilgan harakni ko‘rsatish xususiyati bilan
o‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi -gan+ + edi va -(i)b+edi formalari bir-biri bilan
sinonim sifatida almashtirilib ishlatilishi mumkin. Ulardan -gan + edi ko‘p-roq
yozma nutq uchun -(i)b + edi (-v + di) og‘zaki so‘zlashuv nutqi uchun xarakterlidir.
Utgan zamon ma’nosi -yotgan+edi, -yotib+edi, -moqda + edi, -(a)r + edi, -guvchi +
edi kabi konstruksiyalar yorda-mida ham ifodalanadi. Bular harakatning bajarilish
vaqtini ko‘rsatishi jihatidan biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanishi mumkin(Qiyoslang:
o‘qimoqda edi//o‘qiyotgan edi; o‘qir edi // o‘qiguvchi edi). Bulardan -moqda + edi
formasi kitobiy, rasmiy stilga xos bo‘lib, so‘zlashuv stilida deyarli ishlatilmaydi, -
guvchi+edi formasi esa, aksincha, ko‘proq so‘zlashuv stilida ishlatiladi, dialektal
xarakterga ega.
O’tgan zamon fe’l formalari kontekst va situatsiya bilan bog‘liq ravishda,
ayrim janrlarda boshqa zamon ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan, ba’zan nutq
momentida yuz berayotgan ho-disani tasvirlashda o‘tgan zamon formasidan
foydalaniladi: Mayli... sen ovqatingni yeyatur bo‘lmasa, ketib qolma, adashib
ketsam kelib so‘rayman. Qarigan chog‘imda agitator ham bo‘ldim. (A. Q.) Nutq
momentidan avval kampir agitator bo‘lgan emas.
O’tgan zamon formasi bajarilishi nutq momenti bilan chegaralanmagan
harakatni ham bildiradi. Bunday vaqtda o‘tgan zamon «formasi harakatni hozirgi
zamonda ham davom etayotganligi ma’nosini anglatadi: Daraxtlar gullagan, muattar
havo, charaqlagan oftob mehnatkash Buxarestning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan. (J- Jab-
borov.) Xalqimiz ahvoli yaxshilangan, hamma yaxshi kvartiralar bilan ta’minlangan
va hokazolar.
O’tgan zamon fe’l formasining kelasi zamon ma’nosida ishlatilishi tez-tez
uchrab turadi. Masalan, o‘tgan zamon fe’l formasi kelajakda bajarilishiga qat’iy
qaror qilinganlik, ishonch ma’nosini ifodalovchi kelasi zamon formasi o‘rnida
qo‘llanadi: Xo‘p... Yana gaplashamiz. Men ko‘p bolali onaning uyini ko‘rishga
ketdim.
So‘zlovchi o‘z fikrini tasdiqlash yoki so‘zlovchining qo‘yilgan masalaga
munosabatini aniqlash maqsadida murojaat qilganda, ko‘pincha kelasi zamon emas,
balki o‘tgan zamon formasidan foy-dalanadi: Bunday bexijolat, betashvish
mehmonlar har kuni kelsalar ham, mayli! Nima dedingiz, janob muboshir. (S. Abd.)
// nima deysiz?
Ba’zan bajariladigan ishga ishonchsizlik ma’nosi ifodalanganda ham o‘tgan
zamon formasi kelasi zamon ma’nosini anglatadi:
Juda qattiq so‘raydi deyishyapti, qalay bo‘larkin?
O’tsak o‘tdik, o‘tmasak yanagi yilga kelarmiz-da. (R. Rahmonov.) / o‘tsak
o‘tarmiz...
O’tgan zamon formasi ish-harakatning bajarilishi to‘g‘risida taxmin, faraz
ma’nolarini ifodalagan kelasi zamon o‘rnida ko‘llanadi: Xo‘sh, faraz qilaylik,
dushman patillatib otib ke-layotibdi. Bordi-yu, men o‘zimni yo‘qotib, otmasdan
g‘o‘dayib turaberdim. Yeki qo‘rqib pana joyda pisib yotdim. Nima bo‘ladi? Dush-
man kelib shartta otadi-qo‘yadi. (U.) I/ g‘o‘dayib turabersam, ...pisib
yotsam...Hozirgi zamon fe’li -yotir, -yap, -moqda morfemalari orqali hosil qilingan
fe’l formalariga shaxs-son affikslarini qo‘shish natijasida hosil qilinadi. Bu formalar
harakatning nutq momenti bilan bir paytda bajarilayotganligini ko‘rsatish
xususiyatiga ko‘ra bir-birlariga nisbatan sinonimik munosabatda bo‘la oladi. -yotir,
-yap, -moqda formalari nutq momentidan ilgari boshlangan va nutq momentidan
keyin ham davom etishi mumkin bo‘lgan harakatlarni ham ko‘rsata oladi. Shu
sababli -yotir, -yap, -moqda formalarini ko‘pincha sinonimlar sifatida biri o‘rnida
ikkinchisini ishlatish mumkin: yozayotirsan // yozyapsan // yozmoqdasan;
ishlayotirsan // ishlayapsan // ishlamoqdasan kabi.Bu formalar, avvalo, ma’nodagi
ayrim nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadi. Ikkinchidan, stillarda ishlatilish
chastotasi bilan ham bir-biridan farqlanadi. Ya’ni -yotir va -moqda morfemalari
ko‘proq yozma nutq uchun xos, -yap morfemasi, asosan, og‘zaki so‘zlashuv nutqida
qo‘llanadi.
Konkret hozirgi zamonni ko‘rsatuvchi -yap, -yotir, -moqda formalari
vositasida hosil qilingan hozirgi zamon fe’llari ma’no nozikliklari bilan ham bir-
biridan farq qiladi. Masalan, -moqda formasi -yap, -yotir formalariga nisbatan
uzoqroq davom etgan harakatni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Qiyos qiling; Ana
kelyapti deyish mumkin, amma ana kelmoqda deyilmaydi.
Bu morfemalardan tashqari, hozirgi zamonni ayrim yot, tur, o‘tir, yur
fe’llarining -(i)b yordamida hosil bo‘lgan ravishdosh formalarini shaxs-son
affikslari bilan tuslash orqali ham ifodalash mumkin.
Hozirgi zamonni ko‘rsatuvchi -yotir, -yap, -moqda kabi sintetik formalar
anglatgan ma’noni yot, tur, yur, o‘tir fe’llari yordamida hosil bo‘lgan analitik
formalar yordamida ham ifodalash mumkin. Shu sababli ularning biri o‘rnida
ikkinchisini ishlatsa bo‘ladi. Ma’noda katta farq bo‘lmaydi: ishlayotir // ishlab
o‘tiribdi, ishlamoqdaman // ishlab yuribman kabi. Ba’zan ularni almashtirish imkoni
bo‘lmaydi. Masalan, yugurib yuribdi, ochilib yuribdi, ochilib-sochilib o‘tiribdi
tipidagi nisbatan qisqa muddatda yuz beradigan va hozirgi zamon ma’nosini
ifodalaydigan analitik formalarni yuguryapti, ochilayotir, o‘tirayotir tipidagi siitetik
formalar o‘rnida ishlatish tamoman boshqa ma’noning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi.
Hozirgi zamon fe’l formalari boshqa zamon formalari o‘rnida qo‘llanib, ular
anglatishi lozim bo‘lgan ma’nony ifodalashi mumkin. Ilmiy asarlarda bu hodisa
zamon formalarining ko‘chishi sifagida talqin qilinady. Hozirgi zamon fe’llarining
har uchala zamon ma’nosidagi elementlarni o‘z ichiga olishi uning boshqa zamonlar
o‘rnida ko‘chma qo‘llanishi imkoniyatini beradi. Masalan, hozirgi zamon formasi
o‘tgan zamon ma’nosida ishlatiladi. Bu ko‘proq so‘zlovchining o‘tmishda ko‘rgan-
bilganlarini hikoya qilib berish holatini tasvirlashda yuz beradi: Ko‘zimni. ochsam,
tikonli simlar bilan o‘ralgan, usti ochiq yerda o‘zimga o‘xshash yaradorlar, asirlar
o‘rtasida yotibman. («Yosh l.») Ba’zi bir hujjatlar bilan port shahriga chiqdim,
yolg‘izman. Yonimda odamlar daryoday oqib boryapti. (O‘zbekiston ovozi)
Kelajakdagi ishning bajarilishiga qat’iy ishonch bildirilganda hozirgi zamon
formasi kelasi zamon ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi Oliy kengash
sessiyasi ochilishi kuniga davlat planini bajarishyapti. bajaradilar. Bugun 688 reys
bilan Moskvaga uchib ketyapman. /I uchib ketaman ketajakman ketadiganman.
Kelasi zamon fe’llari -ajak (-yajak) affiksi + shaxs-son affikslari, -r, -ar
vositasida yasalgan sifatdosh yoki -a, -y bilan yasalgan ravishdosh + shaxs-son
affikslari modeli asosida hosil bo‘ladi va harakatning nutq momentidan keyin
bajarilganligini bildiradi. Kelasi zamon yana -a, -y bilan yasalgan ravishdosh + -
digan + shaxs-son affiksi modelida ham bo‘ladi. Ularning hammasi harakatning nutq
momentidan keyin bajarilishini ko‘rsatish bilan bir umumiy mahrajga birlashadi va
bir-birlari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Ana shu umumiylik asosida
ksntekst va situatsiya bilan bog‘liq ravishda ularning biri o‘rnida ikkinchisini
qo‘llash mumkin. Qiyoslang: kelajakman kel-moqchiman // keladiganman;
borajaksan // bormoqchisan // boradigansan kabi.
Lekin ularni almashtirish hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan,
Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar gapida toshirar, oshirar
so‘zlarini na -moqchi formasi bilan va na -digan formasi bilan almashtirib ishlatish
mumkin. Bu ko‘proq ko‘rsatilgan kelasi zamonni bildiruvchi affikslar yerdamida
ifodalanadigan ma’nolar o‘rtasidagi ichki farqlar bilan bog‘liq.
Kelasi zamon formalari ham o‘tgan va hozirgi zamon ma’nolarini anglatib
(kontekst bilan bog‘liq ravishda) o‘tgan va hozirgi zamon formalari o‘rnida, kelishi
mumkin. Masalan: Rais majlisni ochiq deb e’lon qilaoi, majlisning faxriy prezidiumi
saylanadi, hamma o‘rnidan turadi, gulduros qarsaklar yangraydi. Ha, bu yerda hayot
qaynaydi... Studentlar baxtiyor yoshlik, xurram studentlik gashtini suryaptilar.
Yovuz dushman qon to‘kib Ma’shuqqa ham yetib keladi.(«Uzbekiston
madaniyati».) Agar e’lon qiladi, saylanadi, turadi fe’llari kontekstdan ajratib oliksa
yoki boshqa kontekst ichida kelsa, kelasi zamonni bildirish uchun xizmat qiladi.
Ammo bu misolda va shunga o‘xshash holatlarda mazkur fe’llar o‘tgan zamon
ma’nosini ifodalaydi.
Bog‘ni boqsang, bog‘ bo‘lar, botmon daxsar yog‘ bo‘lar. It hurar — karvon
o‘tar tipidagi maqollarda kelasi zamon fe’l formalari hozirgi zamon bilan
chegaralanmaganlik ma’nosini anglatayotganligi aniq seziladi. Xuddi shunga
o‘xshash ma’no nima yasamoqchisan (qiyoslang: nima yasayapsan) tipidagi
gaplarda ham anglashiladi.
Misollar: Mehribon onalar, opa-singillar, Zor qaqshab yig‘lamang! Yetar,
kelinglar! Egmasdan ko‘taring boshingiz baland! Bo‘ldi, bas, xonasi vayron
bo‘lguncha... Zindon, dor, qam-chilar bizni qo‘rqitmas!— Sabr kosasi to‘ldi, toshdi,
bas! (K. Yashin.) M a n s u r. Ulug‘ amir, afv qiling, menda gunoh yo‘q, menga
buyurib edilar. N a v o i y. Bas! Kurollari qilich, dor, zahar! Usullari hiyla, nayrang!
(Uyg‘un. I. Sultonov.) Mahbubaxon qo‘llari bilan yuzini yashirdida, yolvorgandek
dedi: Bas! Bas! (yo. Sh.) Qiyoslang: Jim bo‘ling, to‘xtang!
Buyruq maylidagi fe’l boshqa mayl ma’nolarini ifodalab, ularning o‘rnida
qo‘llanishi mumkin. U ijro mayli o‘rnida kelganda, harakatning bajarilish yoki
bajarilmasligini ta’kidlab ko‘rsatishda katta effekt kasb etadi. Masalan: Ko‘ring
buni, domla, — dedi Sergey amaki Ulmasning orqasini o‘girib. — Bolani o‘qitish
o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Axir, sizda insof bormi? (yo. Sh.)
Qiyoslang: Xizmatingizni qildiribsiz, yana urdiribsiz. Barcha ishni qullar kilsin,
daromadni qul egalari olsin, shu haqqoniyatmi? // Barcha ishni qullar qiladi,
daromadni qul egalari oladi. Siz, siz! — dedi Begmat Normatning ko‘ziga tikilib,—
siz yashirib qolgan yeringizga ekkan qovun-tarvuzingiz bilan koppon bozorini obod
qiling, o‘z foydangizni ko‘zlang, jabrini xalq tortsin. (H. Shams.) // ...obod qilasiz,—
...foydangizni ko‘zlaysiz, jabrini qullar tortadi.
Buyruq mayli formasi ba’zan ijro mayli orqali ifodalanishi lozim bo‘lgan
gumon ma’nosini o‘zida mujassamlashtiradi va ijro mayli o‘rnida ishlatiladi:
Xonzoda (cho‘chib). Nima maslahatlari bor ekan, payqamadingizmi? Tag‘in, qozi
pochchangiz sizga yangi ayacha topgan bo‘lmasin, Xolmatjon! (H. H.) // ...qozi
pochchangiz sizga yangi ayacha topgandi
Bu mayl formasining shart mayli ifodalaydigan ma’nolarni ifodalash holatlari
ham uchraydi. Bunday vaqtda -sin va -sa formalari sinonimik munosabatga
kirishadi. Misollar: Zang chalinsin, hammamiz dalaga chiqamiz // Zang chalinsa...
Ilohim Sizning aytganingiz bo‘lsin, biz ham tomosha qilaylik. (H. Shams.) /I Sizning
aytganingiz bo‘lsa, biz ham tomosha qilar edik. Mirzo Ulug‘bek inongan
lashkarboshilar esa... Yuksak rutba, shon-shavkat va zeb-ziynatga o‘ch bu amiru
umaro esa... faqat taxt sohibi kuchda turgan mahaldayoq qo‘l qovushtirib turadi.
Saltanat sal tebransin, darhol yuz o‘giradi. (0. yo.) // Saltanat sal tebransa, darhol
yuz o‘giradi. Qaysi ota-ona o‘z fidoyiligini farzand yuziga minnat qilib solibdiki,
ona minnat qilsin? («S. O‘zb».) // ona minnat qilsa. (Shu o‘rinda qilsin formasi
minnat qiladi tarzida ijro mayli bilan ham almashtirilishi mumkin.)
Buyruq mayli formasi kontekst bilan bog‘liq ravishda -sa + ham
konstruksiyasi yordamida anglashiladigan to‘siqsizlik ma’nosini ifodalash uchun
xizmat qiladi:,Xox inoning, xoh inon-mang, aka, ishqida yuragimga g‘ulg‘ula
Tushib, xuddi tomir urishim bexosdan o‘zgarib ketganday bo‘ldi. («Sharq yulduzi».)
// Inonsangiz ham, inonmasangiz ham... Emdi, xoh inoning, xoh inonmang haqiqat
izlab, tag‘in dargohi ilmga keldim, usta. (0. Ye.) Bunday ma’noda ko‘pincha buyruq
maylining III shaxs birlik formasidan foydalaniladi: Kattaqo‘rg‘onga qaytib
kelgach, uni qaysi ishga qo‘yishmasin, hamma yerda jon kuydirib ishladi. («S.
Uzb.») qaysi ishga qo‘yishsa ham... Ha, u o‘z umrida qancha xatolar qilmasin,
qancha yanglishmasin, ilm-ma’rifat yo‘lida qirq yil qilgan mehnati zoye ketmabdi.
(0. Yo.) // xatolar qilsa ham, qancha yanglishsa ham...
Shart mayli formasining -sa +bo‘ladimi konstruksiyasi o‘tmishda kutilmagan,
to‘satdan yuz bergan, hayratda qolishga sabab bo‘lgan voqealarni tasdiqlaydi va ijro
mayli o‘rnida qo‘llana-di: Saharga yaqin Achchida ketayotgan edim, ro‘paramdan
yo‘lbars chiqib qolsa bo‘ladimi? (A. Q.) // chiqib qoldi. ...Kenjaboyning o‘g‘li
yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘-ladimi? (0.) //
qo‘limga tutqazdi.
Shart mayli formasi, asosan, buyruq mayli ma’nosida ishlatiladi. Bunda
intonatsiya hal qiluvchi rolo‘ynaydi: Bitta movut beretka olib bersangiz. (G‘. G‘.) //
olib bering. Tezroq kel-sang, kinoga borar edik // Tezroq kel, kinoga boramiz. Sabr
qilsang, g‘o‘radan halvo pishar // Sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi. Ishlasang
tishlaysan // ishla tishlaysan kabi.
Fe’l mayllari turli modal ma’no ifodalaydi. Bu bilan muhim stilistik vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Misollarni qiyoslaylik:
Sizning aytganingiz bo'sin, biz ham tomosha qilaylik.
Sizning aytganingiz bo‘lsa, biz ham tomosha qilardik.
Sizning aytganingiz bo'ladi, biz ham tomosha qilamiz.
Bu misollar ham har uchala maylni aks ettiradi. Birinchi va ikkinchi misollarda
modallik, ya’ni stilistik ottenka (turi) kuchli, uchinchisida esa neytrallik aks
ettiriladi.
Shart mayli aslida shartlilikni ifodalasa ham , badiiy nutqda buyruqni
yumshatish, iltimos ma’nolarini bildirish uchun ishlatiladi.
Masalan: Agar malol kelmasa, jim o‘tirsangiz. Eshikni narigi tomonidan yopsalar
va hokazo.
Mayl shakllari shaxs-son shakllari bilan birgalikda kuchli stilistik vosita bo‘lib
xizmat qiladi.
Ma’lumki, 1-shaxs birlik va ko‘plikda buyruq-istak maylida istak ifodalanadi, 2—
3-shaxslarda esa buyruq ifodalanadi.
Masalan: birlik ko‘plik
Men yozay
Biz yozaylik
Sen yoz
Siz yozing
U yozsin
Ular yozsinlar
Lekin ba’zi hollarda buyruq bilan birga istak, iltimos ham ifodalanadi:
Qatra yosh tommasin aslo biror zum, Munis onalarning yanoqlariga.
Keksa chol sen tomon boqqay intizor, Oftobim, unga ham rahm etgil zinhor.
(Abdulla Oripov)
2—3-shaxsda sof buyruq yoki istakning ifodalanishi matndan anglashiladi:
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor. (Konstantin Simonov)
Kishiga bilimiga qarab yaxshilik qil. (Abay)
I shaxsda faqat istak ifodalanadi:
Shu go‘zallik tarovatin Satrlarga solayin.
Yashligin, ism, totin, Aslin olib qolayin. (Tursunoy Sodiqova)
Lekin badiiy nutqda 1-shaxsda so‘zlovchi o‘ziga o‘zi buyruq berishi mumkin. Bu
2-shaxs, birlik yoki ko‘plik shakli orqali amalga oshiriladi:
Xo'sh, Mulla Mamajon, endi nima qilmoqchisan? Biror yo'lini top. ( G 'afar G
‘ulom)
1-shaxs ko'plik shakli istakdan tashqari, harakatga da’vat ma’nosini ifodalaydi:
Talabalik oldidagi burchimizni bajaraylik!
Ilm cho‘qqilarini zabt etaylik!
Shunday qilib, morfologik shakllarning stilistik imkoniyatlari rangbarang bo‘lib,
turli nutq ko'rinishlarida har xil namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |