26.Ilmiy ijod, uning o`ziga xos jihatlari
Ijod. Ilmiy ijod
Ijod – insonning fan, madaniyat, texnika va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangilik yaratish faoliyati.
Inson ijodiy faoliyatining mohiyati, qonuniyatlarini evristika fani o`rganadi.
Ijodning badiiy, ixtirochilik, texnik, ilmiy turlari mavjud.
Ilmiy ijod insonning ma`naviy faoliyatining murakkab ko`rinishi. Ijod olamdagi narsa hodisa jarayonlarning mohiyati, qonuniyatlari haqidagi bilimlarni qo`lga kiritish jarayoni.
Bu 2 (ikki) tipdagi bilimlarda o`z ifodasini topadi.
Ilmiy bilimlar: gipoteza, qonun, nazariya…
Ilmiy bilish metodlari ishlab chiqiladi.
Ilmiy izlanishdan ko`zda tutilgan maqsad – yangi ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish.
Ilmiy ijod – olamni ratsional o`rganish va o`zlashtirish, olamda amal qiladigan qonunlarni ochishga yo`naltirilgan bilish jarayoni .
Fan – faoliyat
“Fan – faoliyat” hozirgi zamon jamiyatida amalga oshirilgan ta`lim tarbiya jarayonida o`z ifodasini topadi.
“Fan – faoliyat” ilmiy bilimlarni qo`lga kiritishga yo`naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat ilmiy ijod deb yuritiladi. Ilmiy ijod bilan shug`ullanuvchilar olimlar (izlanuvchilar), tadqiqotchilar.
26.Ilmiy ijod, uning o`ziga xos jihatlari
Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari
Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari:
- zehn; - tafakkur; - ijodiy tafakkur; - tasavvur /xayolot/; - ilhomlanish;
- intuitsiya.
Zehn – insonning ob`ektga qiziquvchanligi ifodasi hisoblanadi. Bu o`z navbatida narsa, hodisalarning muayyan tomonlariga alohida e`tibor qaratishda, tomonlari, xususiyatlarini to`g`ri fahmlay olishda namoyon bo`ladi.
Fikrlash (tafakkur) – bilishning ratsional bosqichi hisoblanadi. Fikrlash jarayonida predmet hodisalarning muhim tomonlari, xossa-xususiyatlari aniqlanadi.
Ijodiy tafakkur – ilmiy ijodda muhim o`rin tutadi.
Ijodiy tafakkur olam (tadqiqot ob`ekti)ni o`zgacha – “aql ko`zi bilan ko`rish”, uning mohiyatini anglashda namoyon bo`ladi.
Tasavvur – hissiy bilim shakli. Tasavvur biluvchi sub`ekt faolligining o`ziga xos ko`rinishi. Tasavvur ko`rinishlari: reproduktiv tasavvur; konstruktiv (ijodiy) tasavvur.
Konstruktiv tasavvur tadqiqot ob`ektini “o`zgacha”, yangicha nazar bilan qarash
Konstruktiv yoki ijodiy tasavvur - ob`ektni kelajakda kutilishi mumkin bo`lgan holatning namoyon bo`lishi. Ijodiy tasavvur (hayolot) ijodkorda o`ziga xos ruhiy holat – ilhomlanishda o`z aksini topadi. Ijodiy fikrlash, xayolot, ilhomlanish yaxlit ijodiy faoliyat tarzida kechadi.
Intuitsiya - ijodkor insonga xos haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz bevosita anglab olish qobiliyati. Bu holat – “oldinda ko`rish”, “to`satdan anglash”.
Do'stlaringiz bilan baham: |