Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish etish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, algoritm, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; A7; A10; A11; A12;Q6; Q9; Q11 Q12;
9-mavzu.Markaziy Osiyoda Amir Temur va Temuriylar davrida fan va texnika taraqqiyoti.
Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksalishi. Temur tomonidan Samarqand akademiyasining asoslarining yaratilishi.Amir Temur markazlashgan davlati fan va madaniyatning rivojlanishi uchun omil. Samarqand madrasasi. Temur kutubxonasi. Mashhur faylasuf Taftazoniy va uning 40 dan oshiq asarlarida kalom, mantiq, handasa, she’riyat va arab tili gramatikasining yoritilishi.Nizomiddin Shomiy va uning “Zafarnoma” asari. Naqshbandiy va uning maktabi. Harbiy texnikalar. Samarqand akademiyasi Mirzo Ulug’bekning ilmiy faoliyati. Buxoro,Samarqand va G’ijduvon madrasalari bunyod etilishi.Samarqand rasadxonasi va unda osmon jismlarini kuzatilishi. “Ziji Kuragoniy” asari. Mirzo Ulug’bek maktabi vakillari Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy. Hirot akademiyasi. Alisher Navoiy va uning o’zbek adabiy tili rivojigaqushgan hissasi. Zahiriddin Muhammad Bobur olim sifatida. “Boburnoma” muhim taraixiy, ilmiy manba.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish etish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, algoritm, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; A7; A10; A11; A12;Q6; Q9; Q11 Q12;
10-mavzu.Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy talqini.
XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida G’arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida kapitalistik taraqqiyot yo’lining boshlanishi.Ilmiy tajriba tadqiqotning yangi uslubi sifatida.Texnikani rivojlantirish uchun ilm fanning ahamiyatining ortishi.XVII asrda soatga mayatnikdan foydalanishi. Isak Nyuton va G. Leybnis tomonidan XVII –XVIII asrlarda hozirgi zamon oliy matematikaga asos solinishi va uning ahamiyati. Nyutonning mexanika va optika qonuniyatlari. Butun olam tortishishi qonuninig kashf etilishi. F.Bekon tomonidan fannig predmeti va maqsadi ko’rib chiqilishi.R. Dekard , G. Leybnis va uning monodologiya nazariyasi. Fransiyada 35 jildli Ensiklopediyani qabul qilinishi. Ximiya faning rivoji. J. Prestli tomonidan xloristiy vadarod va ammiak olinishi. Fransuz harbiy injeneri J. Men’e suv vodorod va kislaroddan tashkil topganligini isbotladi. A. Levinguk va K. Volflarning tabiatshunoslikka qushgan hissasi Materiyaning saqlanish qonuni M.V. Lomonosov va A. Lavuaziy. Bug’ mashinasining ixtiro qilinishi.
Fransuz FA, Britaniya Qirollik Jamiyati , Berlin FA, Rossiya FA.
XVIII asr 60-yillarida Angliyada sanoat inqilobining boshlanishi. 1784 yil J Uatt tomonidan universal bug’ dvegitilini yaralishi. Tuqimachilik dastgohlari. Marten tomonidan pulat erituvchi pechlarniing yaratilishi. Aka-uka Mongolfellarning havo shari. Fan va ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam aloqalarning o’rnatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |