30. “XVII asr oxiri va XVIII asrda Yevropada fanning rivoji” mavzusida referat tayyorlash
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XVII asrda ishlab chiqarish jarayonida, xususan, mehnat taqsimotida tub sifatiy o'zgarishlarning sodir bo'lishi, ishlab chiqarish jarayonini ratsionallashtirish talabining ortib borishi, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish ehtiyojini kuchaytirib yubordi. Bun day ehtiyojning ortib borishi, o'z navbatida, diniy dunyoqa rashning ta'sirini kundan-kunga kamaytira bordi. Ushbu holat falsafaning hayot
dagi mavqeini ham o'zgartirdi. Agar o'rta asrlarda falsafa dinshunoslik, Renessans
sharoitida san'at va Gumanitar bilimlar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, endi u fan yutuqlariga tayana boshladi.
XVII-XVIII asrlar Yevropa faylasuflarining inson to'g'risidagiqarashlariga,
shubhasiz, ushbu tendensiya o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bunday kayfiyatni ilmfan zudlik bilan rivojlana boshlaganAngliya, Fransiya, Germaniya faylasuflarining inson
haqidagi qarashlarida ko'rishimiz mumkin. XVII asr ingliz faylasuflaridan
Frensis Bekon, Tomas Gobbs, Jon Lokklar inson to'g'risidagi xristian dini qarashlarini tanqid qildilar, inson tanasining tuzilishi, uning moddiy ma'naviy holati haqida yangicha fikr mulohazalarni bayon etdilar.
Ularning tushuntirishicha, falsafaning, ayniqsa, uning eng muhim tarmog'i bo'lgan
geoseologiyaning asosiy vazifasi - inson hayotini yaxshilashdan iborat bo'lmog'i lozimdir.
XVIII asrning o'ziga xos xususiyatlaridan yana bir fan amaliyotga yaqinlasha boshladi. XVII asrda Yevropa faylasuflari sxolastikani tanqid qilgan bo'lsalar, XVIII asrda metafizikani har tomonlama tanqid qila boshladilar.
O'rta asr sxolastikasi o'rniga XVI-XVII asrlarda kirib kelgan meta fizikani yo'qotib yuborishga harakat qildilar. Fanda Isaak Nyuton, falsafada Jon Lokk izidan borgan fransuz ma'rifatparvarlari metafizik sistema bo’lmish
partezianlikni ham qattiq tanqid qildilar. Partezianlik tarafdorlarini turli abstrakt konstruksiyalarni ulug'lashgan, tajriba va eksperimentga kam e'tibor berishgan, debaybladilar. Lekin Yevropa ma'rifatparvarlari har qanday aqlni ulug'lashmas, faqattajribaga asoslangan, turli diniy uydirmalardan xolis, erkin ilm tarafdori edilar. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizciek, ma'rifatparvarlik g'oyalarining vatani Angliya edi. Chunki Angliyada jahonning boshqa mamlakatlaridan oldinroq ilm-fanga asoslangan ilg'or ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi.
Ma'rifatparvarlik g'oyalari tarix sahnasiga kirib kelayotgan angliyalik yangi mulkdorlar tabaqasi manfaatiga mos bo'lib tushdi. XVIII asr Yevropa falsafasida inson, bir tomondan o'zining xususiy manfaati uchun harakat qiluvchi mavjudot sifatidata'riflangan bo'lsa, ikkinchi tomondan barcha kishilar tengligini himoya qiluvchi buyuk qudrat ekanligi rasman tan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |