28. “Alisher Navoiy ulug’ mutaffakir” ma’vzusida esse yozish
Alisher Navoiyni biz turkiy til va adabiyotining asoschisi, deb bilamiz. Binobarin, Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Zahiriddin Muhammad Bobur ta’biri bilan aytganda, “Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik ko’p va xo’p yozmagan” edi. Bu Navoiyning o‘zi tan olganidek, adibni “Xito(y)dan to Xuroson”gacha yoyilgan barcha turkiy qavmlar o‘zining shoiri, deb bilishida ham namoyon.
E’tirof etish joizki, hazrat mir Alisher Navoiy zullisonayn (turkiy, forsiy, arab tillarida) sermahsul ijod qilgan adib bo‘lib, uning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, ilm-ma’rifati taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Mutafakkir ijodining umuminsoniy g‘oyasi – ilm-ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, odob-axloq, mehr-oqibat, sadoqat, do‘stlik, pok sevgi va vafo kabi go‘zal tuyg‘ular, yuksak g‘oyalar tarannumiga bag‘ishlangani bilan ham ahamiyatlidir.
Hazrat Alisher Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, alloma hayoti davomida xalqning farovonligi yo‘lida 373 ta inshoot bunyod etadi, 80 ta masjid, 52 ta rabot, 16 ko‘prik, 4 ta madrasa, 1 ta kutubxona qurilishiga homiylik qiladi. O‘zi ochgan ilm maskanlarida bolalarning bepul o‘qishi, ta’lim-tarbiya olishiga sharoit yaratadi.
Alisher Navoiy bobomiz o‘z asarlarida insoniylikning ega oliy mezoni bu – porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqiqatsevarlikdir, deya e’tirof etgan.
29. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari haqida kichik ilmiy tadqiqot tayyorlash
O’zbek klassik adabiyotining XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqlinamoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qarama-qarshiligi murakkab va qisqa hayotida yangicha asarlar yaratgan bo’lsada ularning hammasi bizgacha yetib kelmagan. Boburning hozirgacha ilm hazinasiga kelib qo’shilgan asarlari uncha to’liq bo’lmagan bir devon, islom dini asoslarini davom ettiruvchi “Mubayyin” nomli sha’riy risolasi, “Volidiya” deb atagan tasavvufga oid bir kitobining nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan “Xatti Boburiy” nomi bilan mashxur bo’lgan alfabit jadvali hamda “Boburnoma” asaridan iboratdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur
«Boburnoma»
«Mubayin»
«Volidiya»
«Xatti boburiy»
Boburdan qolgan ijodiy me’rosning eng muxim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afgoniston, Xindiston va Eron xalklari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek klassik adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir. Asarning asl nomi «Boburiya» bo’lsada, uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy» «Voqeoti Boburiy» deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan nom bilan mashhur bulib ketdi.
«Boburnoma»ning dastlabki tarjimalaridan Turkiyada amalga oshirilgan nashri ahamiyatga molikdir. Ushbu tarjimani yirik boburshunos professor Xikmat Boyir da’vati bilan o’zbek mumtoz adabiyotining bilimdonlaridan biri Rashid Raxmati Arat amalga oshirgan. «Boburnoma»ning 1948-1949 va 1960-yillardagi kirill alifbosiga asoslangan o’zbekcha nashrlarini tayyorlashda mazkur turkcha tarjimadan xam foydalanilgan. Bu asarning mavjud to’liq teksti 1857-yilda turkolog N.I.Ilminskiy tomonidan Qozonda tipografiya yuli bilan uzining to’rt betlik nashr printsplarini kursatgan ruscha so’z boshisi bosilgan.
«Boburnoma» Yevropada dastlab 1705-yilda Vitsen tarjimasida golland tilida chop etilgan. Lekin sal oldinroq 1697-yili fransuz sharqshunosi Bartolame Erbalo Molenli «Sharq kutubxonasi» qomusidagi «Bobur yoki Bobar» nomli maqolasida Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur tugrisida ilk bor ma’lumot bergan edi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |