1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati


Ahloqshunoslikning asosiy tushunchalari va tamoyillari. Vijdon



Download 100,54 Kb.
bet16/26
Sana03.06.2022
Hajmi100,54 Kb.
#632659
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
2 5429203506730899238

2.Ahloqshunoslikning asosiy tushunchalari va tamoyillari. Vijdon. Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon – Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lomen, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, Yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog’liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o’z–o’ziga bog’liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog’liqlik tashqi bog’liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakati tufayli Yuzaga kelgan o’ng’aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu – oddiy o’ng’aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to’xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog’iga – aysbergga o’xshatish mumkin: Yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan Yuz, balki ming barobar kichik.Ko’pincha vijdon tushunchasi o’rnida imon iborasini uchratish mumkin. Imon aslida diniy tushuncha. Lekin hayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov «imonli odam» deganida, uning musulmonlikka imon keltirgan–keltirmagani haqida o’ylab o’tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bo’lishi ham mumkin. CHunki gap bu yerda o’sha odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostgo’y ekanligi to’g’risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan imonni egizak tushunchalar deyish mumkin. Diniy e’tiqodlarga munosabatlarning rasmiy tilda «vijdon erkinligi» deb atalishi ham ular orasidagi chambarchas bog’liqlikdan dalolat beradi.Nomus. Asosiy tushunchalardan yana biri – nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi jihatdan, qadr–qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o’z qadr–qimmatini anglab yetishi, shu qadr–qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo’ladigan munosabati bilan belgilanadi.Gohida nomusni or tushunchasi bilan chalkashtirish hollari ham uchrab turadi. Lekin, aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvorsiz tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o’z so’zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam – o’z sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan–aytilmagan joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og’ir – ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. Nomus yo’lida inson hatto o’z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o’z nomusi, oila nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko’plab badiiy asarlar, pand–o’gitlar yaratilgan. Qadr–qimmat. Qadr–qimmat tushunchasi inson o’z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligini, o’z shaxsi oldida o’zi ma’sul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g’urur tushunchalari bilan bog’liq, bir tomondan insonning o’z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to’pos rahbarga yalinsa, garchand o’z maqsadiga yetsa ham, bu o’zi tomonidan o’z qadrini yerga urishdir. Pirovard natijada o’zini kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi. 3.Oila fuqarolik jamiyati va davlatning ahloqiy asoslari. Oilaning asosi bo’lmish nikoh – ezgu maqsadga yo’naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek Yuksak mas’uliyat Yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko’rinishi. Biroq sevgi–muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo’ladi. SHu jihatni nazarda tutadigan bo’lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf–odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. SHu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon o’z erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo’lishini anglab yetmog’i lozim. Bundan tashqari nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi.Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning o’zaro chiqishmasligi haqida G’arb mutafakkirlari tez–tez yozadigan bo’lib qolganlar. CHunonchi, Erix Fromm, industrial jamiyatda muhabbat kamdan–kam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa – moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi.Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir. Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy boglangan.Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obroyi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qolyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi 5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir.Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan Yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar.Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi.Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi.Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi. 4.Qadriyat kotego‘riyasi uning asosiy shakllari va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu tug’rida Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan.Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid mahsus bilimlar berilmas edi.



Download 100,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish