Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri.
Falsafa tarixi sohasida Ilk o‘rta asr
Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va
muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va
madaniyatining Uyg‘onish davri yoki “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab
xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy
yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi
navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin
farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi
7
. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish
omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag‘dod shahriga asos
solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy,
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776),
Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan.
Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur
olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan. Bu davrda
arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy,
yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa,
tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi
yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Evklidning handasa (geometriya),
Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid
asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib
kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), Safforiylar (873-904),
Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar
(1077-1231) kabi sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib,
bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar
8
.
Ma’lumki, saljuqiylar
sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan xalifalikni boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy
hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar
edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu
Homid G‘azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. U
Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul
Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi shaharlarda
“Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni
shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib,
Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors adabiyotining
7
Қаранг: Абдуҳалимов Б. А. “Байт ал-ҳикма” ва Ўрта Осиё олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-
ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). –Т.ошкент: Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси,
2004. –Б.209-236.
8
Қаранг: Бартольд В.В. История Туркестана//Бартольд В.В.Сочинения. Т.II (с. 1.). –М.:Наука, 1963. –С.240-
275.
taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab
o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni
vujudga keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan ravnaqi uchun qulay
imkoniyatlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |