Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Axloqiy qadriyatlarni ng mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo'ylik va hokazolarga; shakliga ko'ra esa ijobiy yoki salbiy, ya'ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko'ra:
— shaxsiy axloqiy qadriyatlar
— kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo'lish, halol rizq topish, so'zining ustidan chiqish, oila sha'nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e'zozlash, bolajonlik va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o'zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bo'lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |