Evropa uyg‘ondi. Ilm-fan sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Endilikda milliy davlatlarning har biri uchun muhim bo‘lgan mafkuraning shakllanishi zaruriyatga aylanib qoldi.
F.Bekon (1551-1626) fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. Tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg‘on sanamlar va timsollardan ozod bo‘lgan bo‘lsa. Tomas Gobbs (1588-1679) Harakatni u jismlarning makondagi o‘rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya’ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o‘xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi.
Rene Dekart (1596-1650) tajribaga aql bergan ma’lumotlarning oddiy amaliy tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi. U evolyusiya g‘oyasini ishlab chiqqanlarning birinchilaridan biridir (garchi mexanistik asosda bo‘lsa ham). «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr haqiqiyligi va fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar borlig‘ining haqiqiyligiga etib boradi.
Leybnits (1646-1716) sezilarli darajada mantiq rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, uning tuzilishi va daliliy qonunlarini ochib berib, uning ramzini ishlab chiqdi. U hozirgi zamon simvolik va matematik mantig‘ining asoschilaridan biridir.
XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildiUlarning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy va Golbax bor edi. Ma’rifatparvarlar o‘zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
Immanuil Kant (1724-1804) tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot hozirgacha astronomiyada asosiy ilmiy g‘oyalardan biri hisoblanadi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi.
Xegel (1770-1831) dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha davrdagi ta’limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning «narsa-o‘zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo‘ydi: mohiyat o‘zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir.
Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish bo‘lgan umumjahon tarixini davrlashtirish mezonini belgilab beradi. Bunday ko‘tarilishga to‘rt bosqich muvofiq keladi: 1) Sharq dunyosi; 2) Yunon dunyosi; 3) Rim dunyosi; 4) olmon (german) dunyosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |