O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 1998 yilda tashkil qilingan, 2001 yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo‘lgan. 2001 yildan O‘FMJ raisi Q.Nazarovdir. Jamiyat qoshida tashkil etilgan nashriyotda uning a’zolari falsafa, milliy g‘oya va mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari ongida dunyoni falsafiy idrok etish, o‘z-o‘zini anglash, hayotning maqsadini ko‘rish hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug‘lulanmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |