Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi. «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «boiinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi.
4. 1. Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o’z - o’ziga bo’lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisidir.
2. Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot.
3. O’jarlik – birovning iltimos, maslahat, talab va ko’rsatmalariga nisbatan asossiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter xislatlari.
4. Negativizm (lotincha neqo – inkor qilaman) – atrofdagi kishilarning har qanday ta’siriga nisbatan (iltimos, talab va hakozo) o’ylamay – netmay, dalilsiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter hislati. Negativizm salbiy va aktiv bo’ladi. Shaxsning o’zgalar ta’siriga berilmay, o’z fikrida qolishni passiv negativ, o’zgalarning aytganlarining aksini aktiv negativdir. Negativizm ba’zi psixik kasalliklarning belgisi bo’lishi ham mumkin. Bunda psixik bemor o’zini tekshirtirmaydi savollarga ob’yektiv javob bermaydi.
5. Xarakter aksentuatsiyasi (yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi.
6. Xarakter strukturasi – odam xarakterining strukturasi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas. xarakterning ayrim xususiyatlari bir – biriga bog’liq, bir – biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. mana shunday yaxlit organizmi xarakter sistemasi deb ataladi.
Milliy xarakterli tadqiqotlar Madaniyat va Shaxsga nisbatan turli xil yondashuvlardan, shu jumladan konfiguratsion yondashuvdan kelib chiqqan Edvard Sapir va Rut Benedikt, tomonidan ishlab chiqilgan asosiy shaxs tuzilishi Ralf Linton va Abram Kardiner va modal shaxsiy yondashuv Cora DuBois. Ushbu yondashuvlar shaxsiyat va madaniyat o'rtasidagi aniq munosabatlar bo'yicha bir-birlari bilan kelishmovchiliklarga duch kelishdi. Konfiguratsion va asosiy yondashuvlar madaniyatdagi shaxslarga nisbatan bir hil bo'lib qarashgan, Cora DuBois esa jamiyatning har bir a'zosida umumiy shaxsiy xususiyatlar mavjud emasligini ta'kidlagan.
Amerikadagi milliy xarakterlarni o'rganish misollariga osiyoliklarni quyidagi strategik darajada tushunish tashabbusi doirasida yapon fe'l-atvorini xitoyliklardan farqlash bo'yicha olib borilgan ishlar kiradi. Perl-Harborga hujum 1941 yilda. Ular sotsiologlar, antropologlar va psixologlarni o'z ichiga olgan bir guruh mutaxassislar tomonidan o'tkazildi. 1953 yilga kelib milliy xarakter tadqiqotlari Frantsiya, Ispaniya, Chexoslovakiya, Polsha, Rossiya, Sharqiy Evropa yahudiylari, Suriya va Xitoy madaniyatini o'z ichiga oldi.
5. Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz yangi jamiyat qurish, mustaqil demokratik taraqqiyot davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi xilma-xil qarashlar shakllanishi mumkin. Bunday sharoitda millat va jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g'ovlar paydo bo‘ladi. Milliy g‘oya mamlakatimizda erkin, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, milliy g‘oyani jamiyatimiz a'zolari ongiga singdirish, milliy g‘oya va “Harakatlar strategiyasi”da ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab berilgan qadriyatlar targ'ibotiga e'tibor qaratish, xalqimizning milliy o‘zligini anglab, mustaqillikni mustahkamlash ishiga kamarbasta bo‘lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, g‘oya, ya'ni maqsad ko‘p hollarda amaliyotdan ilgari yuradi. Avval muayyan g‘oya jamiyat a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so‘ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy faoliyat boshlanadi. Shu jihatdan ham milliy g‘oya o‘zligimizni anglab ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlikni ta'minlashimiz yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlangan quyidagi fikr mazkur yo‘nalishdagi faoliyat uchun asosiy mezondir: “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”. Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir. Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umuMilliy g‘oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Milliy g‘oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalarni singdirib kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir. O‘rta asrlarda vujudga kelgan g‘oyalar o‘sha davr madaniyatining bir qismi bo‘lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga katta ta'sir ko‘rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g‘oyalar Qur'oni Karim va hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o‘z ifodasini topgan. Bunday g‘oyalarni anglashda Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan olinadigan “Sahihi Buxoriy” asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy g‘oyalari sharhi o‘z ifodasini topgan. Ushbu ta'limotni o‘rganish va uning turlicha talqin qilinishi ko‘plab mazhablarni vujudga keltirdi. Islom falsafasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy g‘oyalari o‘sha davr ma'naviyatining dunyoviy hamda diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor kuch ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu sohadagi asosiy g‘oyalarga ko‘ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, iymon-e'tiqod, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur yo‘nalishdagi g‘oyalar talqinida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o‘z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik, boriga qanoat qilmaslik kabi illatlari ayovsiz ochib tashlanib, ulardan uzoqlashishga da'vat qilinadi. Vatanparvarlik jasoratini ibrat tariqasida ko‘rsatgan Najmiddin Kubro o‘z tariqatining mohiyatini o‘nta usulda mujassamlagan. Bular - Tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo - har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul - Allohga e'tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, tavajjuh - Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr - nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba - tafakkurga g'arq bo‘lish, rizo - Tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, ezgu g‘oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai mehnat orqali kun kechirish ekanini targ'ib etishdir. Bahouddin Naqshband ta'limotining mohiyati “Dil ba yoru dast ba kor” g‘oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Allohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog'i kerak. Uning ta'kidlashicha, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, bu esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy kuvvatdan bahramand qiladi. Abu Nasr Forobiy inson aql vositasida ilm-fanni yaratadi, deydi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi, har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxtsaodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g'risidagi ilg'or g‘oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy g‘oyalari asosida shakllandi. Beruniy “Oddiy javharlar paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishni bilmaydi”, degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda abadiylik birinchi sabab bilan bog'liq, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Yana bir alloma Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida ilm va axloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g'risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uningcha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Insoniyat tarixida shunday g‘oyalar borki, ular buyuk ishlarga tayyor millatlarni o‘zining yo‘lboshchilari etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan natijalarga erishishga undaydi. Aynan bunday goyalarning amaliy ifodasi insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi. Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris, Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur Mirzo kabi atoqli farzandlari bunyodkor g‘oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar davridagi ana shunday yuksak g‘oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Amir Temurning “Kuch - adolatda” g‘oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda asosiy o‘rin egalladi. Shu davrning mevasi - Alisher Navoiy ijodiy merosida in-sonparvarlik va komil inson g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. Shoir o‘z asarlari orqali ushbu g‘oyalarni yoydi, turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan xoli bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik kabi umuminsoniy g‘oyalari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g'risidagi qimmatli fikrlari respublikamiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz o‘tmishida temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar rivoji alohida o‘ringa ega. Ma'lumki, temuriylar davlati astasekin inqirozga yuz tutib, mayda davlat-larga bo‘linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib keldi. Bu iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnaqiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro‘y berdi. Shunga qaramasdan, davr mohiyatini aks ettiradigan teran fikr va g‘oyalar vujudga keldi. Masalan, Boborahim Mashrab insof, adolat, diyonat, saxovat, aql-zakovat, ruhiy komillik, halol-lik, mehr-oqibat, kamtarlik kabi ma'naviy-axlokiy fazilatlarni tahlil qilib, salbiy illatlarni qoraladi. Uningcha, inson o‘z millati boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan afzal bo‘la oladi. Shoir o‘z ijodida Allohga muhabbat g‘oyasini tasvirlaydi. U tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to‘g'rilikka chaqiradi. Inson hirsu ochko‘zlik, hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan poklanish uchun o‘z asli - ilohiy ishqqa yuz tutishi lozim. Aks holda, u insoniyligini yo‘qotib, tubanlashib ketishi muqarrar. Ogahiy o‘z ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o‘z asarlarida mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor bilimdon, aqlli bo‘lib, xalqning manfaatini himoya qilishi, o‘z atrofidagilar bilan kengashib, davlatni idora qilishi lozim. A.Donishning g‘oyalari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari - Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida ma'rifatparvarlik g‘oyalari yanada kuchaydi. Ular yangi maktablar qurish, yosh avlodni ilmli kilishga, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardir. Ularning asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish, butun o‘lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g‘oyalari ilgari surilgan. Shuningdek, xalqni asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaram-ligidan xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilib, jaxon fani hamda texnikasi yutukdarini o‘rganish kabi g‘oyalar ham jadidlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biri edi. Ularning millatparvarlik va vatanparvarlik ruxi bilan sug'o-rilgan g‘oyalari hozir ham ma'naviyat hamda ma'rifatni ravnaq toptirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.
Kafedra mudiri: M.M.Bafayev
Do'stlaringiz bilan baham: |