1. Etalon haqida tushuncha



Download 23,28 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2022
Hajmi23,28 Kb.
#877969
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Etalon haqida tushuncha


Toshkent Arxetaktura va qurulish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti 14-17 guruh talabasi To’rayev Mirzobekning tayyorlagan
mustaqil ishi
Mavzu:Etalonlar davlat, nusxa va ishchi etalonlar haqida tushuncha
Toshkent 2021
Mavzu:Etalonlar davlat, nusxa va ishchi etalonlar haqida tushuncha
Reja:
1.Etalon haqida tushuncha
2. Etalonlarning metrologik tasniflanishi
3. Etalonlarni qonuniy tasniflanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Etalon haqida tushuncha

Кattalik birligini qayta tiklash va saqlash uchun mo’ljallangan o’ta yuqori (metrologik) aniqlikdagi maxsus o’lchash vositalari etalon deb ataladi va birlik o’lchamini uzatishda metrologik zanjirning oliy zvenosi hisoblanadi. Etalon (o’lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) - kattalikning o’lchamini qiyoslash sxemasi bo’yicha quyi vositalarg uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo’ljallangan va belgilangan tartibda etalon


sifatida tasdiqlangan o’lchash vositasi yoki o’lchash vositalarining majmui.
Etalonning konstruksiyasi, uning xususiyatlari va birlikni qayta tiklash usuli mazkur kattalikning mohiyati va mazkur o’lchashlar sohasida o’lchash texnikasining rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi. Etalon bir-biri bilan chambarchas bog’langan kamida uchta (M.F. Malikov tomonidan ta’riflagan) o’zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiriluvchanlik belgilariga (alomatlariga)
ega bo’lishi lozim.
Etalonning o’zgarmasligi deganda, u orqali qayta tiklangan birlik o’lchamini chegaralanmagan vaqt oralig’i mobaynida o’zgarmasdan saqlangan xususiyati tushuniladi. Har xil tashqi ta’sirlardan (xarorat, bosim, gravitasion va boshqa
maydonlar va h.k.) yoki etalonni ichki tuzilmasidan sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlar, kattalikni kerakli aniqlik bilan o’lchash uchun aniq funksiyada bo’lishligini ta’minlash zarur. O’zgarmaslikka qo’yiladigan talab etalonni konstruksiyasini tanlashga, strukturasiga (tuzilmasiga), alohida elementlarining
materialiga, tayyorlash texnologiyasiga, saqlash va ishlatilishiga muayyan shartlarni yuklaydi. Etalonni o’zgarmasligini ta’minlash zarurati o’z vaqtida birlikni qayta tiklashni tabiiylik prinsipini qo’llashga olib keldi yoki o’lchash
birligi sifatida “o’zgarmas birliklar” ni tanlashga to’g’ri keladi. Bundan ikki yuz yillar avval “o’lchovlarning metrik tizimi” tuzilib, ta’sis etilgan. Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Кonvensiyasi nomini olgan. Кonvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida O’lchovlar va tarozilar
xalqaro byurosini ham ta’sis etdi. Metrik tizimning joriy etilishi bilan kattaliklarning birliklari orasida muayyan qonuniyat asosida o’zaro bog’liqlik borligi aniqlangan. Masalan, uzunlikning “o’zgarmas birligi” sifatida er meridianining qirq milliondan bir ulushi tanlangan. O’lchovlar va tarozilar XVII bosh konferensiyasining - O’TBК (1983 y) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi metrni yangi ta’rifi qabul qilingan (1-jadvalga qaralsin). Bu ta’rifga, shuningdek qiymati 8,8418817.10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik
doimiyligi 0 ham kiradi. Bunga yaqqol misol qilib, uzunlik birligini yangi ta’rifini keltirish mumkin, bunda fundamental fizikaviy doymiylik (fizikaviy
konstanta) - vakuumdagi yorug’lik tezligi ishlatiladi, va bu ta’rif bo’yicha tekis elektromagnit to’lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati S0- 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan. Qaytariluvchanlik deganda birlikni etalon yordamida o’lchash texnikasining rivojlanishi darajasida eng kichik xatolik bilan nazariy imkoniyatda materiallashtirilishi tushuniladi. Etalonni qaytariluvchanligi uni tayyorlash jarayonida xatoliklarini cheklash bilan, etalonni tayyorlashda yo’l qo’yilgan xatoliklarini uni ekspluatasiya jarayonida va tuzatma kiritishda kelib
chiqadigan xatoliklarini aniqlash maqsadida uning xususiyatlarini har tomonlama o’rganish bilan ta’minlanadi. Etalonning solishtiriluvchanligi deganda - etalonni boshqa o’lchash vositalari bilan solishtirish jarayonini yuqori aniqlikda
ta’minlash imkoniyati tushuniladi. Bu xususiyat etalonning tuzilishi va ishlashi solishtirish natijalariga hech qanday chetlanish kiritmasligini ta’kidlaydi.
Solishtirish jarayonida etalonning xususiyatlari o’zgarishlarga bardoshli bo’lishi kerak va etalonlarni o’zi u bilan solishtiriladigan o’lchash vositasining parametrlariga ta’sir etmasligi kerak. Sanab o’tilgan talablarni bajarish uchun etalonli qurilmalarda birlikni qayta tiklash, qoida bo’yicha, har xil davlatlar orasida
kelishilgan alohida qattiq reglamentlangan maxsus (spesifik) yo’l bilan o’tkaziladi.



Download 23,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish