Peroksisomalar. Hujayradan ultratsenrifuglash orqali ajratib olingan, tarkibi katalaza va peroksidaza fermenlariga boy bo‘lgan “mikrotanachalar” peroksisomalar deb ataladi. Peroksisomalar membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, mitoxondriyalardan maydaroq bo‘ladi va kristlari bo‘lmaydi.
Peroksisomalardagi fermentlar tarkibi turlichadir. Barg hujayralarida bo‘ladigan peroksisomalar fotonafas olish fermentlari tutadi. Yog‘larga boy urug‘larning hujayralaridagi peroksisomalarning bir xili - glioksisomalar urug‘lar unayotgan vaqtida yog‘ kislotalaridan uglevodlar hosil qilishda ishtirok etadi. Bu jarayonda mitoxondriyalar va sitoplazma ham qatnashadi.
De Dyuv fikricha, barcha eukariotlar peroksisomalari umumiy kelib chiqishga ega. Uning tasavvuricha, barcha peroksisomalar metobolizmiga ko‘ra turli- tuman funksiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ba’zi jihatlardan mitoxondriyalarga o‘xshab ketadigan oksidlovchi zarrachalardan kelib chiqqan. Ba’zi olimlarning fikricha, perroksisomalar endoplazmatik to‘r membranasi sathida shakllanib, undan ajrab chiqadi. Mitoxondriyalar paydo bo‘lishi bilan peroksisomalarning hujayradagi funksiyasi cheklanib borgan.
Sferosomalar. Diametri 0,5 - 1mkm keladigan sharsimon organoid.
Optik mikroskopda ko‘rish mumkin bo‘lgan bu organoidni 1880 yilda Genshteyn ochib, unga “mikrosoma” deb nom beragan. Lekin keyingi vaqtda mikrosoma deb ataladigan hujayraning boshqa fermentlari aniqlanganligi sababli, Genshteyn mikrosomalarning shakliga qarab sferosoma (sfera-“shar”- “tanacha”) deb atagan.
Sferosomalar endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi. Bunda endoplazmatik to‘r kanachalari uchidan kichkina sharchalar uzilib chiqib, tez o‘sa boshlaydi va diametri 1000-1500 A ga yetadi. Shu sharchalar prosferosomalar deb atalgan. Prosferosomalarni o‘ragan membranalarning membranaga xos uch qatlamlik strukturasi yo‘qoladi, endoplazmatik to‘r membranasining ikkita tashqi to‘q osmiofil qatlamlari oraliqiga lipidlar to‘planib boradi. Sferasoma yog‘ga to‘lib, o‘zining diametrini kattalashtiradi va undan hosil bo‘lgan yog‘ tomchilari tashqi tomondan membrana bilan emas, balki endoplazmatik to‘r membranasining tashqi osmiofil qatlami bilan o‘ralib qoladi.
Sferosomalarda uchraydigan asosiy ferment lipazadir. Sferosomalar matriksida nordon fosfataza, esteraza, poteaza, RNK aza, DNK azalarning bo‘lishi, ularni lizosomalarga o‘xshatib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |