O’tish jarayonidagi parametrlarni aniqlash uchun Park – Gorev tenglamasi. Bu hollarda quyidagi ta’sirlardan voz kechiladi:
1) Stator tokining aperiodik tashkil etuvchisidan;
2) Stator tokining aperiodik tashkil etuvchisi bilan bog’liq bo’lgan rotorning periodik toklaridan;
3) Stator zanjiridagi aktiv qarshilikdan.
ω=ω0=1 da nisbiy birliklar sistemasida Park-Gorev tenglamasi sinxron mashina uchun quyidagicha ko’rinishga ega;
Ud=- ψq ; Uq= ψd ;
YUqoridagilardan quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin, ya’ni beriladigan quvvat aylanuvchi momentga son jihatdan teng, shuning uchun simmetrik yoki simmetrik holatga keltirilgan rejimlar uchun:
Rotor xarakteriga nisbattan tenglama :
Bu hisoblash tenlamalari asosida odatda barqarorlikning loyihalar va eksplutatsion hisoblashlarni Longley yoki Lebedev-Jdanov tenglamalari deb ham atashadi.
Transformatorning va elektrodvigatelning ishlash prinsiplari va ularning turlari. Тransformatorlarning vazifasi Тransformator elektrdan foydalanishda asosiy uskuna hisoblanadi. U past kuchlanishdagi elektrni yuqori kuchlanishga yoki yuqori kuchlanishdagi elektrni past kuchlanishga aylantirib beradi. Тransformator qo‘zg‘almas tuzilma hisoblanadi. Iste’molchilar elektr manbayidan uzoq bo‘lganligi tufayli, elektr stansiyada ishlab chiqilgan elektr energiyani ularga yetkazib berishi kerak. Bu vazifani transformatorlar va elektr uzatish liniyalari bajaradi. Elektr energiyani ming kilometrgacha uzatishga to‘g‘ri keladi. Generatorlar 10 ming va undan oshiq kuchlanishda soatiga milliongacha kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarsa, ming kilometrgacha uzatish uchun transformator uni 10 kVdan 500 kV gacha aylantirib beradi va uzatish liniyalari bu kuchlanishda elektr energiyani uzoq masofalarga yetkazib beradi. Iste’molchilar joylashgan yerda bu kuchlanishni yana 10 kV li kuchlanishga aylantirish vazifasini transformator bajaradi. Agarda generatorlar ishlab chiqargan elektr energiyani 10 kV da uzatilganda, u holda simlarning qalinligi kamida o‘n santimetrgacha bo‘lishi kerak. Bu simlarni ko‘tarib turish uchun juda kuchli qurilmalar va ko‘p miqdorda mis yoki alumin simlar kerak bo‘lar edi. Тransformatorlar kuchlanishni 35; 110; 220; 330; 500; 750 kilovoltlarga aylantirib berishi mumkin. Elektr energiyadan foydalanadigan joylarda transformatorlar yordamida kuchlanishlarni 220 va 380 V ga aylantiriladi. Тransformatorlar hamma sohalarda ishlatiladi. Ularning juda ko‘p turlari bor.