MAVZU: Kopensatsiyalash usulida elektrokimyoviy zanjirlarning elektr yurituvchi kuchini o`lchash.
REJA:
I Nazariy qism.
1. Elektrod potensialining paydo bo`lishi.
2. Nernst tenglamasi.
Galvank elementlar.
II Amaliy qism.
4. EYUK ni o`lchashning kompensasiyalash usuli
III. Foydalanilgan adabiyotlar
Nazariy qism.
Elektr yurituvchi kuch haqida umumiy ma’lumot
Elektrokimyo aslida L. Galvanining qurbaqa ustida о‘tkazgan tajribalaridan boshlangan: mis va temir metallari elektrodlar vazifasini bajarib, galvanik elementni xosil qilgan. Shu sababli, elektrofiziologiya va elektrokimyoning asoschisi bо‘lgan Galvanining nomi bilan kо‘p ilmiy atamalar nomlangan: galvanik element, galvanometr, galvanoplastika, galvanostegiya, galvanik tok va boshqalar. A. Volta 1799 yilda elektr energiyaning birinchi kimyoviy manbaini yaratdi: turli metallar tutashgan chegarada potensiallar farqi paydo bо‘ladi, buni volta–potensial deyiladi (Voltaning kontakt nazariyasi fanda uzoq vaqt xukm surgan). 1889 yilda V.Nernst galvanik element elektr yurituvchi kuchi (EYUK) ning “osmotik” nazariyasini yaratgan. Nernst nazariyasi Voltaning kontakt nazariyasini butunlay inkor etib, elektrod–eritma chegarasida potensiallar sakrashi (galvani potensial) paydo bо‘lishining yagona sababi qо‘sh elektr qavatining xosil bо‘lishidir, deb tushuntirgan. Agar elektrod potensialining paydo bо‘lishiga faqatgina elektrod–elektrolit chegarasidagi qо‘sh elektr qavat sababchi bо‘lganda, ayrim metallarning standart solishtirish elektrodiga nisbatan о‘lchangan “nol zaryadli potensiali” nolga teng bо‘lishi kerak edi (“metallarning nol nuqtasi” deb ham ataladi). Frumkinning XX–asrning 30–yillaridagi izlanishlariga kо‘ra, nol zaryadga ega bо‘lgan metallarning potensiallari ham nolga teng emas ekan. Demak, elektrod bilan elektrolit chegarasida umuman qо‘sh elektr qavat paydo bо‘lmagan taqdirda ham elektrodning potensiali noldan farq qilishi Nernst nazariyasining notо‘g‘ri ekanligini kо‘rsatdi.
Metallar fizikasining rivojlanishi natijasida turli metallar tutashtirilganda potensiallar farqi paydo bо‘lishi kо‘rsatildi. Kvant nazariyasiga binoan, potensiallar farqiga metalldagi ozod elektronlar energiyalarining Fermi sathlari turlicha bо‘lganligi sabab bо‘ladi va metallar tutashtirilganda Fermi sathlari tenglashguncha elektronlar bir metalldan ikkinchisiga oqib о‘tadi.
Xozirgi zamon tushunchasiga binoan, elektrodning potensiali ikki metall chegarasidagi volta–potensial va elektrod–eritma chegarasida qо‘sh elektr hosil bо‘lishi bilan belgilanuvchi galvani–potensiallarining yig‘indisiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |