Diffuzion potensial
Ikki elektrolit eritmalarining chegara sirtida ionlarning turli harakatchanligi tufayli diffuzion potensial xosil bо‘ladi. Masalan, AgNO3 ning bir–biri bilan tutashtirilgan 0,1 n va 1 n eritmasini kо‘zdan kechiramiz. Diffuziya qonuniga binoan Ag+ va ionlari yuqori konsentratsiyali eritmadan kam konsentratsiyali eritma tomon harakatlanadi. anionlarning harakatchanligi Ag+ kationiga nisbatan yuqori bо‘lganligi sababli ionlarining konsentratsiyasi kam konsentratsiyali eritmada ortib ketadi. Natijada turli konsentratsiyali eritmalarning chegarasida manfiy va musbat zaryadlangan sohalar paydo bо‘ladi. Ushbu elektr qavatining xosil bо‘lishi eritmalarning chegarasida potensiallar farqini vujudga keltiradi. Mana shu potensiallar farqi diffuzion potensial deb ataladi. Diffuzion potensial faqat turli konsentratsiyali eritmalar chegarasidagina emas, balki har qanday ikki elektrolit eritmasi chegarasida ham xosil bо‘ladi. Diffuzion potensialning miqdori aktivliklarning yoki eritmalar konsentratsiyasining о‘zaro nisbatiga va ionlarning tashish sonlari ayirmasiga proporsionaldir. Diffuzion potensialning ishorasi tashish sonlarining miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Amaliyotda diffuzion potensial aniq natijalar olishga xalaqit beradi. Shuning uchun diffuzion potensialni yо‘qotishga harakat qilinadi va diffuzion potensiallar ayirmasini hosil qiluvchi eritmalar tuz kо‘prigi orqali tutashtiriladi. Tuz kо‘prigi sifatida ionlarning harakatchanligi bir xil bо‘lgan tuzlardan foydalaniladi. Odatda KCl, KNO3, NH4NH3 eritmalari ishlatiladi. Ikki eritma tuz kо‘prigi orqali tutashtirilganda elektr tokini asosan shu tuz kо‘prigining ionlari о‘tkazadi.
II.4. Oksidlanish–qaytarilish potensiali
Bir metallning har xil valentlikdagi tuzlari eritmasining aralashmasiga (masalan, FeCl3 va FeCl2) platina kabi betaraf metallar tushirilsa, oksidlanish–qaytarilish potensiali (redoksi) xosil bо‘ladi, bunday elektrodlar oksidlanish–qaytarilish elektrodlari deyiladi. Bir elektrod boshqa elektrod bilan tutashtirilsa, eritmada oksidlanish yoki qaytarilish jarayoni boradi:
yoki
Agar reaksiya chapdan о‘ngga tomon ketsa, reaksiyaning borishi uchun elektron kerak bо‘ladi, aksincha, reaksiya о‘ngdan chapga ketsa, elektron ajralib chiqadi. Agar reaksiya borishi uchun elektron talab qilinsa, uni eritmaga tushirilgan platina yetkazib beradi. Natijada platinaning о‘zi musbat zaryadlanadi. Musbat zaryadlangan platina eritmadagi manfiy ionlarni tortadi. Natijada qо‘sh elektr qavati hosil bо‘lib, potensiallar farqi vujudga keladi. Aksincha, elektrokimyoviy jarayonda elektron ajralib chiqsa, platina manfiy zaryadlanadi va eritmadan musbat ionlarni tortib, qо‘sh elektr qavatini hosil qiladi.
Demak, oksidlanish–qaytarilish potensiali elektrod bilan eritma chegarasida elektroddan oksidlovchiga (Fe3+) yoki eritmadagi qaytaruvchidan (Fe2+) elektrodga elektron о‘tishi natijasida hosil bо‘ladi. Bunda moddaning oksidlangan va qaytarilgan kо‘rinishlari eritmada bо‘ladi, elektrod esa faqat elektronlar manbai vazifasini bajaradi. Oksidlanish–qaytarilish elektrodlarining boshqa elektrodlardan farqi shundaki, bunda elektrod potensial vujudga kelishi uchun tushirilgan metall ioni jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Oksidlanish–qaytarilish potensialining qiymati elektroddan olingan yoki unga berilgan elektronlarning soniga bog‘liq. Bu esa, о‘z navbatida, oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar aktivliklarining nisbatiga proporsionaldir. Bu potensial, yuqorida kо‘rsatib о‘tilgandek, oksidlovchining oksidlanish qobliyatini kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |