1. ekstremizm mutaassiblik va terrorizmning mazmun-mohiyati davlat va din. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati


Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash tajribasi



Download 74,18 Kb.
bet8/9
Sana24.06.2022
Hajmi74,18 Kb.
#699336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbos

Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash tajribasi. Din niqobidagi ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qit’alarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzda bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikada joylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo‘lgan Misr Arab Respublikasi uchun ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970–1980­yillarda bunday jarayon Tunisni ham qamrab oldi. Mazkur min taqada joylashgan yana bir arab davlati – Jazoirdagi diniy­eks tremistik tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab begunoh insonlar halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal oqimlar Sudanda ichki ijtimoiy­siyosiy barqarorlikning mutlaqo izdan chiqishiga, Darfur mintaqasini dunyoning eng fojiali nuqtala ridan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli­tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy­mafkuraviy sabablarga ko‘ra, Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko‘rmoqda.
Ayniqsa, Suriya davlatining iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi.
Mamlakatning o‘nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshootlar poydevorigacha yo‘q qilingan, neft­gaz qazib chiqaruvchi quvvatlarning ko‘p qismi «IShID» jangarilari qo‘lida qolmoqda. Shu sababli, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qolgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 milliard AQSH dollari lozim bo‘ladi. Shundan keyingina 9 yil ichida davlat 2010­yilgi darajaga chiqishi mumkin. Suriyaning sobiq Bosh vaziri va hozirda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Komissiyasi ijroiya kotibining o‘rinbosari bo‘lgan Abdulloh al­Dardoriy aytishicha, 2010­yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so‘ng yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan.
Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining o‘zi 90% vayron qilingan. Turar­joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan.
Ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i janubi­sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatar ning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Filippinning ayrim hududlarida o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim­qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar tinch­totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo‘poruvchilik salohiyati o‘zini ko‘rsatmoqda.
Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi kuchli omil bo‘lib kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqalar va millatlarni qamrab olishi natijasida islom bugungi kunda o‘z rivojlanishida katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama­qarshiliklar oqibatida jangari millatchilik va ekstremizmga asoslangan siyosiy kuchlar va ittifoqlar paydo bo‘lmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib borishda kompleks va tizimli, shu jumladan, ijtimoiy­iqtisodiy va maf kuraviy chora­tadbirlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora­tadbirlarni qo‘llash katta vaqt, tegishli reja va yirik mablag‘lar talab qiladi.
Ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta ahamiyatga ega. Xususan, o‘z hududida diniy ekstremistlar va terrorchilar faoliyatiga yo‘l ochib bermaslik, ularga yordam ko‘rsatmaslik va siyosiy boshpana bermaslik hayotiy­amaliy ahamiyatga ega.
Arab­musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi birinchi bo‘lib terrorizm muammosiga 1940­yillarda, «Musulmon birodarlar»ning o‘z faoliyatida ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka – davlat, politsiya va armiyaning ko‘zga ko‘ringan arboblarini jismonan yo‘q qilish yo‘liga o‘tishi natijasida duch keldi. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir necha o‘n yillik tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bilan qarash, ularni pinhona rag‘batlantirish ekstremistik harakatlarning yanada faollashuviga, yangilarining paydo bo‘lishiga imkon yaratishini ko‘rsatadi.
Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi umuman olganda, har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlaridan qat’i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik ko‘rsatish usullarini o‘z ichiga oladi.
Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo‘ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy­iqtisodiy va madaniy­ma’rifiy chora­tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dasturlarni kiritish mumkin. Bevosita qarshilik ko‘rsatish o‘z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ko‘riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qi lish, ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. Shu o‘rinda, masalan, Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo‘llab­quvvatlovchilarga nisbatan qattiq ma’muriy­jinoiy choralarni qo‘llashini ham qayd etish lozim.
1990­yillarda zo‘rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa Misr hukumatini «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonun kabi bir qator yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus qonunning qabul qilinishi xavfsizlik idoralariga ko‘proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning samaradorligini ta’minlash bilan bog‘liq edi.
Musulmon mamlakatlari ekstremizm va zo‘ravonlik muammolarini ilmiy va keng qamrovda yechish bo‘yicha ama liy ishlarni tashkil etmoqda. Jumladan, ilmiy­tekshirish institutlari va strategik markazlarda bu muammoning ilmiy­tizimli tahliliga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatda muayyan o‘ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. Masalan, Indoneziyada ekstremizmga qarshi olib borilayotgan kurashda eks tremistlarning yirik vakillari, jumladan, qamoqda bo‘lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan «islom maktabla ri»ni yopish choralari ko‘rilayotgani bunga misol bo‘la oladi. Shu ningdek, 2002­yil da Bali orolida sodir etilgan va 200 dan ortiq kishining umrini xazon qilgan portlashlarning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra tomonidan yozilgan va jangarilik g‘o yalariga boy bo‘lgan kitoblarni bosish va tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur.
Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning eks tremizmga qarshi birgalikda olib borayotgan ishlarining bir qismi sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, Indone ziyada «Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon ulamo larining faol ishtirokida mafkuraga tayanib ish olib borish – ekstremizm ga qarshi kurashning ikki fronti» sifatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal qarashlarga qarshi kurash bo‘yicha yetakchi musulmon ulamolari ishtiroki da guruh shakllantirilgani ham bu yo‘lda amaliy ishlarga o‘tilganining isboti bo‘la oladi.
Ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kela yotgan musulmon mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko‘tarish bilan dunyo jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal kayfiyatdagi mutaassiblar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, arab davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish va terrorizm muammosini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari majlislarining dolzarb mavzusiga aylantirish yo‘lidagi harakatlar ham shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qismi hisoblanadi.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik va sobitlikni talab etadi.
Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashmagan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.
XX asrda yuzaga kelgan diniy-siyosiy tashkilotlar va ularning ta’sirida shakllangan destruktiv oqimlar. Zamonaviy voqelik eks tremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati sifat va miqdor jihatidan jiddiy o‘sganini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida ekstremizm va terrorizmning global xavfsizlikka yo‘naltirilgan jiddiy tahdidga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ekstre mistik va terrorchi guruhlar globallashuv jarayonlari va yirik davlatlar orasidagi geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvidan hamda fan­texnika yutuqlaridan foydalangan holda ekstremizm va terrorizmga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borilayotgan muhitga moslashishga harakat qilmoqda. Ekstremizm va terro rizmning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri xalqaro terrorchilik tizimida yetakchi o‘rinlarni egallab turgan quyidagi diniy­siyosiy tashkilotlarning mohiyati tahlil qilinganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi guruhlar. Hozirgi kunda diniy­ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g‘oya hamda tamoyillari mazmun­mohiyatini bir yoqlama, taassubga berilib noto‘g‘ri izohlashga va odamlarni hidoyat yo‘lidan adashtirishga urinmoqda. Bunday holat, ayniqsa, bugungi kunda butun dunyoga tahdid solayotgan «Iroq va Shom islom davlati», «Jabhatu fathi biladish­Shom» kabi bir qator terrorchi guruhlar misolida o‘z aksini topmoqda.
Iroq va Shom islom davlati. «Iroq va Shom islom davlati» tashkil topishida «al­Qoida» tashkiloti muhim o‘rin tutgan. Dastlab, 2004­yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mushab Zarqoviy Iroqda «Tavhid va jihod harakati»ni tuzadi va «al­Qoida»ning Iroqdagi bo‘limi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Keyinchalik unga «Jaysh al­fotihin», «Jaysh as­sahoba» kabi bir qator terrorchi guruhlar qo‘shilishi natijasida Zarqoviy 2006­yilda Abdulloh Rashid Bag‘dodiy boshliq «Mujohidlar maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasida Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006­yil 15­oktyabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida Iroq da tashkil topadi va unga Abu Umar Bag‘dodiy ismli shaxs rahbarlik qiladi.
2010­yil 19­aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Abdullo Ibrohim as­Samariy (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Avvad al­Badriy al­Husayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayotgan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qo‘shilgandan so‘ng, 2013­yil aprel oyida tashkilot «Iroq va Shom islom davlati» (IShID) deb nomlandi. «Al­Qoida» tashkiloti «IShID»ning Suriyadagi mojarolarga aralashganidan so‘ng, 2014­yil fevral oyida mazkur tashkilotning «al­Qoida»ga aloqasi yo‘q deb bayonot berdi. BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfli hisoblangan «al­Qoida» faolligining kamayishi undan da kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va Shom islom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
2014­yil 29­iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag‘dodiy xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom davlati» deb nomladi.
Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichma­bosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof etadi.
Hozirgi kunda «IShID» tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladigan qonunlar joriy qilinmoqda. «IShID» aqidasiga ko‘ra, dunyoviy­ma’rifiy yo‘lni tutgan musulmon davlatlar tuzum shakllarini kufr deb e’lon qilgan. Ushbu qarashlarning barchasi islom dini ning haqiqatini bilmaslik, uning matnlarini zohiran, yuzaki tu shunish, mazmun­mohiyatini chuqur anglamasdan hukm chiqa rish va o‘z yo‘nalishiga moslab sharhlashga asoslanadi. Jumladan, ular e’lon qilgan «shirk ko‘rinishlarini, unga olib boruvchi vositalarni yo‘q qilish» g‘oyasi hozirda musulmon olamida shirk mavjud degan qarash bo‘lib, maqbaralarni buzish, qadimiy yodgorliklarni tashkil etuvchi haykallar, arxeologik topilmalarni yo‘q qilishga qaratiladi.
Shuning bilan birga, xristian dini vakillarini «zimmiy» hukmida hisoblab, ulardan «jizya» solig‘ini majburlab undirish, ularga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanmaslik kabi taqiqlar ham belgilab qo‘yilgan. Diniy toqatsizlik, ayollar va bolalar huquqlarining poymol etilishi, taraqqiyot yutuqlaridan yuz o‘girish, oddiy insonlar hayotiga tajovuz qilish avjiga chiqmoqda. Hattoki, musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga shafqatsiz jazo metodlari qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, «IShID» maxsus kiyimini kiyish vojib, kiymaganga darra uriladi.
ir so‘z bilan aytganda, mazkur hududda aholi shariat talablariga bo‘ysunishga majbur qilinmoqda. Sud tizimi bekor qilinib, «qozilik» joriy etilgan. Dunyoviy tashkilotlar, madaniyat maskanlarining faoliyati umuman to‘xtatilgan. Shu sababli, «IShID»ning botil aqidalari butun dunyodagi musulmon ulamolari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan.
Mazkur tashkilot o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, Internet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Masalan, so‘nggi yillarda Internet tizimi orqali tarqatilgan shunday fatvolardan biri, «Nikoh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, Suriyada o‘zlaricha «jihod qilyapmiz» deb iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanishga, ularning jinsiy ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlatlardan ayollar va qizlarning Suriyaga hijrat qilishlari lozimligini ta’kidlaydi. Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihodchilarning lagerla rida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsatiladi. Hatto bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chiqishiga ham izn berilgan.
2014-yil noyabr oyida «IShID» rahbari Abu Bakr Bag‘dodiy ning bayonotiga ko‘ra, Saudiya, Misr, Yaman kabi davlatlardan tarafdorlar kelib ularga bay’at qilgani, shu sababli mazkur hududlarda o‘zlarining valiylarini tayinlagani aytib o‘tildi. Bu esa, «IShID»ning hozirgi kundagi faoliyat ko‘lami yanada kengayib borayotgani hamda global xatarga aylanayotganiga dalildir.
SkyNews ma’lumotiga ko‘ra, «IShID» Suriyadagi neft manbalarining uchdan ikki qismini va Iroqdagi neft manbalari ning 10 foizini nazorat qilmoqda. Birgina neft kontrabandasi ortidan bir kunda bir milliondan uch million AQSH dollarigacha daromad olayotgani taxmin qilinmoqda. Buning oldini olish uchun 2014­yil 28­iyul kuni BMT Xavfsizlik Kengashi «IShID»dan neft sotib olishni taqiqlovchi bayonot qabul qildi. Shuningdek, guruh tasarrufida Iroq va Suriya armiyasidan olingan bir qancha tanklar, qurollar, zirhli texnika va boshqa harbiy vositalar bor.
Shu bilan birga, ushbu guruh arxeologik yodgorliklarni pullash hisobiga 50 million dollar ishlab olgan. «The New York Times»ning yozishicha, «IShID» dunyodagi eng boy terror tashkiloti bo‘lib, uning boyligi taxminan 2 milliard dollar atrofida ekanligi aytiladi.
XULOSA
O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro­siyosiy yoki harbiy­siyosiy tashkilotlar ham kiradi. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy­huquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi tuzilmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ham imzolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999­yilning 4­iyunida imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma» O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatnashayotganidan dalolat beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001­yil 15­iyunda «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konvensiyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1­moddasida «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chiqadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli.
2002­yil 7­iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning aso siy huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shu ning uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan.
2004­yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida yagona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN) bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinishlari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mamlakatlariga ko‘maklashishi zarur.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va «ekstremizm» ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004­yil 1­yanvaridan boshlab, Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005­yilning o‘zida ko‘plab sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi olinganligi ma’lum.
Xususan, 2005­yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007–2009­yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bitim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida 2020­yilgacha bo‘lgan davrda savdo­iqtisodiy hamkorlikni ko‘zda tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ichki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘za ro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda.
Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1994­yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musulmonlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilishdan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

Download 74,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish