1. ekstremizm mutaassiblik va terrorizmning mazmun-mohiyati davlat va din. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati


EKSTREMIZM VA TERRORIZM – -JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAHDID



Download 74,18 Kb.
bet5/9
Sana24.06.2022
Hajmi74,18 Kb.
#699336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbos

EKSTREMIZM VA TERRORIZM – -JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAHDID
Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Hozirgi kunda islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlar ning ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy­iqtisodiy hayotiga, davlatlar aro va xalqaro munosabatlarga ta’sir etib kelmoqda. Siyosatchilar musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboliga ta’sir ko‘rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omilining kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kattaligi, ya’ni jo‘g‘rofiy­strategik imkoniyatlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor.
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musul mon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yicha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar – 49% (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), shofiiylar – 25% (Misr, Indoneziya, Suriya va h.k.), molikiylar – 17% (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va h.k.), hanbaliylar – 1,5% (Saudiya Arabistoni va h.k.). Shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida jahfariylik mazhabi o‘z mavqeyini ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O‘rta Osiyoda, xu susan, O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.
Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Osiyoda, 30 foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakat bo‘lsa, shundan 40 dan ortig‘ida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Jumladan, Indoneziyada 218 million, Pokistonda 183 million, Bangladeshda 154 million, Nigeriyada 120 million, Eron va Turkiyada 75 milliondan, Misrda 80 million, Marokashda 32 million, Jazoirda 38 milliondan, Saudiya Arabistonida 30 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlarning soni 250 milliondan ortgan. Bulardan tashqari, Ozarbayjon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Ingushetiya, Kabardin­Balqar kabi respublikalarida 30 million, Markaziy Osiyo davlatlarida 55 million musulmonlar tashkil etishini qayd etish lozim.
Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurslarning ulkan zaxiralariga ega. G‘arb dunyosining Yaqin va O‘rta Sharqdagi uglevodorod resurslariga bo‘lgan bog‘liqligi yaqin istiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari tabiiy resurslardan maksimal ravishda foydalanib, o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bir qator musulmon mamlakatlarida chet eldan yangi qurol­yarog‘ sotib olish hamda zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o‘zining harbiy kuch­qudratini oshirish, hatto ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terro rizm ana shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. Keng ko‘lam va xilma­xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu tahdidga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun dunyo uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo‘lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60­yillaridan boshlab, dunyodagi butun­butun mintaqalari turli­tuman terrorchilik tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan terrorchilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir­birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «Musulmon birodarlar», «al­Jihod al­Islomiy», «al­Jamaat al­Islomiya», «at­Takfir val­hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), «al­Qoida», «Boko haram», «Iroq va Shom islom davlati», «Jabhat an­nusra» kabilarni kiritish mumkin.
BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari «Arab bahori» natijasida ko‘rgan zarari 614 milliard AQSH dollari yoki hududning 6% yalpi ichki mahsulotiga teng bo‘ldi. Ushbu natijalar 2011–2015­yillar doirasida hisoblandi. Birgina Suriya davlatining o‘zi ko‘rgan iqtisodiy zarari 259 milliard AQSH dollariga teng bo‘ldi.
2000­yildan 2016­yilga qadar dunyoda 72 ming 135 ta terrorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularning 55% to‘rtta davlat – Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston hududida amalga oshirilgan. 169 ming 572 nafar odam terrorchilik harakatlari qurboniga aylandi. 260 ming 684 nafar odam jarohat oldi.
2015­yili dunyodagi 163 ta mamlakat ichida 92 ta davlat terrorchilik harakatlaridan zarar ko‘rdi. Ulardan Afg‘oniston, Suriya, Pokiston, Iroq, Nigeriya va Yaman davlatlari terrorchilik harakatlaridan eng katta zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi.
2015­yili terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan odamlar soni 29 ming 376 tani tashkil etdi. Ularning eng ko‘pi, ya’ni 11 ming 900 nafari Iroq, Nigeriya va Afg‘oniston davlatlariga to‘g‘ri keldi. Boshqa davlatlarda esa halok bo‘lgan odamlar soni 2014­yilga nisbatan 14% ga oshdi, ya’ni 17 ming 476 nafarni tashkil qildi.
Umuman olganda, o‘tgan asrning 90­yillarining boshlarida ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan din niqobidagi ekstremizm to‘lqini hamon musulmon dunyosida real xavf sifatida saqlanib qolmoqda.

Download 74,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish