28
1. Ekotizimga misollar keltiring
1. Ekotizim - ekologiyada asosiy o‘rin egallovchi birlik hisoblanadi, chunki unga tirik organizmlar ham, o‘lik tabiat ham kiradi. Ekotizim to‘g‘risidag‘i tasavvur ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu atama birinchi marta 1935-yilda ingliz ekolog-olimi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Har turga kiruvchi birgalikda yashovchi organizmlar va ularning yashash shart- sharoitlari ekologik tizim deb hisoblanadi. Yer kurrasida cho‘llar, o‘rmonlar, o‘tloqzor yoki suv havzalari ekotizimga misol bo‘la oladi.
Hovuzlarda tirik organizmlar (gidrobiontlar) bilan birgalikda suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, hovuz tubining turli xususiyatlari, suv yuzasiga tushayotgan Quyosh nuri va atmosfera havosi kabilar ekotizimning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ekotizim juda keng tushuncha bo‘lib, u tabiiy (o‘rmon, to‘qay,'cho‘l) hamda sun’iy majmualar (akvarium, paxtazor, issiqxona, kosmik kema)ga nisbatan ishlatiladi.
Ekotizimda moddalar aylanishi uchun uch guruhga kiruvchi organizmlar bo‘lishi zarur. Bular yashil o‘simliklar (produtsentlar), hayvonlar (konsumentlar) va mikroorganizmlar (redutsentlar)dir.
Shunday qilib, mikroblari bilan bir tomchi suv ham, o‘rmon ham, gul tuvak ham, fazo kemasi ham, oqova suvlarni tozalash inshooti ham ekotizimdir.
2. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taminlash muammolari
2. Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq keyingi paytda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.
3. Ozbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyatini baholang
3. O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
BAAning «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. Mazkur stansiya Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida joylashadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotga ko‘ra, loyiha quvvatining 1,5 GVtga oshirilishi kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan shamol elektr energiyasi miqdorini 3 GVtga yetkazish va muqobil energiya manbalarining mamlakat umumiy energiya balansidagi ulushini 26 foizga yetkazish maqsadlariga erishishga imkon beradi.
4. Tabiiy iqlim ozgarishlarini bilishning inson faoliyatiga tasiri
4. Olimlarning ma'lum qilishicha, Yer yuzida yashovchi insonlar tufayli sodir bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari ming yillar davomida ro‘y bergan tabiat hodisalarini ortda qoldiradi. Ular insonlarning iqlimga ta'sirini tasdiqlovchi raqamlarni keltirishadi. The Anthropocene Review jurnalida shu mavzudagi maqola taqdim etildi.
Olimlar odamlarning iqlimga ta'sirini o‘rganishga yordam beruvchi matematik tenglama ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, so‘nggi 7000 yilda global harorat har yuz yilda o‘rtacha 0,01 darajaga kamaygan. Biroq so‘nggi 45 yil ichida harorat o‘rtacha 1,7 darajaga ko‘tarilgan, bunga esa issiqxona gazlari chiqindilari sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, olimlar buni o‘tgan milliard yillar davomida Yer iqlimi sayyoraning astronomik va geofizik kuchlari, shuningdek ichki dinamikasiga bog‘liq bo‘lgani bilan izohlashadi. Bu omillarning Yerdagi iqlimga ta'sirini insonning faolligi bilan taqqoslanganda ancha past. Iqlimning inson omili natijasida o‘zgarishi uning tabiiy kuchlar ostida o‘zgarishidan 170 karra yuqori bo‘lib chiqdi.
O‘rmon yong‘inlari
Suv toshqinlari
Anomal issiq
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.
Issiqxona effektini hosil qiluvchi asosiy gaz bu – karbonat angidrid. U atmosferaga ham tabiiy, ham sun'iy yo‘l bilan qo‘shiladi. Metan, azot oksidi kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqarilib, bular bir butun issiqxona effekti darajasini belgilaydi.
Issiqxona effektini hosil qiluvchi gaz konsentratsiyalarining ortishi, sayyorada tabiiy issiqlik balansini buzadi va antropogen issiqxona effektini keltirib chiqaradi.
5. Orolboyi mintaqasi uchun birlashgan millatlar tashkilotining inson xavfsizligi boyicha kop tomonlama sheriklikni rivojlantirish yollari
5. 2018 yil 27 noyabrda O'zbekiston hukumati va BMT ko'p sheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi o'rtasida standart hamkorlik bitimi imzolangandi. Bitimga ko'ra, O'zbekiston 2019 yildan 2022 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga 6.5 million dollar miqdoridagi mablag'ni to’rt qismga bo’lib o'tkazib berishiga kelishib olingan.
BMT ko'p sheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi xabariga ko'ra, O'zbekiston hukumati kelishuvga binoan jamg'armaga 1.5 million dollar miqdoridagi pulni o'tkazib berib, to'lovning uchinchi qismini amalga oshirdi. Ushbu pullar Norvegiya, Finlyandiya, Yevropa Ittifoqi va Koreya Respublikasi hukumatlarining oldinroq ajratgan mablag'lari bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi hukumati jamg'armaning birinchi donori hisoblanadi va hozirda ham uning faoliyatini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. 2019 yildan hozirgi kunga qadar hukumat jamg'arma rivojlantirish dasturlari uchun 5 million dollar ajratgan.
2018 yil oxirida Birlashgan millatlar tashkiloti homiyligida tashkil etilgan ushbu jamg'arma Orol dengizi mintaqasida yashovchi insonlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, xalqaro maydonda mintaqaga bo'lgan e’tiborni kuchaytirish va BRMlarni amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlash uchun yaxlit bir platformani taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |