1. Ekologiya fani va uning rivojlanish tarixi Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Ekologiya fanining bo‘lim va tarmoqlari



Download 43,71 Kb.
bet3/7
Sana26.04.2022
Hajmi43,71 Kb.
#582881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu

Ekologiya fanining bo‘lim va tarmoqlari
Ekologiya ko‘p tarmoqli fan. Hozirgi kunda u o‘rganadigan sohalar ko‘payib, yangi-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda.
Ekologiya fani 4 asosiy bo‘limdan iborat. Ular – umumiy ekologiya, global ekologiya, regional ekologiya va evolyusion ekologiya.
Umumiy ekologiya o‘z navbatida quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: faktorial ekologiya (autekologiya), populyasion ekologiya (sinekologiya) va biogeotsenologiya.
1. Faktorial ekologiya organizmni o‘rab turgan muhit omillari (faktorlari)ning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi. Bu omillarga ekologik omillar deyiladi. Ular ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
abiotik omillar – bularga jonsiz tabiat omillari kiradi. Masalan, namlik, yorug‘lik, harorat, havo va havo to‘lqinlari, edafik, gidrofizik va gidrokimyoviy omillar; biotik omillar – bularga tirik tabiat omillari, ya’ni o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan organizmlar kiradi.
Abiotik omillar orasida organizmga tez va jiddiy ta’sir ko‘rsatadiganlari namlik, yorug‘lik va haroratdir. Organizmlar muhitning bu omillariga minglab yillik evolyusiya davomida moslashib olgan. SHuning uchun ham, masalan, tropikadagi organizmlar shimoliy kengliklarda yashay olmaydi va, aksincha. CHunki bu kengliklarda namlik, yorug‘lik va harorat bir-birdan keskin farq qiladi.
Omillar ichida ayniqsa namlikning ta’siri katta. Namlik uch xil ko‘rsatgichda bo‘ladi: mutloq namlik, eng yuqori namlik va nisbiy namlik. Mutloq namlik – bu 1m3 havo tarkibidagi o‘rtacha namlik. Eng yuqori namlik – bu 1m3 havoni to‘yintirish uchun sarflanadigan namlik hisoblanadi. Amalda ko‘proq nisbiy namlik tushunchasi qo‘llaniladi. Bu – mutloq namlikning eng yuqori namlikka nisbatan foiz hisobida olingan miqdoridir. Boshqacha aytganda nisbiy namlik havoning suv bug‘lari bilan to‘yinganlik darajasini belgilovchi foizli ko‘rsatkich hisoblanadi.
Tabiatdagi turli tirik organizmlarning suvga nisbatan ehtiyoji turlicha bo‘ladi, chunki ular turli namlik sharoitida yashashga moslashganlar. Bu jihatdan organizmlarni bir qancha ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, gidrofillar – faqat suvda yashaydilar; gigrofillar – namligi juda yuqori bo‘lgan quruqlik sharoitida yashaydilar; mezofillar – namligi mo‘‘tadil ya’ni o‘rtacha bo‘lgan sharoitni yoqtiradilar; ksyerofillar – namligi kam yoki juda kam bo‘lgan qurg‘oqchil sharoitda yashaydilar.
Organizmlarning yashashi, rivojlanishi va Yer yuzida tarqalishini belgilovchi omillardan biri haroratdir. CHunki organizmdagi modda almashinuv jarayoni undagi atom va molekulalarni harakatga keltiruvchi omil haroratdir. Turli organizm turlicha haroratli sharoitga moslashgan. Bu jihatdan organizmlarni ikkita ekologik guruhga bo‘lish mumkin: tyermofillar – issiqsevar organizmlar bo‘lib, bularga ko‘pchilik mikroorganizmlar, hasharotlar va ularning lichinkalari kiradi; kriofillar – sovuqqa chidamli bo‘lib, ular – 80 – 100 S da ham o‘zlarining aktiv faoliyatini davom ettiradilar. Bularga qutblarda va baland tog‘larda yashovchi baktyeriyalar, zamburug‘lar, mox va lishayniklar misol bo‘ladi. Tyermofillik va kriofillik orasida bir qancha oraliq shakllar ham mavjud.
Muhim ekologik omillardan yana biri yorug‘lik, ya’ni quyosh radiatsiyasi bo‘lib, bu omil barcha tirik mavjudotlar uchun yagona enyergiya manbai hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra quyosh sirtidagi harorat 50000S bo‘lib, undan har gektar maydonga yilida o‘rtacha 9 mlrd. kaloriya enyergiya etib keladi. Uning qariyb yarmi ko‘zga ko‘rinadigan (to‘lqin uzunligi 0,40-0,076 mkm) nur bo‘lib, qolgani ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil (50%), ultrabinafsha (1%) va radioaktiv nurlardir. Bu nurlar organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, to‘lqin uzunligi 0,25-0,30 mkm bo‘lgan ultrabinafsha nurlari organizmda «D» vitaminining hosil bo‘lishiga yordamlashadi, uning to‘lqin uzunligi 0,20-0,30 mkm bo‘lgan nurlari mikroorganizmlarni halok qiladi (jarrohlikda qo‘llaniladigan kvars lampalari shunga asoslangan), to‘lqin uzunligi 0,38-0,40 mkm bo‘lgan nurlari esa fotosintez jarayoniga qatnashadi.

Download 43,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish