3.1 – grafik. Iste’molchi tanlovi . Manba: Tietenberg, T., Lewis, L. (2012) Environmental & Natural Resource Economics 9th Edition. p. 21.
3.2 – grafik. Ishlab chiqaruvchi tanlovi . Manba : Tietenberg, T., Lewis, L. (2012) Environmental & Natural Resource Economics 9th Edition. p. 22.
2. Mulk huquqlari va samarali bozor taqsimotlari.
Ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar atrof - muhit resurslaridan foydalanishdagi usul mulk huquqlari o’sha resurslarni boshqarishga bog’liq. Iqtisodiyotda mulk huquqi resurslardan foydalanish uchun egasining huquqlari, imtiyozlar va cheklashlar belgilaydigan vakolatlar to’plami degan ma’noni anglatadi. Bunday vakolatlarni va ularning inson hatti – harakatlariga ta’sirini o’rganish orqali biz atrof – muhit muammolari hukumat va bozor taqsimotidan qanday o’sishini yaxshiroq tushunamiz.
Bu mulk huquqlari kapitalistik iqtisodiyotdagi kabi jismoniy shaxslar bilan yoki markaziy rejalashtirilgan sotsialistik iqtisodiyotdagidek davlat bilan ham qonunga asoslangan bo’lishi mumkin.
Keling, yaxshi funksiyalangan bozor iqtisodiyotida samarali taqsimotlar ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mulk huquqlari tizimini aniqlashdan boshlaymiz. Samara tuzilishida 3 asosiy xususiyat bor:
Berilishi –
Aylanishi – hamma mulk huquqlari bir egasidan ikkinchi egasiga ixtiyoriy o’tkaziladigan bo’lishi kerak.
Majburiy bajarilishi – mulk huquqlari boshqalar tomonidan tajovuzkorlik yoki majburiy olib qo’yishdan himoyalangan bo’lishi kerak.
Aniq mulk huquqiga ega resurs egasida ( bu 3 ta xususiyatlarni o’zida mujassam etgan) o’sha resurslarni samarali ishlatishga kuchli istak bo’ladi, chunki o’sha resurslar qiymatidagi pasayish shaxsiy zararni ifodalaydi. Yerga ega fermerlarda uni sug’orish va o’g’itlashga istak bor, chunki natijada ishlab chiqarish o’sadi va daromad oshadi. Xuddi shunday, ularda yerlarining samaradorligi o’sayotganda ekinlarni almashlab ekishga istak bo’ladi.
Aniq belgilangan mulk huquqlari almashilganda, bozor iqtisodiyotidagi kabi bu almashinuv samaradorlikka ko’maklashadi. Biz bu nuqtani istemolchilar xohishi va yaxshi - belgilangan mulk huquqlari tizimi joyida bo’lganda ishlab chiqaruvchilar duch kelishini aniqlash orqali bu nuqatani tasvirlay olamiz. Chunki sotuvchida istemolchi tovarni pul to’lamasdan iste’mol qilishini oldini olish huquqi bor, istemolchi mahsulotga bo’lish uchun to’lashi shart. Bozor narxida, iste’molchi qancha miqdorda sotib olishga qaror qabul qilish orqali o’zining individual iste’molchi ortiqchaligini maksimallashtiradi.
Bu taqsimot samaralimi? Turg’un samaradorlik ta’rifimizga ko’ra, bu aniq ha javob. Iqtisodiy ortiqchalik 3.3 grafikda ko’rsatilganidek,bozor taqsimoti orqali maksimallashtiriladi va bu iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining yig’indisiga teng (A + B sohalar).
Shunday qilib, biz samaradorlikni o’lchash tartibi va ortiqchalik iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday taqsimlanishini tasvirlashning vositalarini yaratdik.
Bu xususiyat juda muhim hisoblanadi. Samaradorlikka erishilmadi, chunki iste’molchilar ham ishlab chiqaruvchilar ham samaradorlikka intiladilar. Ular emas! Aniq mulk huquqlari tizimi va shu huquqlarni sotadigan raqobatbardosh bozorlarda ishlab chiqaruvchilar o’zlarining ortiqchaligini maksimallashtirishga va iste’molchilar ham o’zlarining ortiqchaligini maksimallashtirishga harakat qiladilar. Narx tizimi, o’shanda, o’z-o’ziga manfaatdor guruhlar bir butun jamiyat sifatidagi nuqtai nazardan samarali bo’lgan tanlovlarga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |