qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan
kafolatlarga tayanib, yangi axborotlar yig‘adi. Marketologlar
xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi fikrlarni
yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan
anglashiladigan xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq
tanishtirishlari lozim.
Xariddan keyingi reaksiya. Tovar sotib olgach, iste’molchi
qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usini his qiladi. Xaridor tovarni sotib
olgan paytdan ishlab chiqaruvchining ishi tugamaydi: u sotishdan
keyingi paytda ham davom etadi. Marketolog iste’molchining qilgan
xarididan qoniqqanlik darajasini, uning tovar sotib olingandan keyingi
reaksiyasini va mahsulotning keyingi taqdirini o‘rganishi kerak.
207
Do'stlaringiz bilan baham: |