belgilaydilar. Haqiqiy foyda keltiruvchi xarakteristikalarga e’tibor
qaratiladi. Shuning uchun aniq tovarlar bozorini tovarning o‘zida
mavjud bo‘lgan va iste’molchilarning turli guruhlari uchun birinchi
darajali ahamiyatga ega xossalariga mos tarzda segmentlash mumkin.
Iste’molchida har biri ma’lum xossalariga ko‘ra xarakterlanuvchi
markalar haqida ma’lum ishonch yig‘indisi shakllanadi. Aniq marka
haqida ishonch yig‘indisini markalar obrazi rivojlantiradi. Iste’molchi
ongida marka obrazi individ tajribasidan yig‘ilgan bo‘lib, u tanlab idrok
etilishi, tanlab xato qilinishi, tanlov xotiralari natijasidir.
Iste’molchi xossalarini baholay borib, turli markalarga munosabat
(majburlik, afzal ko‘rish)ni ishlab chiqadi. Faraz qilaylik, xaridor tanlov
yig‘indisini 4 ta kompyuterga qisqartirdi (A,B,C va D). Deylik, uni
Do'stlaringiz bilan baham: |