4. Dvigatelni ta’mirlash jihozlari
Gilzani silindr blokidan yechib olish juda o’gir ish hisoblanib, uni pastki qismidan yuqoriga tortib chiqaruvchi maxsus yechgich yordamida siqib chiqariladi. Gilzalarni boshqa usullar bilan chiqarish, silindrlar blokidagi qo’nim teshigini va gilzalarning o’zini shikastlanishiga olib keladi.
Rezinali germetiklovchi halqalar o’rnatilgan gilzalar silindrlar blokiga press yordamida o’rnatiladi. Bu ishni mahsus moslamalar yordamida bajarish ham mumkin. Bunday moslamalardan birining tuzilishi 11.13-rasmda keltirilgan. Rezinkali xalqalarni gilzaga kiygazishda, uning ariqchada cho’zilib va buralib ketmasligiga e’tibor berish zarur.
Porshenni almashtirishdan avval uni silindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun gilzaning o’lchamlar gruppasiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shup yordamida silindr, hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi. Buning uchun porshen yassi shup bilan birgalikda yuqori qismi bilan silindrga kiritiladi. Shup porshen barmo’gi o’rnatilish teshigi o’qiga perpendikulyar joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shup tortiladi va shupni chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ekspluatatsiya yoki ta’mirlash qo’llanmasida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Agarda tortib chiqaruvchi kuch me’yoridagi ko’rsatkichdan farq qilsa, u holda porshen boshqasiga almashtiriladi.
|
4.13-rasm. Gilzani slindrlar blokiga presslash moslamasi.
1-maxsus o’q; 2-ushlagich; 3-gilza; 4-tanyach xalqa; 5-tiqin
|
Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklarini parallelligini tekshirish zarur, buni indikatorli tekshirish moslamasida (4.14-rasm) tekshiriladi.
|
4.14-rasm. Shatunni tekshirish va to’’grilash moslamasi.
1-shatunni to’’girlash uchun tayanch; 2-moslama korpusi; 3-shatun; 4-shatunning yuqori kallagi uchun tiqin; 5,7-indikatorlar; 6,8-tayanchlar; 9-to’’grilash uchun kalit; 10-shatuning pastgi kallagi uchun tiqin
|
Porshen bilan shatun yi’gmasini silindr blokiga o’rnatishdan avval, porshen xalqalarini porshen ariqchasiga joylashtiriladi. Porshen ariqchasi bilan porshen xalqasi orasidagi tirqish shup yordamida aniqlanadi.
Porshen yi’gmasini silindrga o’rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi (4.15-rasm).
Alyumindan tayyorlangan silindr blokida klapan yo’naltiruvchi vtulkalarning teshigi yedirilgan bo’lsa, yangisiga almashtirish uchun gidravlik press va maxsus moslama ishlatiladi.
|
4.15-rasm. Porshen yi’gmasini silindrga o’rnatish.
1-silindr blokidagi gilza; 2-moslama; 3-porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yi’gmasi
|
Klapan faskalarini yedirilishi va o’yilishi, tozalash yoki silliqlash yo’li bilan bartaraf qilinadi. Тozalash ishlari uchiga klapanni o’ziga majburan tortib turadigan «so’r’gich» o’rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi.
Agar klapan egarlarining faskasini tozalash yo’li bilan tiklab bo’lmasa, u holda yuza yo’nish yo’li bilan ta’mirlanadi.
Klapan egari o’yilib ketgan yoki bo’shab qolgan bo’lsa, maxsus yechgich yordamida chiqarib olinadi, teshik esa ta’mirlash o’lchamiga moslab kengaytiriladi. Тa’mirlash o’lchami bo’yicha tanlab olingan klapan egari maxsus presslagich yordamida qoqiladi.
Klapan faskalari R108 modelli jihozda silliqlanadi.
Тirsakli valning yedirilgan tayanch va shatun o’rnatuvchi bo’yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo’yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta’mirlash o’lchamlariga keltiriladi. Gaz taqsimlash valining yedirilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.
Avtoservis korxonasida dvigatellarni ta’mirlash va boshqa ustaxonalardagi ajratish-yi’gish ishlarini bajarish uchun tuzilish jihatdan har xil bo’lgan jihozlardan foydalaniladi.
4.16-rasmda dvigatellarni ajratish va yi’gish stendlari keltirilgan bo’lib, ular a-bir ustunli, kam si’gimli dvigatellarga; b-ikki ustunli, katta si’gimli dvigatellarga; v- barabanli tuzilishda bo’ladi.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Т.: O’zbekiston, 2009. – 56 b.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. Qayta ishlangan va to’ldirilgan ruscha 4-nashridan (prof. Kuznetsov Ye.S. tahriri ostida. M.:Nauka 2004y. 535 b.) tarjima prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 670 b.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi avtotransport oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-NASHRIYOT”, 2008. – 560 b.
Tехническая эксплуатация автомобилей. Учебник для ВУЗов. Под ред. Проф. Е.С. Кузнецова. M: Наука, 2002 g.
Боровских Ю.И. и др. Автомобилларнинг техник тузилиши, техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш. Тошкент: «Мехнат», 2001.
O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi nizom. Toshkent,1999 y.
Руководство по ремонту и обслуживанию. Инструкция по эксплуатации автомобилей ДЭУ. Нексия (все модели). Ташкент, 2000 г.
4.O.Xamrakulov, Sh.Magdiev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent. 2005 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |