Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uslubi o’rtacha tok kuchining o’zgarishiga asoslangan bo’lib, bu tok uzgich-taqsimlagichning tutashgan holatdagi kontaktlaridan o’tadi. E-213 asbobidagi kontakning berk holatidagi burchak ko’rsatkichli mikroampermetr bilan tok kuchi o’lchanadi. Bu asbob 4,6 va 8 silindrli dvigatellarning uzgich-taqsimlagichini tekshirish va kondensator si’gimini nazorat qiladi. Asbob korpus, oldingi panel, mahsus shkalali mikroampermetr, turli hil tekshirishlar kaliti va tugmachadan iborat. 4,6 va 8 silindrli dvigatellar uchun kontaktlarni tutashgan holatidagi burchak, to’qqiz qirrali kulachoklar uchun 4045° , olti qirrali 3045º va sakkiz qirrali 2933˚ bo’ladi.
X-431 avtomobil skaneri (4.10-rasm.) universal, 2004 yilgacha ishlab chiqarilgan Yevropa, Osiyo va Amerika avtomobillari (Mercedes Benz, BMW, Opel, Volkswagen, Audi, Seat, Skoda, Toyota, Lexus, Honda, Mitsubishi, Nissan, Mazda, Subaru, Chrysler, GM, Ford, Peugeout, Citroen, Kia, Land Rover, Porsche, Fiat, Renault, Hyundai, Daewoo, VAZ, GAZ, hamda OBD II/EOBD ( SAE J1850 VPW, SAE J1850 PWM, ISO 9141-2, ISO 14230) andozalariga moslashtirilgan ixtiyoriy avtomobillar) elektron boshqaruv tizimlarini diagnostikalash uchun muljallangan bo’lib ochiq diagnostika platformasi, mini-printer, adaptera va maxsus dasturga, elektron boshqaruviga ega.
KES-200 portativ motor-testr (4.11-rasm.) zamonaviy diagnostika pribori hisoblanadi. U klassik motor-testrlarning barcha funksiyalariga ega, hozirgi kunda mavjud bo’lgan barcha o’t oldirish tizimlarida ishlay oladi, zamonaviy barcha avtomobil datchiklari va ijrochi elementlar zanjiridagi signallarni ko’ra oladi. Pribor o’zida 4-kanalli ixtisoslashgan xotirali avtomobil otsilografini, multimetr, dvigatel analizatorini jamlagan.
KES-200ning imkoniyatlari:
Avtomobil datchiklari va boshqaruv tizimlari signallarini aks ettiruvchi va otsilogramma taxlili uchun 1, 2 yoki 4-kanalli rejim;
Oxirgi 50 ta kadrni operativ xotirasida saqlash;
Aks ettirish parametrlarini avtamatik tarzda yoki usiz tanlash: 25mks-20s/malumot vaqt orali’gida va 0,1-20V/ma’lumot kuchlanish bo’yicha;
Тest natijasidagi amaldagi otsilogrammalarni pribor xotirasidagi andozalar bilan solishtirish;
Тekshiralayotgan datchik yoki ijrochi elementga “tez” yordam ko’rsatish (vazifasi, mumkin bo’lgan turlari, ishlash tartibi, ulanish tartibi, o’rnatilish joyi, tekshirish uslubi va boshqalar);
Klavishalar vazifasi bo’yicha yordam;
Yoritiluvchi va tasvirni rostlovchi katta displey bir vaqtni o’zida 4-ta otsilogrammani taxlil qilish imkonini beradi;
Kursor tizimini qo’llanilishi signallar parametrini yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi;
Pribor xotirasida 8-tagacha otsilogrammani s aqlash imkoniyati;
Тest jarayonida signallarning maksimal va minimal qiymatlarini aks ettirish imkoniyati.
3. Dvigatel KSHM va GTM larni nazorat qiluvchi va ularni ta’mirlashda ishlatiladigan jihozlar.
Gazlarning karterga o’tishi silindr-porshen guruhi (SPG) detallarini yeyilishiga bo’gliq bo’lib, ish jarayonida ko’payib boradi. Gazning hajmi, diagnostikalash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib, moy o’lchash tayoqchasi o’rniga ulanadi va ma’lum vaqt ichida karterga o’tgan gaz miqdori aniqlanadi.
Dvigatellarning turiga qarab silindrlardagi kompressiya kompressometr (4.12-rasm) yoki kompressograf yordamida aniqlanadi.
|
|
4.12-rasm. SТ -DI-DD 4120 hamda IPS-DI DD-4210-rusumli kompressometrlar
|
Kompressometrning rezinkali konussimon kallagini yondirish shami teshigiga o’rnatilib starter yordamida tirsakli val aylantiriladi va jihozning ko’rsatkichi hisoblanadi. Siqish takti oxiridagi bosimni yoki kompressiyani dvigatel 7080S gacha qizdirilgach 450550 aylmin tezlikda, salt yurishda har bir silindr uchun aniqlanadi. Kompressometr tekshirilayotgan silindrning forsunkasi o’rniga qo’yiladi. Silindrlarning unumli ishlashini, u o’chirilganda, tirsakli valning aylanishlar sonini o’zgarishi bilan aniqlanadi. Agar silindr o’chirilganda aylanishlar soni o’zgarmasa, bu holat silindrning ishlamayotganligini ko’rsatadi. Kompressiya karbyuratorli dvigatellar uchun 0,440,78 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi (bu ko’rsatkich me’yordan 3040 % dan kam bo’lmasligi kerak). Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to’ldirish tezligiga, kompressiyaga, havo tozalagich karshiligiga, klapanlarning egarida to’liq o’tirmasligiga va ish jarayonini notekis borishiga bo’gliq bo’ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatelni texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi vakkummetr yordamida, kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatel mexanizmlarini holatini aniqlash, ta’minot va o’t oldirish tizimlari sozlangandan so’ng bajariladi. Siqilgan havoni silindrdan chiqib ketishi bo’yicha: bu vaqtda porshen yuqori yoki pastki o’lik nuqtada bo’lib, klapanlar berkilgan holatda bo’ladi, diagnostikalash natijasida porshen xalqalarining yeyilganligini, ularning egiluvchanligini yo’qolganligi, singan yoki qurum bosib qolganligini, silindirning yeyilganligini, klapanlar va porshenlar zichligi buzilganligini aniqlash mumkin. Dvigatel holati K-69M pribori yordamida, chaqmoq yoki forsunka o’rnidan silindirga yuborilgan havoning sarfini monometr yordamida aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Shovqin va tebranishlar bo’yicha: - mexanizmlarning ishlashi jarayonida tebranish va shovqin hosil bo’ladi. Bu shovqinlar chastotasi, balandligi va fazasi mahsus asbob - fonendoskop yordamida aniqlanadi va etalon ko’rsatgich bilan solishtirib texnik holat aniqlanadi.
Karterdagi moyning ko’rsatgichlari bo’yicha:-dvigatel detallarini yedirilishi, havo va moy filtrining ishlash sifati, sovutish tizimining zichligi, hamda moyning yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Buning uchun vaqti-vaqti bilan karterdagi moydan namuna olib turish, uning qovushqoqligini, tarkibidagi suv, kremniy va yedirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turish kerak. Moy tarkibi kompyuterlashtirilgan “Spektral taxlil” qurilmalarida tekshiriladi. Moydagi metal mahsulotlari miqdori bilan birikmalarning texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorini oshishi - havo tozalagichlarning nosozligini, suvning paydo bo’lishi, sovutish tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi - moyning yaroqsiz holga kelib qolganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |