Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Katta asos umumiy hukm bo’lishi kerak.
2. Kichik asos tasdiq hukm bo’lishi kerak.
I figuraning to’rtta to’g’ri modusi mavjud:
AAA-Barbara, EAE-Celarent,AII-Darii,EIO-Ferio.
Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi kichik asosning, uchinchi harfi xulosaning sifat va miqdorini ko’rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.
Masalan:
A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega.
A. Tafakkur qonunlari – ilmiy qonunlardir.
A. Tafakkur qonunlari obyektiv xususiyatga ega.
Sillogizmning I figurasida oddiy qat’iy hukmlarning barcha turlari bo’yicha hulosalar beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |