56.Rivоjlаnish vа o’zаrо аlоqаdоrlikning umumiy qоnuniyatlаri. Tayanch atamalar: Tаrаqqiyot jаrаyonidа tаkrоrlаnish tаmоyili. Qоnun vа qоnuniyat tushunchаlаri. Qоnunlаrning оb’еktivligi. Tаbiаt vа jаmiyat qоnunlаri vа ulаrning fаrqlаri. Fаlsаfiy qоnunlаr vа ulаrnin o’zigа хоs hususiyatlаri. Maxsus fanlar sohalariga oid bunday rivojlanishning nazariyalari, ularning umumiy jihatlari falsafaning taraqqiyot nazariyasida ifodalanadi. Falsafaning taraqqiyot nazariyasi esa, butun borliqning harakati, o'zgarishi va rivojlanish qonunlari va prinsiplarini o'z ichiga olgan ta’limotdir. Taraqqiyot nazariyasi borliqdagi harakat, o'zgarish, o'sish va rivojlanishning bosqichlari, sabablari va asosiy yo'nalishini bir-biri bilan bog'langan jarayon sifatida o'rganadi. Parmenidning: «Borliq mavjud, yo’qlik mavjud emas», degan mashhur tezisi barqarorlik, o’zgarmaslik, muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatgan. Boshqacha aytganda, bunda o’zining boshqa holatiga aylanish sifatidagi o’z-o’zidan harakat g’oyasiga o’rin yo’q bo’lgan dunyo tan olingan. Keyinroq ta’riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl harakat, o’z-o’zidan harakat va harakatsizlikni farqlashni taklif qildi. U «Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir, – degan. – Agar narsa harakatda bo’lsa, u o’zi bilan o’zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o’zi bilan o’zi harakatda bo’lsa, o’z-o’zidan harakatda, boshqa narsa bilan harakatda bo’lsa – boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo o’z-o’zidan harakatda, yo boshqacha harakatda bo’ladi» Shunday qilib, o’z-o’zidan harakat g’oyasi dunyoni tushunish konsepsiyalari maydonida bir necha muqobil yondashuvlar bilan birga amal qiladi. Butun borliqning to’xtovsiz harakati haqidagi tezis o’z-o’zidan harakat g’oyasining «sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli o’laroq, rivojlanishga «kamayish va ko’payish sifatida, takrorlanish sifatida» qarovchi yondashuv ikkinchi muqobilga aylandi. Birinchi muqobil metafizik, ikkinchisi – dialektik konsepsiya deb nomlandi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq sovet davri falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan: «Harakatning birinchi konsepsiyasida o’z-o’zidan harakat, uning harakatlantiruvchi kuchi, manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi konsepsiyada asosiy e’tibor aynan «o’z-o’zi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi konsepsiya jonsiz, bo’sh, yuzaki. Ikkinchisi – hayotiy. Faqat ikkinchi konsepsiya «butun borliq»ning o’z-o’zidan harakatini tushunib yetish, «sakrashlar», «tadrijiylikning uzilishi», «qarama-qarshilikka aylanish», «eskining yo’q bo’lishi va yangining vujudga kelishi» mohiyatini anglash imkonini beradi»3. Aslida bu qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qo’lga kiritilgan yondashuvlar sifatida tushunish ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |