29.Tаbiаt tushunchаsi. Tаbiаt vа jаmiyatning аlоqаdоrligi. Tayanch atamalar: Tаbiаt tushunchаsi. Jоnli vа jоnsiz tаbiаt, ulаrning fаrqi vа аlоqаdоrligi. Tаbiiy vа sun’iy muhit. Tаbiаt vа jаmiyatning аlоqаdоrligi. Tabiat“ tushunchasi falsafiy jihatdan keng ma’noga ega. Biz,,tabiat“ deganda benihoyat xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo'lgan, insonni qurshab turgan moddiy olamni, bir butun moddiy borliqni tushunamiz. U moddiy borliq sifatida koinotdagi uzoq yulduzlardankelayotgan nurlardan tortib galaktikalargacha, bir-birlariga o‘tib, aylanib turadigan mikrozarralardan makro olamdagi ulkan narsalargacha, Yer, yerdagi quruqlik, dengizlar, okeanlargacha,butun hasharotlar, suvo'tlari, o‘simliklar va hayvonot dunyosi-yu, hatto inson tanasini ham o'z ichiga oladi. Tabiatni juda ko'p fanlar o'rganadi. Xususan, tabiatshunoslik fanlari tabiatdagi barcha narsa va hodisalarning o'zlariga xos xususiyatlari, tabiati va mohiyatini, ulardagi o'zgarish va rivojlanish qonunlarini o'rganadi. Bu fanlar erishgan yutuqlar asosida bizning tabiat haqidagi tasawurlarimiz kengayib, boyib bo rad i.Falsafa esa, shu fanlar yutuqlariga tayangan holda tabiatni bir butun holda olib o'rganadi va tushuntiradi. Bu jihatdan tabiatni turli-tuman ko'rinishlar va shakllarda mavjud bo'ladigan materiya,deyish mumkin. Bu — tabiatni keng ma’noda falsafiy tushunishdir.Biroq, biz „tabiat" tushunchasini bir qadar torroq ma’noda ishlatib, „tabiat" deganda inson va insoniyat mavjudligi uchunzaruriy bo'lgan tabiiy shart-sharoitlar va omillarni hamdaularni qurshagan muhitni tushunamiz. Shu ma’noda, odatda „tabiat" tushunchasini inson va insoniyat mavjudligining tabiiy sharoitlari birligi sifatida ishlatamiz. Bu jihatdan „tabiat" tushunchasi jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayoni davomida o'zgarib borganligining guvohi bo'lamiz. Atrof-muhitni tashkil etgan predmet va hodisalar jonsiz va jonli narsalardan iborat bo'ladi. Jonsiz narsalaming majmuasi jonsiz tabiatni tashkil qiladi. Jonli narsalaming majmuyi esa, jonli tabiat, deb ataladi. Jonsiz va jonli tabiatni bir-biridan farqlovchi asosiy narsa, bu — jonli tabiatga xos hayot jarayonidir. Hayot jarayonini mutafakkirlar, olimlar qadim zamondan boshlab falsafiy tushunishga, tushuntirishga, izohlab berishga harakat qilib kelishgan. XVII asrga kelib, jonli tabiat haqidagi bilimlar taraqqiy etib, biologiya maxsus fan sifatida falsafadan ajralib chiqdi. Biologiya fani rivojlanishi natijasida, har qanday tirik mavjudot faqat tirik mav- judotdan bunyodga keladi, degan qat’iy xulosa qaror topdi. Bu qarash biologiyada „Tirik zot borki, tirik zotdan bunyodga keladi“ degan qonun bilan ifodalanadi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, bu qonunning paydo bo‘lishi „Hayot nima, u Yerda qanday paydo bo‘igan?“ degan savolga javob bermaydi. Shunga qaramasdan, XIX asrning 70-yillariga kelib, „Hayot“ va „jonli tabiat“ kabi tushunchalarga turlicha yondashish, ularga berilgan turli xil ta’riflar paydo bo‘ldi. Bunday ta’riflaming biriga ko‘ra, „Hayot — oqsil tana- chalarining yashash usuli bo‘lib, bu yashash usuli o‘sha tanacha (jism)lar kimyoviy tarkibining doimo o‘z-o‘zidan yangilanibturishidan iborat“, deyiladi. Bunda hayot mavjud bo‘Igan hamma joyda, uning, qanday bo'Imasin, biror oqsil bilan bog'langanligini va beistisno hayot hodisalarini uchratamiz. Lekin, XX asrda tabiatshunoslik, xususan, biologiya sohalarida yirik ilmiy kash fiyotlar qilindi. Shu munosabat bilan ba’zi olimlar „hayot“ tushunchasiga berilgan yuqoridagi ta’rifni kengaytirish, uni to'l- dirish maqsadga muvofiqligini aytib, jonli jismlarning xossalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqdalar. Keyingi vaqtlarda biolog olim M.V. Volkenshteyn tomonidan jonli jismlarga berilgan quyidagi ta’rif xarakterlidir: „Yerda mavjud bo Igan jonli jismlar о ‘z-o ‘zini idora eiib va о ‘zo ‘zini paydo qilib boradigan biopolimerlardan, oqsillar va nuklein kislotalardan tuzilgan ochiq tizimlardir Tabiat o‘z taraqqiyotida insoniyat jamiyatini keltirib chiqargan. Jamiyat, ma’lum ma’noda, tabiatning bir qismi, uning taraqqiyoti natijasidir. Tabiat, tabiiy muhit boImasa jamiyat bolmas edi. Jamiyat: o'zining moddiy hayoti bilan — bevosita, ma’naviy hayoti bilan — bavosita, tabiatga uzviy bogliqdir. Tabiatda va jamiyatning moddiy hayotida o'ziga xos obyektiv qonunlar amal qiladi. Bu jihatdan tabiat va jamiyat o‘zaro ma’lum umumiy birlikka egadir. Inson esa o'zining jismoniy va ma’naviy hayoti bilan tabiatdan ajralmas, o‘zini qurshab turgan tabiiy muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson biologik tur — odam sifatida jonli tabiatning bir qismi, uning oliy rivojlangan ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |