1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Glоbаl muаmmоlаrning hаl qilish yullаri vа imkоniyatlаri



Download 310,56 Kb.
bet20/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184
Bog'liq
falsafa

25.Glоbаl muаmmоlаrning hаl qilish yullаri vа imkоniyatlаri. Tayanch atamalar: Glоbаl muаmmоlаr tushunchаsi. Bu muаmmоlаrning hаl qilinishidа dаvlаtlаr hаmuоrligi, hаlqаrо tаshkilоtlаr sаy’i hаrаkаtining rоli.Insoniyat XX asrda bir kator muammolarga duch keldiki, xozirda ulardan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umumbashariy muammo — yadro halokatining oldini olish kundalang bo’lib turgan bo’lsa, xozirda ularning soni birmuncha ortdi. Aholining tabiiy o’sishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo’lida foydalanish, bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatni vujudga keltirdi. Oqibatda insoniyatning kelajagi xavf ostida kolayotganligi muammosi kelib chikdi. Ushbu muammo umumbashariy muammo bo’lib, uni jahon xalqlarining ishtirokisiz hal qilib bo’lmaydi. Umumbashariy muammolar deganda biz insoniyatga xavf solib turgan, butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo’lmagan muammolarni tushunamiz
Tabiatga kishilarning zug’umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog’ligi, ijtimoiy muqitga bo’lgan aks ta’siri tobora halokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo’llash orqaligina qutulishi mumkin. I.A.Karimov "Butun dunyo yagona va o’zaro bog’liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir"23. -deb takidlagan edilar. Bugungi kunda quyidagi muammolar insoniyatga xavf solmoqda: — termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish; —jaqon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; — iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish; — tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish; — insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish (eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotnio’zlashtirish); — dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; azon qatlami yo’qolishi xavfining oldini olish va h.k.; —insoniyat va uning kelajagi to’g’risidagi o’zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy taxlil qilish. Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning kundalang turib qolishining o’ziyoq kishilik sivilizasiyasi o’ta murakkab, o’ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruhlari mavjudki, ularni hal qilishning o’zidayoq butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keying ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi: Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi ziddiyatli
munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o’rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k) bo’lib, bular shartli ravishda "intersosial" muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham uz ichiga oladi.Ikkinchidan, "inson va jamiyat" o’rtasidagi munosabat bilan bog’liq muammolar bo’lib, bularga ilmiy-texnika tarakqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aqoli ko’payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi — "demografik portlash", kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o’zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi, shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin. Uchinchidan, "inson — tabiat" munosabatlarida xom ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o’rnini va ahamiyatini tug’ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish