154. Platon va Aristotel falsafasining asosiy tushunchalarini ayting. Tayanch atamalar: idealizm, siyosiy qonunlar, atomistik ta'limot
Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo’lib ko’rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» - «obyektiv mavjud g’oyalar dunyosi»ni farqladi va uni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo’ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo’lgan tushunchalar borlig’ini ham ko’rsatib o’tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo’lgan barcha narsalarni kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |