151. Falsafiy antropologiya qachon vujudga kelgan va u nimani o‘rganadi. Tayanch atamalar: sotsiologizatorlik, biologizatorlik, mikrokosm
Antrop tamoyil- inson borligiga oid zamonaviy metodologik vosita. Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta’limot so’zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o’ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi. Yuqorida qayd etilganidek, inson haqidagi falsafiy ta’limotlar qadimda vujudga kelgan va butun falsafa tarixi orqali o’tadi. Konfusiy, Suqrot, Geraklit, stoiklar, kiniklar, Avgustin, Foma, Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy, Dekart, Russo, Kant, Feyerbax, Nisshe va boshqalar insonning falsafiy, nazariy obrazini yaratib, falsafiy antropologiya falsafiy bilimning mustaqil bo’limi sifatida vujudga kelishi uchun zamin hozirladi. Shu ma’noda falsafiy antropologiyaning ilk ildizlariga XVIII asr fransuz materialistlarining asarlarida duch kelish mumkin. Ammo Kant, shuningdek, insonning mohiyati muammosini falsafaning «birdan-bir, universal va oliy» predmeti darajasiga ko’taruvchi antropologik tamoyillarni falsafaga kiritgan va asoslab bergan Feyerbax sa’y-harakatlari bilan falsafiy antropologiya mustaqil falsafiy fan sifatida shakllana boshladi. Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.Sheler, A.Gelen, X.Plesner asarlari ta’sirida uzil-kesil vujudga keldi. Xususan, M.Shelerning «Insonning kosmosdagi o’rni» asarida inson haqida fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va uni falsafiy bilish dasturi taklif qilinadi. Muallif fikriga ko’ra, insonni yaxlit falsafiy bilish inson borlig’ining turli jabhalariga nisbatan olingan muayyan ilmiy natijalar bilan birikishi lozim. M.Sheler falsafiy antropologiya insonning yaxlit konsepsiyasini yaratib, uni muayyan ilmiy, falsafiy va diniy jihatdan anglab yetishda birlashtiruvchi rol o’ynashi lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy antropologiyaning vazifasi insonning barcha o’ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat, rahbarlik, mif, din, fan... inson borlig’ining asosiy strukturasidan qanday kelib chiqishini aniq ko’rsatib berishdan iboratdir»5, deb qayd etadi. Falsafiy antropologiya fanining mohiyati. Inson haqidagi bilimlarni birlashtirish lozimligi xususida Shelerdan oldinroq ham so’z yuritilgan edi. XIX asr o’rtalariga kelib inson o’ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki boshqa biron-bir muayyan fan metodlari bilan to’la anglab yetish mumkin emasligi, ya’ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti bo’la olmasligi aniq-ravshan bo’lib qoldi. Shuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har biri o’z sohasida, vaqt o’tishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab etuvchi salmoqli material to’pladi. Bunday umumlashtirishga ehtiyoj Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo’lishi bilan ayniqsa bo’rtib ko’rina boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki berdi, shuningdek materialistik falsafiy konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo’shimcha asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur yondashuv tarafdorlari inson ko’p o’lchovli va muttasil o’zgaruvchi mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar mobaynida o’zgarishsiz qolayotgan bo’lsa-da, ular insonning mohiyatini to’la namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari inson o’z oldiga yangi va yangi jumboqlar qo’yayotgan, tashqi dunyoni, o’zining undagi o’rnini aniqlashga harakat qilayotgan, atrof muhitni o’rganish orqali uni o’z ixtiyoriga ko’ra o’zgartiradigan faol asos sifatida amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e’tiborni qaratmoqdalar.Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli, o’zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma’naviyat manbaidir. Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib chiqib, bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da’vogar bo’la olmasligini va ayrim fanlar: psixologiya, sosiologiya, 152. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davri va umumbashariy muammolar.? Tayanch atamalar: postindustrial, industrial, energetika, oziq-ovqat, xom-ashyo resurslari
Do'stlaringiz bilan baham: |