3.Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish
statistikasi.
Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat
a’zolarining, tadbirkorlarning, korxonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning
va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika
taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar: mahsulot
ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o‘rtasida
amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bo‘lib hisoblanadi va
uning hajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng
bo‘ladi.
Birlamchi daromadlar daromadlarni hosil qilishda qatnashgan tomonlar
tomonidan taqsimlab olinadi :
1)
Xodimlarning ish xaqi, ustama va qo’shimchalari bilan;
2)tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
3) mulkdan olingan daromadlar (renta, ijara xaqi,foizlar, devidentlar va h.k.).
4)korxonalarning olgan foydalari (birlamchi daromadlari);
5) fermer va dehqon xo‘jaliklarining aralash birlamchi daromadlari;
6) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari.
7) davlat turliy soliqlar bilan daromadning bir qismini byujetga oladi
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash
jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning
xodimlari nafaqaxo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga ega
bo‘lmaydilar. Shuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi.
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga
oshirilishi mumkin.
1.
Davlat bydjetining daromadini tashkil etish bilan - bu milliy daromadni qayta
taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan turliy soliq tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha
qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromad soliqlari).
Bydjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat
zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.)
Davlat bydjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45% kapital
mablag‘lar sarflash, taxminan 51%dan ko’prog’i ijtimoiy-madaniy ishlar, 10%dan
ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
2.
Aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul xizmatlar bilan birga, to‘lovli xizmatlardan ham
foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy xizmatlar, davolanish va ta’lim
muassasalari xizmatlaridan aholi foydalanishi bunga misol bo‘la oladi.
8
Bularning xizmatiga aholi xaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana shu
xizmat ko‘rsatadigan soha korxonalarga to‘laydi va bu ularning daromadini tashkil
etadi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u
mehnatkashlar ixtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat ixtiyoriga tushib
so‘ngra mehnatkashlarning extiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy
daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning shaxsiy moddiy va ma’naviy
extiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va
ijtimoiy extiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining extiyojlarini qondirish
uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oxirgi foydalanish uni ishlatish va
Do'stlaringiz bilan baham: |