Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi
daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat
ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishidabo‘ladi.YaMD
miqdoran YaIMga yaqin turadi. Ammo «daromad» so‘zi bu ko‘rsatkichning ishlab
chiqarish bosqichida qo‘shilgan qiymat ko‘rinishida emas, balki aynan taqsimot
bosqichida shakllanishini ifodalaydi.
Aytish lozimki, ba’zi hollarda ayrim adabiyotlarda YaIM va YaMD
ko‘rsatkichlari aralashtirib yuboriladi. Ammo MHTning bu ikki markaziy
ko‘rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tomonidan farq qiladi. Sifat
jihatidan printsipal farq shundan iboratki, YaIM shu mamlakat rezidentlarining
ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy
daromad esa - shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini
ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YaIMdan xorijdan olingan birlamchi
daromadlar qoldig‘iga farq qiladi. Birlamchi daromadlarga mehnat xaqqi, mulkdan
olingan daromad, foizlar, devidentlar, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan
daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo‘yicha, rivojlangan
mamlakatlarda yalpi milliy daromad hajmi, yalpi ichki mahsulot hajmidan katta
bo‘ladi, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha, YaIM milliy
daromaddan katta bo‘ladi. Aytish mumkinki, xozirgi vaqtda O‘zbekiston milliy
daromadi hajmi MDH mamlakatlaridagi kabi YaIM hajmidan kichik bo‘ladi.
Agar milliy daromadga xorijdan olingan joriy transfertlar qoldig‘i qo‘shilsa,
6
MHTning yana bir muhim ko‘rsatkichi - ixtiyordagi milliy daromad ko‘rsatkichini
olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Ixtiyordagi milliy
daromad ikki qismga: milliy oxirgi iste’mol va milliy jamlashga bo‘linadi.
Daromadlar xaqida ma’lumotlarni tahlil qilishning yana bir muhim yo‘nalishi,
daromadlar tarkibini turlari bo‘yicha o‘rganish hisoblanadi: bandlilikdan olingan
daromad, tadbirkorlikdan olingan daromad, mulkdan olingan daromad (renta,
foizlar, devidentlar va boshqalar). Ma’lum davr orasida daromadlar tarkibida yuz
bergan o‘zgarishlar, yuz berayotgan jarayonlarni iqtisodiyotni tashkil etishdagi
o‘zgarishlarni ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston daromadlari tarkibida keyingi bir
necha yillar davomida yuz bergan o‘zgarishlar, yonlanma mehnatdan olingan
daromad kamayib, tadbirkorlikdan va mulkdan olingan daromad ortganini
ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumotlar rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o‘tilayotganini ko‘rsatadi. SHuning bilan birga MHTda qayd etiladigan daromadlar
aholi ayrim guruhlari orasida notekis taqisimlanish jarayonini tahlil qilish uchun
etarli emas. Aholi daromadlarini chuqur o‘rganish uchun, o‘tkazilgan tanlama
kuzatish materiallari va uy xo‘jaligi bydjetlari ma’lumotlari to‘g‘ri keladi. SHunday
kuzatishlar natijasida olingan materiallarni qayta ishlash, daromadlarni notekis
taqismlanishini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |