1 «Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisod» fanining mutaxassis tayyorlashdagi o`rni



Download 9,58 Mb.
Sana09.09.2017
Hajmi9,58 Mb.
#20755





Kirish
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo'lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy maqsadi – yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish strategiyasi hamda asosiy yo'nalishlarini uning komponentlari: shaxs, jamiyat va davlat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish kabilardir. Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o'zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribalarga, ta'lim jarayonini hamma bosqichlarida, uzluksiz ta'lim tizimi ta'lim muassasalarining hamma shakli va turlarida ilg'or-metodik ta'limlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg'or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o'qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs – fuqaroning tashkil topishini ko'zda tutadi.

1.1.«Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisod» fanining mutaxassis tayyorlashdagi o`rni

Bozor munosabatlarining negizini turli mulk shakllarga asoslanadigan xo'jalik yuritish shakllarining mavjud bo`lishi va ular orasida bo`ladigan sog`lom raqobat tashkil etadi. Shu tufayli ham, respublikamizda iqtisody islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk shakllarining teng xuquqligiga tayanuvchi ko`p ukladli iqtisodiyot tizimini barpo etishga alohida e'tibor beriladi

Respublikamizda qishloq xo`jaligida vujudga kelayotgan yangi xo`jalik yutirish shakllari orasida dehqon va fermer xo`jaliklari xo`jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, qishloq xo`jaligida mulk shakllarining teng huquqlilik va sog`lom raqobat asosida vujudga kelgan dehqon va fermer xo`jaliklarini tashkil etish konuniyatlarini ularning samarali faoliyat yutirish yo`llarini o`rganadi.

«Dehqon va fermer xo`jaligi iqtisodiyoti» fani iqtisodiy fan bo`lib, boshqa iqtisodiy fanlar singari u ham cheklangan resurslar sharoitida moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonida insonlarning xatti-xarakatini tadbi etadi.



1.2. «Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog`liqligi

Bizni o`rab turgan borliqni o`rganish usullari fanning uslubiyotini tashkil etadi. Boshqa fanlar kabi «Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisodiyoti» fanining uslubiy asosini ilmiy tafakkurning dialektika usuli tashkil etadi.

«Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisodiyoti» fani o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlar yutuqlarga tayanadi. Bu fanlar tizimi:

Tabiiy fanlar;

Tabiiy fanlar jumlasiga «Biologiya», «Zoologiya», «Fizika», «Matematika», «Kimyo», va boshqa fanlar kiradi va ular bizni o`rab turgan tabiat to`g`risidagi asosiy bilimlarni beradi.

Ijtimoiy fanlar:

Ijtimoiy fanlarga «Sosiologiya», «Psixologiya», «Mexnat iqtsodiyoti», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Marketing», «Moliya», «Buxgalteriya hisobi» va boshqa fanlar kiradi.

Texnikaviy-texnologik fanlar:

Texnikaviy-texnologik fanlarga «Tuprokshunoslik», «Dexqonchilik», «O`simlikshunoslik», «Chorvachilik», «Agrokimyo», «Meliorasiya» kabi bir qator fanlar kiradi.

Bu fanlar mexnat qurollar va mexnat pedmetlarining ayrim xususiyatlari, quvvati, unumdorligi, tabiiy-biologik va boshqa xususiyatlari xamda ularni ishlatish tartibi to`g`risida axborot beradi.

Bu ma'lumotlarsiz ulardan samarali foydalanishni tashkil etib bo`lmaydi.
2.1. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi.
Akadem litsey va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta‘limning navbatdagi bosqichida davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi beradi. Kasb-xunar ta‘limida asosiy maqsad ma‘lum bir yoki bir qancha kasblarni egallash yotadi.

Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyatining turi hisoblanadi. Kasb hunar sirlarini egallashga umumilmiy, umumkasbiy, maxsus ma‘lumotlar hamda amaliy ish xarakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o’zlashtirish orqali erishiladi. Kasb o’ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni mujassamlashtiradi.

Demak, kasb-hunar ta‘limining maqsadi ijtimoiy hayotning ma‘lum sohasida (iqtisodiy, mexanizatsiya, buxgalteriya va x.k) faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish xarakat usullari va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqida tushuncha berishdir. Ushbularni hisobga olganimizda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning vazifasi ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, Respublikaning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mas‘uliyatini anglaydigan, xar jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan. «Kasb-xunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibini tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilishi jihatdan yangi tipdagi ta‘lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-xunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi» deb «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunidan ta‘kidlab o’tilgan.

Kasb-xunar kollejlarining oldingi hunar-texnika bilim yurtlaridan farqi quyidagilardan iborat:

- o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot negizining yetarli darajada emasligi;

- yuqori malakali pedagogik kadrlarning yetishmasligi;

- o’quv metodik, ilmiy adabiyotlar va didaktik ta‘minlanmaganligi;

- Kadrlar tayyorlash tizimida fan va ishlab chiqarish orasida uzviy o’zaro ta‘sir va manfaatli integratsiyaning mavjud emasligi va hokozolar.

Kasb-xunar ta‘limi tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan biri-kasb xunar kollejlarining ishlab-chiqarish korxonalari bilan uzviy aloqada bo’lishidir. Kasb-xunar kollejlari uchun baza bo’lgan korxonalar o’quvchilar uchun kerakli tsexlarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tish uchun imkoniyat yaratadi.
2.2. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati.
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.

Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon sodir bo’ladigan jarayondir. Bu o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O’qituvchi bilim egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli ta‘lim puxta uylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi.

O’quvchi-talabalar ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi narsalarni bilib oladilar. Demak o’quvchilar ta‘lim jarayoni orqali bilim bilan qurollanadi.

Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi qatnashadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun o’quv materialini tanlaydi va ta‘limni tashkil etish yo’llarini belgilaydi. U ta‘lim jarayonida o’quvchi (talaba) faoliyatini boshqaradi va rahbarlik qiladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o’quvchi-talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko’nikmalarini tekshirish, rag’batlantirish va bilim darajalarini xolis baholashdan iboratdir. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. O’qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o’qitadi, ta‘lim beradi.

O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materiallarini o’zlashtirishdan iborat. O’quvchi faoliyati ichki jarayonini tashkil etadi, ya‘ni u o’qituvchi bergan bilimni o’qib, tushunib oladi. O’qitish bilishdan farqli o’laroq o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Ta‘limning asosiy maqsad, vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ta‘lim jarayoni (o’quv jarayoni) quyidagi tuzilishga ega.

Ta‘lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari asosi o’rganiladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchiga bilim berar ekan, uni soddadan murakkabga, umumiydan xususiyga yetaklaydi, xulosalar chiqarishga, hayotda ishlab chiqarishda qullay bilishga o’rgatadi. O’qituvchi o’z fanini qanchalik sodda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy bo’lishi lozim. O’qituvchi bilimlarni o’rgatar ekan, o’sha jarayonda bolalarning imkoniyatlarini o’rganadi, qiyinchiliklarini ko’radi, ularni bartaraf etish choralarini izlaydi. O’qituvchi yoshlarni yangi bilimlarni faol idrok qilishga, uni hayotda qullay olishga tayyorlaydi. Bu tasodifiy hodisa bo’lmay, o’quv jarayonining mantig’i shuni taqozo etadi.

O’quvchi (talaba) lar o’qituvchi sabog’ini o’zlashtirish jarayonida bilimlarni idrok qilish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qo’llash bosqichlaridan iborat bo’ladi. Ta‘lim jarayonida ana shu ikkala tomon yaxshi qatnashmasa ta‘lim jarayoni yaxshi natijaga erishmaydi. Chunki o’qituvchi ham, o’quvchi ham ta‘lim jarayonining asosiy tarkibi hisoblanadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida bu ikki tomondan bittasi, ya‘ni o’qituvchi yoki o’quvchi qatnashmasa ham ta‘lim jarayoni amalga oshmaydi.

O’qituvchi o’quvchi (talaba) lar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hokazolar bilan yoshlarning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma‘naviy sifatlarga ega bo’lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. O’quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan qurollantirish kerak. Shu bilan birga o’qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim.



2.3 Mutaxassislar tayyorlashda kasb-hunar ta'limining pedagogik prinsiplari

Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsipida quyidagilardan iborat:

Ta'limning ustivorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;

Ta'limning demokratlashuvi – ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustakilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;

Ta'limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;

Ta'limning ijtimoiylashuvi – ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

Ta'limning milliy yo'naltirilganligi – ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

Ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
2.4. Didaktika haqida umumiy tushuunchalar
Kasbiy ta'lim metodikasi fanini, umuman olganda barcha fanlarni o'rganishda didaktik tamoyillar muhim o'rin tutadi.

Didaktika (yunoncha – didaktikos – o'qitadigan, o'rgatadigan) – pedagogikaning bilim olish, ta'lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasi. Didaktika talabalarning bilim olish va shu bilish mazmuniga, uni o'zlashtirish va ko'nikmalar hosil qilish jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni o'rganadi.

Didaktika termini, dastlab XVII asrda chex pedagogi Ya.A. Kamenskiy tomonidan ishlatilgan. U «Buyuk didiktika» asarlari (1657 yil) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqqan. XIX asr o'rtalaridan pedagogikaning alohida sohasi sifatida ko'p mamlakatlarda o'rganila boshlanadi. O'zbekistonda dastlab jadid maktablarida didaktikaning prinsiplarini (tamoyillarini) ishlab chiqishga harakat qilingan.

Hozirgi kunda didaktika sohasi avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolganni holda yangiliklar bilan boyitilib, Yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Bunda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro notijorat fondlari va tashkilotlari katta yordam bermoqda. Jumladan, ochiq Jamiyat instituti Ko'mak jamg'armasining O'zbek Vakolatxonasi (Soros fondi) IREX, TASIS va xakozolar.

Mamlakatimizda didaktika tarbiyadan alohida holda qaralmaydi. U yoshlarni tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Yoshlarga ta'lim berish jarayoni jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatning o'z oldiga qo'ygan maqsadi bilan chambarchas bog'liq. Ta'lim va tarbiyaning mazmuni, maqsadining o'zgarishi, didaktika prinsiplari, uslublari va tashkiliy shakllari ham o'zgarishga, rivojlanishiga sabab bo'ladi.


    1. Ta'lim vositalari va ularning turlari

Ta'lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko'p jihatdan ta'lim vositalari bilan ta'minlanish darajasiga bog'lik bo'ladi.

Ta'lim vositalari o'qitish va o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborotlarini foydalanishi jihatdan quyidagi 3 kismga ajratish mumkin:

- ta'lim beruvchi uchun;

- ta'lim oluvchi uchun;

- dars berish uchun;

Ba'zi hollarda ta'lim oluvchi uchun mo'ljallangan ta'lim vositasi ta'lim beruvchi uchun ham, dars o'tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to'ldirishi kerak. Bundan tashqari ta'lim vositalarining xususiyatlariga ko'ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalar.

Ta'lim vositalar olti turga bo'linadi:

- matnli vositalar;

- tasvirli vositalar;

- audiovizual vositalar;

- yordamchi (jihozli) vositalar;

- modelli vositalar;

- haqiqiy vositalar;

Ta'lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo'ljallangan guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari ta'lim beruvchi o'quv va ko'rgazmali vositalarni ishlata olishi, ulardan maqsadga muvofik foydalanishni bilishi kerak.


2.6. Kasbiy ta'lim tamoyillari

Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim muammolardan biridir. Didaktik (ta'lim) tamoyillariga quyidagilar kiradi.



  1. Ta'limning ilmiy bo'lishi;

  2. Ta'limda nazariya bilan amaliyotni bog'liq bo'lishi;

  3. Ta'limdagi onglilik va faol harakatda bo'lish;

  4. Ta'limning tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan foydalanish.

  5. Ta'lim jarayonining ko'rsatmali bo'lishi.

  6. Bilimlarni puxta va sistemali o'zlashtirib olish;

  7. Ta'lim jarayoni va tizimini demokratlashtirish va insonparvar-lashtirish

8. Ta'lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish.

O'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy asoslangan fan-texnikaning so'nggi yutuq va kashfiyotlarini o'zida ifoda etgan bo'lishi lozim. Shuning uchun o'qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'quv fanlari ham ilm-fan asosidan yaratilgan bo'lishi kerak. O'qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o'quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan. Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o'quv fani o'rtasida hamkorlik o'zaro bog'liqlik bo'lishiga erishish lozim. Ta'limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim.

Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab olib borish ta'limning etakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi-talabalar o'rganayotgan o'quv materiallarining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun esa o'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog'i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib, o'zlashtirishga olib keladi.

Ta'limdagi onglilik va faollik, o'quvchidagi ko'tarinki kayfiyat, ko'proq bilimga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o'zlashtirish o'qitish jarayonining psixologik tomonlarida o'z ifodasini topadi. O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat'iy bayon etilsa, o'quvchi-talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo'ladi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritish, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o'zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi.

Ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o'qituvchi avvalo ta'limni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etishga, o'quv materiallarining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog'liqdir. Shu bilan birga, o'qituvchining o'quvchilar oldidagi obro'-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

O'qitish jarayonini ko'rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko'rsatish orqali o'quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o'zlashtirish bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab etishlariga asos soladi, diqqatini barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko'rgazmali materiallar o'rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos kelishi, o'quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga mauvofiqlashgan bo'lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo'l va vositalarini qo'llash va ishlab chiqishi lozim. Talim jarayonidagi muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o'quvchi-talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishganda erishish mumkin. Dars jarayonida o'qituvchi har bir o'quvchiga xos xususiyatlarini e'tiborga olishi lozim. O'qituvchi o'quvchi-talabalarni xususiyatlarini doimo kuzatib borishi, ularning ruhiy olamini o'rganishi lozim. Faqat shundagina o'quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boradi.


3.1. Nazariy dasr o`tish uslubi

Fan: Dehqon va fermer xo`jaliklar iqtsodiyoti.

Mavzu: Fermer xo`jaliklari mahsulot yetishtirishni moliyalashtirish va

kretditlash mexanizmini takomillashtirishni huquqiy asoslari.



Darsning maqsadi: Fermer xo`jaliklari mahsulot yetishtirishni moliyalashtirishning xuquqiy asoslari va kreditlash haqida talabalarga o`rgatish.

Darsning tarbiyaviy ahamiyati:

Talabalarga dehqon fermer xujaliklarining maxsulot yetishtirishni moliyalashtirish xamda kreditlar olish haqida tushunchalar berilib, ularni mutaxassisligi yuzasidan tushunchalarni rivojlantirish.



Dars turi: nazariy mashg`ulot. Yangi bilimlarni o`rganish, aralash o`qitish usulidan foydalanish.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 2 soat.

Darsning jixozlanishi - chizmalar, grafiklar.jadvallar.
Dars rejasi:

1 Fermer xo`jaligini moliyalashtirishning xuquqiy asoslari.

2. Fermar xo`jaliklarini kreditdan foydalanishning nazariy asoslari.

3. Iqtisodiy barqarorlikda fermer xo`jaliklarining roli.

4. Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish chora va tadbirlari.
1. Darsni tashkil etish: O`qituvchi tomonidan talabalarning darsga qatnashini jurnal orqali tekshiriladi. Avvalgi darsga kelmagan o`quvchilardan sabablari suraladi. Xonaning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechiriladi. Talabalarni darsga tayyorgarligi ta'minlanadi:

2. Yangi o`quv materialini bayon qilish. O`qituvchi dars rejasiga asosan quyidagi ko`rinishda yangi materialni tushuntiradi.

Fermer xo`jaligi faoliyati davomida korxona va muassasalar xizmatlaridan foydalanadi. Bank ana shunday muassassalarning eng asosiylaridan biri xisoblanadi. O`zbekistonda 30 dan ortiq tijorat banki faoliyat ko`rsatadi. Fermer xo`jaligining ishlab chikarishda tegishli barcha pul mablag`lari bank orqali xarakatlanadi.Fermer o`ziga zarur bo`lgan chiqarish resurslarini bank orqali to`lab sotib oladi. Yoki ishchilarga beradigan ish xaqini ham banklarga hisob raqamida turgan pulidan olib kelib beradi.

Bank fermer xo`jaligida xizmat ko`rsatuvchi tashkilot xisoblanadi. U ana shu ko`rsatgan xizmatiga ma'lum mikdorda xizmat haqi oladi. Bank bilan fermer xo`jaligi o`rtasida xizmat ko`rsatish bo`yicha o`zaro shartnoma tuziladi. Mazkur shartlar dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab quvvatlash jamg`armasi, mexnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining ish bilan ta'minlashda kumaklashuvchi jamg`armasi ana shular qatoriga kiradi.

Kreditlarni shartli ravishda 2 turga ya'ni tijorat va imtiyozli kreditlarga bo`lishi mumkin.

Shu bilan birgalikda davlat buyutmasi bo`yicha paxta va g`alla yetishtiruvchi fermer xo`jaliklariga anna shu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tijorat banklari tomonidan qisqa muddatli imtiyozli kreditlar xam berilmoqda.

Jamg`armalar tomonidan beriladigan kreditlarga to`xtalamiz. Dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab quvvatlash jamg`armasi faqat Dehqon fermer xo`jaliklari uyushmasiga a'zo bo`lgan fermerlar uyushmasiga a'zo bo`lgan fermerlarga imtiyozli kredit berish bilan shug`ullanadi. Mazkur jamg`arma fermer xo`jalikolariga to`g`ridan to`g`ri emas balki tijorat banklari orqali 3 yilgacha bo`lgan muddatga kredit beradi, kreditlarning yillik foiz stavkasi Markaziy bank har yili belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining 1\3 kismini tashkil etadi. Jamg`arma fermer xo`jaliklariga dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirishga qishloq xo`jalik maxsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar barpo etishga, qishloq xo`jalik texnikalari, mineral o`g`it, omuxta erni, urug`lik va ko`chatlar sotib olishga yangi tashkil qilingan fermer xo`jaliklariga boshlang`ich sarmoyani shakllantirishga imtiyozli kreditlar beradi.

Fermer xo`jaligi jamg`armasi; kredit limitlari hisobiga kredit olish uchun o`zi mijoz bo`lgan bankka ariza taqdim etadi. Barcha zarur xujjatlar taqdim etilgandan so`ng, bankning tuman bo`limi bu xujjatlarni ariza berilgan sanadan boshlab 5 kun muddatida ko`rib chiqib kredit qo`mitasining ijobiy xulosasi; bilan birga bankning viloyat bo`limiga ko`rib chiqish uchun yuboradi.

Bank Markaziy mahkamasi esa bu xujjatlarni 10 ish kuni muddatida ko`rib chiqib agar e'tirozlar bo`lmasa, xujjatlarni o`zining kredit qo`mitasining xulosasi bilan birga Bankning Markaziy qo`mitasida ko`rib chiqish uchun yuboriladi.

Jamg`arma o`z navbatida takdim etilgan buyurtma nomani 1074-sonli Nizom talablari asosida ko`rib chiqadi va bank bilan Jamg`arma o`rtasida kredit shartnomasi imzolanib bankning maxsus hisob raqamiga mazkur loyihani moliyalashtirish uchun tegishli miqdordagi mablag` o`tkaziladi.

Tijorat banklari fermer xo`jaliklarida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 7 martda ro`yxatga olingan S 07 sonli tartibi asosan kredit berishni amalga oshiradilar.

Mazkur tartib asosida fermer xo`jaliklariga shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega degan xo`jaliklariga kishloq xo`jaligini ishlab chiqarishni tashkil etish, aylanma mablag`larini to`ldirish uchun 2 yildan kam bo`lmagan, kaytarish muddati uzaytirilishini xisobga olganda 30 oydan oshmagan muddatda;

Fermer va dehqon xo`jaliklari qishloq xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan o`z aylanma mablag`larini to`ldirish uchun, uni kaytarish muddatini uzaytirishni uzaytirishni xisobga olgan xolda, 12 oygacha;

Shuningdek, investision loyixalarni moliyalashtirish uchun qaytarish muddati uzaytirishni xisob qilgan holda 12 oygacha.

Zarar ko`rib, ishlovchi nolikvid balansga ega fermer xo`jaliklarida kredit berilmaydi.

Kredit olish uchun fermer bankka quyidagi xujjatlarni takdim etishi lozim:



    1. Kredit buyurtmasi: (ariza)

    2. Pul taxlili majburiy tarzda ko`rsatilgan biznes reja;

    3. Oxirgi xisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining maxalliy idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1 shakl), debitorlik qarzi haqidagi ma'lumotnoma (2 a-shakl), shunigdek 80 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikning solishtirish dalolatmalari; moliyaviy natijalari xaqida hisobot (2-shakl).

Ta'minot turlaridan biri:- mulk yoki qimmatli qog`ozlar garovi;

- bank yoki sug`urta tashkiloti kafolati;

- uchinchi shaxs kafilligi;

- sug`urta kompaniyasining qarz oluvchining kredik qaytara olmaslik qatorini sug`urta qilingan to`g`risidagi sug`urta polisi.

Kredit olish uchun garovga qo`yilgan mol-mulk bank xodimlari tomonidan baholashni mijoz bilan bank o`rtasida qaror shartnomasi tuziladi. Tuzilgan garov shartnomasi asosida garovga olingan mulk qiymatining 80 foizi kredit ajratilishi mumkin.

Kredit ta'minotiga uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilganda kafilning qoniqarli moliyaviy holatini tasdiqlovchi auditorlik tashkilot xulosasi taqdim etilishi kerak.

Fermer xo`jaliklarida olinadigan kredit uchun garovning etishmasligi ular faoliyatida uchraydigan asosiy muammolardan biri xisoblanadi. Shuning uchun xam ushbu masalani ijobiy hal qilish maqsadida 2004 yildan boshlab fermer xo`jaliklarining uch uchastkasiga bo`lgan ijara xuquqni garovga qo`ygan xolda tijorat banklaridan kredit olish tartibi amaliyotga joriy etildi.

Amaliyotga joriy etilgan tartibga asosan er uchastkasiga bo`lgan ijara xuquqini garovga qo`ygan xolda fermer xo`jaliklari;

- bevosita qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishga zarur to`ldirish uchun 2 yildan kam bo`lmagan muddatda;

- investision loyixalarni moliyalashtirish uchun 5 yilcha bo`lgan muddatga;

- qishloq xo`jaliga bog`lik bo`lmagan ishlab chiqarish faoliyatida aylanma mablag`larni kredit olishlari uchun 12 oydan ortiq bo`lmagan muddatga kredit olishlari mumkin.

Kredit bergan tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida berilgan reditdan foydalanish bo`yicha doimiy monitoring va bunda olingan kredit maqsadli sarflanayotganliliga e'tibor qaratiladi.



3.Yangi o`quv materialini mustahkamlash.

Yangi o`tilgan mavzu yuzasidan o`qituvchi tomondan mavzu bo`yicha savollar berilib ularning qanday tushunchalarga ega bo`lishi tekshiriladi.

Mavzuga oid testlar tarkatilib talabalarni mavzuni qanchalik o`zlashtirganliklarini nazorat qilish mumkin.

Agar mavzu yuzasidan biror qismi bo`yicha tushunchalar etarli bo`lmasa, o`qituvchi tomonidan qisqacha tushuncha berilib o`tiladi.



4. Uyga tayyorlanib kelishlari uchun topshiriqlar beriladi.

Darsni yakunlash. Talabalarnng savollariga javob berilib talabalar bilan kelgusi darsgacha xayrlashib darsni yakunlanadi.


4.1. Amaliy dars o`tish uslubi:

Mavzu: Fermar xo`jaliklarini kreditdan foydalanishning nazariy asoslari.

Darsning maqsadi: Fermer xo`jaliklarini kreditlash xaqida tushunchalar berish.

Darsning tarbiyaviy axamiyati: Fermer xo`jaliklarni rivojlantirishda banklardan kredit olishni va undan samarali foydalanishni rivojlantirish.

Darsning rivojlantirish axamiyati: Fermer xo`jaliklarini moliyalash va kreditlashni rivojlantirish chora tadbirlarini ishlab chikish, bilimlarni rivojlantirish.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 2 soat.

Dars turi: bilimlarni mavzu yuzasidan yanada mustaxkamlash maqsadidagi amaliy mashg`ulot.

Dars o`tish tartib quyidagicha:

Tashkiliy qism: o`quvchilarning darsga qatnashishini tekshirish, ko`rgazmali vositalarning kerakli jadvallarni tayyorligini va o`quv xonasini dars o`tishga tayyorligini, talabalarni darsga ko`nikmalarini shakllantirishni nazorat qilish.

Uyga berilgan vazifani talabalar bajarib kelganligini nazorat qilinadi. Nazariy mashg`ulotda o`tilgan mavzuni talabalar qanchalik o`zlashtirganligini tekshiriladi bunda turli usullardan foydalanish mumkin ya'ni xar bir reja uchun talabalardan suriladi va baholanadi

Ma'ruza yuzasidan olgan bilimlarini so`rash va mustahkamlash. Bunda o`qituvchi tomonidan tuzib kelingan savollar orqali talabalar bilimlari nazorat qilinadi.

Talabalarning olgan bilimlarini nazorat qilish og`zaki yoki testlar orqali aniklanishi mumkin. Savollarga to`lik javob olishga harakat qilinadi Ba'zi hollarda o`qituvchi qiyin holatga tushgan talabalarga yordam berib bilimlarini nazorat qiladi. har bir talabani baholab boriladi. Dars so`ngida o`qituvchi mavzu yuzasidan xulosa qiladi. Tushunmagan yoki yoritilmagan rejalar yuzasidan tushunchalar beriladi.

Uyga topshiriq berish: Mavzu yuzasidan bajarib kelish uchun topshiriqlar beriladi.

Darsni yakunlash: o`qituvchi darsni yakunlab talabalar tomonidan berilgan savollarga javob beradi. Talabalar bilan xayrlashib darsni yakunlanadi.



Xulosa

Kurs ishini bajarishda talaba iqtisodiy yo`nalishda kasb-hunar kolleji talabalariga «Dehqon fermer xo`jaliklari iqtisodiyoti» fanidan «Fermer xo`jaliklari mahsulot yetishtirishni moliyalashtirish va kretditlash mexanizmini takomillashtirishni huquqiy asoslari» mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy dars o`tish metodikasini ishlab chiqilgan. Kurs ishida kasb xunar kollejlarining asosiy vazifasi va maqsadi haqida to`xtalib o`tilgan. Kasb-hunar kollejlarda ta'limni tashkili etish, uning maqsadi, ta'lim tamoyillari, ta'lim metodlari haqida ma'lumot berilgan. O`qitish metodlaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Ma'ruza va amaliy mashg`ulotlarni o`tish metodi ishlab chiqilganda og`zaki (ko`rsatmali) metoddan, amaliy metoddan foydalanish, nazorat qilish metodlaridan foydalanilgan.

Kurs ishini bajarish natijasida talabada kasb-hunar kollejlarida dars o`tish jarayonida amalga oshiriladigan talablarni, darsni mazmun-mohiyatini anglab etishni, dars o`tish uchun kerak bo`ladigan metodlar, prinsiplar, vositalarni o`z o`rinda qo`llay bilish to`g`risida fikrlarga ega bo`ladilar. Nazariy va amaliy darsni tashkil etish jarayonlarini o`rganadilar.

Bo`lajak iqtisodchi-pedagoglarga kurs ishini bajarish natijasida o`z mutaxassisligiga nisbatan qiziqish intilish va talabchanlikni o`rganadilar

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: «Sharq», 1997 y.

2. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmokda. – T.: 1999 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Qonuni: Ta'lim to'g'risida. T:. «Sharq», 1997 y.

4. O'zbekiston Respublikasi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T:. «Sharq», 1997.

5. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. -T.: «O'qituvchi», 1993 y.

6. G'ulomov S. tahriri ostida. Oliy ta'lim me'yoriy hujjatlar to'plami. – T.: «Sharq», 2001 y.

7. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Darslik. –T.: «Sharq», 1997 y.

8. Hoshimov K., S. Ochil. O'zbek redagogikasi antologiyasi. Darslik. -T.: «O'qituvchi», 1995 y.

9. Mavlonova R, To’raeva O., Pedagogika. Darslik. –T.: «O’qituvchi», 2001.

10. Munavvarov A.Q. tahriri ostida. Pedagogika. T: «O’qituvchi», 1996 y.

11. Karimova V. Milliy istiqlol g’oyasini ta'lim jarayoniga joriy etishning pedagogik hamda psixologik asoslari. O'quv qo'llanma. –T.: «O'qituvchi», 2002 y.

12. Djumaboeva F. Talabalarni ijodiy fikrlashini rivo jlantirish. O'quv qo'llanma. –T.: « O’qituvchi», 2002 y.

13. B.L. Farberman. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. – T.: «Fan» 1999 y.

14. K.Mirsaidov., O'.Xidirov., R.Choriev. Ishlab chiqarish ta'limi. – T.: «O'qituvchi», 2002 y.

15. N.Saidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: «Moliya», 2003y.

16. Q.T.Olimov., L.T.Uzoqova., E.Z.Halilov va boshq. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. – T., «Fan», 2004 y.

17. B.L.Farberman va boshq. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. – T.: 2002 y.

18. Iminov T. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha me'yoriy hujjat. O'quv qo'llanma. –T.,1998 y.

19. Qurbonov O. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta'lim to'g'risidagi qarorlari. O'quv qo'llanma. –T., 1998 y.

20. G'aybullaev N. Pedagogika. Ma'ruzalar matni. –T., 1999 yil.

21. Raximov I va bosh. «Pedagogika» fanidan muammoli ma'ruzalar matni. N., 2004.

22. http:// www . inter. pedagogika ru.

23. www . school. edu. ru.



24. www. pedagog. uz.
Download 9,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish